H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet99/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Sintagma urg’usi - nutq oqimining ma’no jihatidan muhim bo’lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo’llanadigan urg’u.
Ayiruv urg’usi – gap bo’laklaridan birini alohida ta’kidlash uchun yoki so’zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo’llanadigan urg’u.
Fonostilistika – fonetik-fonologik birliklarning, shu jumladan urg’uning ham matndagi uslubiy xususiyatlariga oid ta’limot. U stilistikaning bir bo’limi sanaladi.
INTONATSIYA
(intonema)

Adabiyotlar: 1[15-18],10[85-87],16[62-74], 22[115-116].


49-§. Intonatsiya-og’zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari. Intonatsiya fonetik-fonologik tizimning supersegment birligi sanaladi, uni o’rganuvchi soha esa i n t o n o l o g i ya yoki p r o s o d i k a (prosodiya) deyiladi.
Har qanday nutq harakatdir, bu harakat esa albatta ma’lum intonatsiya bilan qo’shilib, qorishib yuzaga keladi: nutqning toni, sur’ati, pauzalari, tonning balandligi va kuchi gapning mazmuni va emotsionalligi talablaridan kelib chiqqan holda o’zgarib, tovlanib turadi. Demak, intonatsiyasiz gap ham bo’lmaydi: har bir gapning o’ziga xos intonatsiyasi borligi ham shundan. Intonatsiya bir qator prosodik elementlardan tarkib topadi. Bunday elementlarga quyidagilar kiradi:
1.Nutq melodikasi. Bunda nutqda ishtirok etgan gaplardagi ovozning ko’tarilishi va pasayishi nazarda tutiladi. Bu jarayon gap tarkibidagi bo’g’inlarda qo’llangan unli tovushlarning baland yoki past talaffuz etilishiga asoslanadi. Tabiiyki, gapdagi barcha bo’g’inlar bir xil balandlikda talaffuz etilmaydi, ular gapning mazmun planiga (fikr, his-tuyg’u va hokazolarga) qarab o’zgarib boradi. Shuning uchun ham darak, so’roq va buyruq gaplarning yoxud emotsional va emotsional bo’lmagan gaplarning intonatsiyalari bir xil emas.
2.Nutq ritmi – urg’uli va urg’usiz, cho’ziq va qisqa bo’g’inlarning qo’llanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo’lishi. Nutq ritmining badiiy yoki ifodali o’qishda, shuningdek, she’riy misralardagi qofiyadoshlik, ohangdoshlikni ta’minlashda ahamiyati katta: band ritmi, alliteratsiya ritmi, anafora, emfaza kabilar nutq ritmini ta’minlovchi muhim vositalar sanaladi.
3.Temp – sur’at, daraja, tezlik. Bunday tezlik gap tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bunday vaqt gap bo’laklari, ularning o’rni, gapning turi, situatsiya kabi omillar ta’sirida har xil bo’ladi. Masalan: darak gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo’ladi, bu temp kesim sostavida tezlashadi. Agarda ega logik urg’u olsa, uning talaffuzidagi temp kuchayadi.
So’roq gapda eganing tezligi darak gapdagi eganikidan bir oz ortiq bo’ladi, kesim tezligi esa nisbatan kamayadi. Buyruq gaplarda temp gap oxiriga tomon tezlashib boradi, ammo oxirgi so’z tezligi keskin pasayadi. (16,63-66).
4. Nutq intensivligi - talaffuzning kuchli va kuchsiz bo’lishi. Nutq intensivligi, odatda, nafas chiqarishning kuchayishi yoki kuchsizlanishiga asoslanadi. Masalan, xonadagi nutq ochiq maydondagi nutq intensivligidan kuchsizroq bo’ladi.
5. Nutq tembri – tovushning bo’yoqdorligi. Bunday bo’yoqdorlik asosiy ton va qo’shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqib, nutqning ta’sirli, quvnoq, o’ynoqi yoki, aksincha, ma’yus, g’amgin bo’lishini ta’minlaydi.
6. Pauza – nutq oqimidagi ayrim to’xtalishlar. Pauzaning sintaktik va nosintaktik turlari bor: sintaktik pauza gap bo’laklarini belgilash funktsiyasini bajaradi; nosintaktik pauza esa so’zlovchining nafas olishini rostlash ehtiyoji bilan yuzaga keladi.
Izoh: Logik urg’u va emfatik urg’ular ham, aslida, intonatsiya bilan bog’liq hodisalardir, ammo ular urg’ular tizimiga ham dahldor, shu bois ularni darslikning aksentuatsiyaga oid bo’limida ko’rish ma’qul topildi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish