H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

Orfografik belgi
 – to’g’ri yozish normalarini ta’minlashda qo’llanadigan maxsus 
noharfiy belgilar (mas., defis). 
Diakritik belgilar – 
harfga qo’shimcha ravishda birikitirilgan ishora belgilari. 
  
ORFOGRAFIYA 
 
       
Adabiyotlar
:3[63-77],9[26-38],10[100-114],22[123-126],25[29-53],27[45-
49],30[3-21],106[5-21],123[6-27]. 
 
58-§.  Orfografiya 
(grek.  Orthos-  "to’g’ri"  +  grapho-  "yozaman")  yozuv 
sistemasining  ikkinchi  komponenti  bo’lib,  u  to’g’ri  yozish  me’yorlarini  belgilaydigan 
qoidalar  tizimidan  tarkib  topadi.  Orfografiya  grafikadan  quyidagi  belgilari  bilan 
farqlanadi: 
grafika 
qoidalari 
grafemalarning 
mazmun 
planini 
(referentini) 
kodlashtirishga,  orfografiya  qoidalari  esa  ma’lum  prinsiplar  asosida  orfogrammalarni 
tanlashga  asoslanadi.  Chunonchi, 
odam
  so’zida  "d"  ning  yozilishi  "d"  grafemasining 
grafikada  kodlashtirilgan  fonemasiga  mos,  shu  sababli  bu  so’zning  yozilishi  grafika 
tomonidan  boshqariladi. 
Savod 
  so’zida  esa  boshqacharoq  holatga  duch  kelinadi:  so’z 
oxiridagi "d" jarangsiz "t"ga o’tadi (
savot
 tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil 
yozish mumkin: 
savod 
(fonematik prinsip asosida) – 
savot 
(fonetik prinsip asosida). Bu 
ikki  holatdan  birini  imlo  uchun  me’yor  (orfogramma)  qilib  tanlash  orfografiya 
zimmasiga tushadi. Hozirgi o’zbek orfografiyasida 
savod
 deb yozish  qoidalashtirilgan. 
Bundan tashqari, orfografiyada qo’shma so’z komponentlarining qo’shilib yoki ajratilib 
yozilishini, so’z qismlarining satrdan satrga ko’chirilishini, bosh va kichik harflarning 


81 
 
qo’llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador 
bo’lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi. 
Adabiy  tilning  og’zaki  shaklida  so’z  tanlash,  gap  tuzish  va  to’g’ri  talaffuz 
me’yorlariga amal qilish qanchalik ahamiyatli bo’lsa,uning yozma shaklida orfografiya 
me’yorlariga (imlo qoidalariga) amal qilish shunchalik muhimdir. Bunday me’yorlarga 
amal qilish yozma nutq mazmunining to’g’ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi, 
yozma nutqda anarxiyaning (boshboshdoqlikning) avj olishiga yo’l qo’ymaydi. Adabiy 
tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy rolini mustahkamlashda 
buning o’ziga yarasha ahamiyati bor.  

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish