1947-1950-yillarda
A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutida maxsus
tuzilgan orfografiya komissiyasi ish olib boradi: bu komissiya 1946-yilda tuzilgan va
nashr ettirilgan qoidalar to’plamini matbuotda va turli kengashlarda bildirilgan fikrlar
asosida qayta ishlaydi, shu asosda yangi loyiha yaratadi.
1950-1952-yillarda
til va imlo masalalariga bag’ishlangan bir necha konferensiya
va kengashlar bo’lib o’tadi. Ularda orfografiya loyihasi bo’yicha bir qator tanqidiy
fikrlar bildiriladi, alifboni takomillashtirish kerakligi aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |