H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

 
126-§.O’zlashgan  qatlam 
-  o’zbek  tili  leksikasining  boshqa  tillardan 
o’zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan: 
maktab,  oila
  (ar.), 
daraxt,  gul
  (f-
t.), 
axta, bahodir
 (mo’g’.), 
afandi
 (turk.), 
ravshan
 (sug’d.), 
traktor, avtobus
        (r-b.) 
va b.lar. Bu qismda arab, tojik-fors va rus tillaridan o’zlashtirilgan so’zlar ko’pchilikni 
tashkil qiladi. 
 


150 
 
1. A r a b  t i l i d a n  o’ z l a sh t i r i l g a n      s o’ z l a r. Bunday so’zlarning 
o’zlashtirilishi  VIII  asrdan  boshlanib,    IX-X  asrlarda  ancha  faollashgan.  Arab  tilidan 
so’z  o’zlashtirilishiga  olib  kelgan  omillar  ichida  quyidagilar  muhim  rol  o’ynagan:  a) 
arablar  istilosi;  b)  islom  dinining  keng  tarqalishi;  d)  arab  yozuvining  qo’llana 
boshlanganligi; e) madrasalarda arab tilining o’qitilishi; f) turkiy-arab ikki tilliligining 
(bilingvizmning)  tarkib  topganligi;g)  olimu  fuzalolarning  arab  tilida  ijod  qilganligi  va 
b.lar. 
Hozirgi  o’zbek  tili  leksikasida  arab  tilidan  o’zlashtirilgan  leksemalarning 
ko’pchiligi ot, sifat va ravish turkumlariga mansubdir: otlar – 
adabiyot, axborot, avlod, 
ayol,  maktab,  maorif,  ma’naviyat,  hosil,  hukumat,  odam,  haqiqat,  intizom,  inshoot 
va 
b.lar;  sifatlar  – 
adabiy,  ajnabiy,  aziz,  azim,  ayyor,  aqliy,  badiiy 
va  b.lar;  ravishlar  – 
avval,  ba’zan,  bil’aks,  ta’ziman
  kabi.  Bulardan  tashqari,  bog’lovchilar  (
balki,  ammo, 
lekin, va, vaholonki
), undovlar (
ajabo, barakalla, salom, xayr
), modal so’zlar (
albatta, 
ehtimol, avvalo
), yuklamalar (
faqat, xuddi
), ko’makchilar (
binoan
) ham o’zlashtirilgan. 
Arab  tilidan  so’z  o’zlashtirilishi  o’tmishda  faol  bo’lgan,  hozir  esa  bu  jarayon 
deyarli  to’xtagan.  Ayrim  arabcha  so’zlar  hatto  eskirib,  tarixiy  so’zlar  yoki  arxaizmlar 
qatoriga  o’tib  qolgan: 
adad
  (sanoq  so’z), 
ajam
  (“arablardan  boshqa  xalqlar”), 
akbar
 
("katta", "buyuk","ulkan"), 
alam
 (bayroq), 
bayoz
 (“she’riy to’plam”), 
sallox
 (“qassob”), 
saloh
 (“to’g’rilik”, “vijdonlilik”), 
sanad
 (“hujjat”) va b.lar. 
Arab  tilidan  o’zlashtirilgan  so’zlarning  fonetik,  semantik  va  morfemik 
tarkiblarida  quyidagi  xususiyatlar  borligi  ko’zga  tashlanadi:  a)  so’z  tarkibida  ikki 
unlining  yonma-yon  qo’llanish  hollari  uchraydi: 
matbaa,  mutolaa,  saodat,  oila,  doir, 
rais
  kabi;        b) 
ra’no,  da’vo,  ta’na,  e’lon,  me’mor,  ta’lim,  e’tibor,  mo’tabar
  kabi 
so’zlarda ayn tovushidan oldingi unli kuchli va bir oz cho’ziq talaffuz etiladi; d) 
jur’at, 
sur’at,  bid’at,  qal’a,  san’at
  so’zlarida  bo’g’inlar  ayirib  talaffuz  qilinadi;  e)  semantik 
jihatdan:  ko’proq  diniy,  hissiy,  axloqiy,  ilmiy,  ta’limiy  va  mavhum  tushunchalar 
ifodalanadi: 
avliyo,  aza,  azon,  vahiy,  avrat,  axloq,  axloqiy,  xulq,  fikr,  tafakkur
  kabi; 
ilmga,  adabiyot  va  san’atga  oid  tushuncha  nomlari  ham  keng  tarqalgan: 
amal
 
(matematikada  hisob  turi), 
rukn,  vazn
  (adabiyotshunoslik  atamalari), 
riyoziyot
 
(“matematika”), 
adabiyot,  san’at,  tabiiyot
  (fan  va  soha  nomlari)  kabi;  f)  so’zlarning 
lug’aviy  va  grammatik  shakllari  flektiv  xarakterda  bo’lib,  o’zbek  tilida  morfemalarga 
ajratilmaydi: 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish