H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


Aferezis- sandxining bir ko’rinishi. Metateza-



Download 1,41 Mb.
bet87/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Aferezis- sandxining bir ko’rinishi.
Metateza- so’z tarkibidagi ayrim tovushlarning o’rin almashinuvi.
Dissimilatsiya- so’z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o’xshash) tovushlardan birining noo’xshash tovushga ko’chishi.
Geminatsiya- so’z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi.
Degeminatsiya- so’z tarkibidagi geminatsiyaning yo’qolishi.
Sinerezis- so’z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi.


BO’G’IN
(sillabema)
Adabiyotlar:1[13-16],10[74-78],16[35-49],22[119-123],26[147],27[25-26].
42-§. Bo’g’in bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasidir. Masalan: ona(o-na), ota(o-ta), bola(bo-la) kabi. Bo’g’in nutq oqimining tovushdan katta, so’zdan kichik (ba’zan bir so’zga teng) segment birligidir. Fonologik nuqtai nazardan bo’g’in sillabema deyiladi, uni o’rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi.
Bo’g’in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo’g’inning markazi hisoblanadi- u undoshlarni o’ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytiladigan fonetik bo’lakni (bo’g’inni) hosil qiladi. Undoshlar o’zicha bo’g’in hosil qilmaydi (sonorlar bundan mustasno). Ular unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi; kitob so’zidagi "ki-" bo’g’ini boshida kelgan "k" undoshi shunday. Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so’ng kuchsizlanib tugaydi: kitob so’zidagi "-tob" bo’g’ini oxirida kelgan "b" undoshi shunday. Ba’zan ikki bo’g’in orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: muddat (mud-dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala "dd" bir tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli boshlanib, kuchli tugaydi, oralig’ida esa biroz pasayish kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo’g’in tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakterida bo’ladi. (16,36-bet). Shunga ko’ra bo’g’in uch qismga bo’linadi; a) bo’g’in boshi- bo’g’in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo’lgan qism; b) bo’g’in markazi (bo’g’in balandligi); v) bo’g’in markazidan keyingi qism (bo’g’in balandligidan so’nggi qism).
Unli (V) yoki unli +undosh (VC) tipidagi bo’g’inning boshi nulga teng bo’ladi: o+ta (birinchi bo’g’in boshi nulga teng), ol+ma (birinchi bo’g’in boshi nulga teng); undosh+unli (CV) tipidagi bo’g’inning oxiri ham nulga teng: ol+ma ("ma" bo’g’inining oxiri nulga teng) kabi. O’zbek tilidagi umumturkiy so’zlarda: a) boshi nulga teng bo’g’in faqat so’z boshida uchraydi: o+ta, uch+ta kabi;
b) boshi nulga teng bo’lgan bo’g’in birinchi bo’g’indan keyin qo’llanmaydi. Bu tipdagi bo’g’inning so’z o’rtasida yoki oxirida kelishi faqat arabcha va ruscha leksik o’zlashmalarda uchraydi: ma-o-rif (arabcha), a-or-ta (ruscha-baynalmilal) kabi; d) oxiri nulga teng (CV tipidagi) bo’g’in so’zning barcha qismlarida qo’llanishi mumkin: bo+la, da+la kabi; e) bo’g’in boshida undoshlarning qatorlashib kelishi faqat ruscha-baynalmilal so’zlarda uchraydi: traktor (birinchi bo’g’in sxemasi- CCVC) kabi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish