H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

 
Tayanch tushunchalar 
 
Antonimiya
  –  leksemalarning  bir-biriga  zid  ma’no  anglatishi  asosida 
guruhlanishi. 
Antonimik juftlik
 - o’zaro qarama-qarshi ma’noli ikki so’z. 
Kontekstual  antonimiya
  –  tilda  antonimik  munosabatda  bo’lmagan 
so’zlarning ma’lum kontekst doirasida antonimik munosabatga kiritilishi. 
Enantiosemiya
  –  bitta  leksema  ma’nosida  nutqiy  muhit  taqozosi  bilan 
zidlanishning ifodalanishi. 
Mantiqiy markaz
 – ikki ma’no o’rtasidagi oraliq tushuncha. 
 
  
 
 
 
Leksik omonimiya 


140 
 
 
Adabiyotlar
: 4[70-72],11[41-45],26[29-39],32[77-81],112[5-15]. 
 
113-§.Leksik  omonimiya 
leksemalarning  ifoda  planidagi  (talaffuzi  va 
yozilishidagi)  tenglik  hodisasi.  Masalan, 
o’t
  («olov»)  -
o’t
  («maysa»), 
kamar
  («qayish, 
ko’ndan  ishlangan  belbog’»)–
kamar
  («daryo,  tog’larda  suv  o’yib  ketgan  chuqur  joy») 
kabi.  
Leksik omonimiyada ikki xil hodisa mavjud: omonimlar va omoformalar. 
1.
Omonimlar
  shakli  bir  xil,  ma’nolari  har  xil  (o’zaro  bog’lanmagan) 
leksemalardir  (yuqoridagi  misollar).  ular 
omonim  omoleksemalar
  deb  ham  ataladi. 
(27,128-b.).  Bunday  omonimlarning  ko’pchiligi  bir  so’z  turkumiga  mansubdir,  shu 
sababli  ularning  nutqdagi  grammatik  shakllari  ham  bir  xil  bo’ladi.  Qiyos  qiling: 
ot
 
(«ism») – 
otim, oting, oti; otni, otning, otga...
kabi,
ot 
(«hayvon») – 
otim, oting, oti; otni, 
otning, otga...
 kabi. Yana: 
bo’sh
 (sifat) – «ichiga hech narsa solinmagan»: 
bo’sh chelak
 
kabi; 
bo’sh
 (sifat) – «tarang tortilmagan»: 
arqonni bo’sh tortib bog’lamoq
 kabi.  
Bu tipdagi omonimlar (omonim omoleksemalar) turli so’z turkumlariga mansub 
bo’lishi  ham  mumkin.  Bunday  paytda  omonimik  munosabatga  kirishayotgan  so’zlar 
shakllanish  tizimiga  ega  bo’lmasliklari  kerak.  Masalan, 
tabiiy 
(sifat)  va 
tabiiy
  (modal 
so’z):  1)
  U  tabiiy  fanlarga  ko’proq  qiziqadi
.  (Bu  gapda 
tabiiy  - 
sifat,  aniqlovchi);  2) 
Co’zamol,  badavlat  qori  tog’aning  birdan  ko’z  yumib  sukutga  botishining  sababini, 
tabiiy, Yo’lchi tushunmadi
 (Bu gapda 
tabiiy
 – modal so’z, kirish so’z). 
2.
Omoformalar
  ayrim  grammatik  shakllaridagina  teng  keladigan  leksemalardir. 
Ular 
omoforma  omoleksemalar
  deb  ham  nomlanadi  (27,129-b.).  Masalan, 
sur
  (ot: 
«qorako’l teri navi») va 
sur
 (sifat: «och kulrang») leksemalari ayni shu shaklda lug’atga 
kiritiladi, biroq ot turkumidagi 
sur
 leksemasi turlanganda (
surni, surning, surga
... kabi) 
sur
  (ot)  va 
sur
  (sifat)  o’rtasidagi  shakliy  tenglik  yo’qoladi.  Demak,  bu  ikki  leksema 
o’rtasidagi  shakliy  tenglik  ot  turkumidagi 
sur
  so’zi  bosh  kelishik  shaklida 
bo’lgandagina  saqlanib,  boshqa  shakllarida  yo’qoladi,  shu  xususiyati  bilan  omoforma 
omoleksemalar omonim omoleksemadan farq qiladi.  
O’t
  (ot:"olov")  va 
o’t
  (fe’lning  ikkinchi  shaxs  buyruq  maylidagi  shakli) 
munosabatida  boshqacharoq  holat  kuzatiladi: 
o’t
  fe’l  shakli  lug’atga 
o’tmoq
  shaklida 
kiritiladi, binobarin, 
o’t
 (ot) va 
o’tmoq
 (fe’l) o’rtasidagi shakliy tenglik yo’qligi ma’lum 
bo’ladi,  shunga  qaramay  fe’lning  ikkinchi  shaxs  buyruq  maylidagi 
o’t
  shakli  bilan 
otning  bosh  kelishigidagi 
o’t
  shakli  omoforma  omoleksemalar  sanaladi.  Bu 
leksemalardagi omoforma  munosabati 
o’ting
 (sening o’ting) va 
o’ting
 (siz o’ting) kabi 
shakliy  tenglikda  ham  yuzaga  keladi, ammo 
o’tni, o’ting 
(otning kelishik  shakllari)  va 
o’tgin,  o’tsin
  (fe’lning  buyruq  mayli  shakllari)  kabi  holatlarda  omoforma  paydo 
bo’lmaydi.  Demak,  omoforma  bo’lish  turli  so’z  turkumlariga  mansub  leksemalarning 
ayrim grammatik shakllarigagina xos. 
Omoformalarda  negizga  qo’shilayotgan  affikslar  ham  shaklan  teng  bo’ladi, 
shunga  ko’ra  bunday  qo’shimchalar  omoaffikslar  sanaladi.  Qiyos  qiling: 
o’ting
        («-
ing»-otning  egalik  kategoriyasiga  mansub  affiks)  - 
o’ting
    («-ing»-fe’lning  buyruq 
mayliga mansub affiks) kabi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish