H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


I. Kombinator omillar ta’sirida sodir bo’ladigan hodisalar



Download 1,41 Mb.
bet78/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

I. Kombinator omillar ta’sirida sodir bo’ladigan hodisalar:
1. Assimilatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o’zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor:
a) progressiv assimilatsiya - oldingi tovushning keyingi tovushni o’ziga moslashtirishi: ketdi>ketti (td>tt), ekgan>ekkan (kg>kk), qishloqga>qishloqqa (qg>qq) kabi;
b) regressiv assimilatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o’ziga moslashtirishi: tuzsiz>tussiz (zs>ss), birta>bitta (rt>tt) kabi;
d) to’liq assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga aynan moslashadi (ular o’rtasida neytrallashuv sodir bo’ladi): nonvoy>novvoy (nv>vv), terakga>terakka (kg>kk) kabi;
e) to’liqsiz assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga qisman moslashadi: tanbur>tambur (nb>mb), shanba>shamba (nb>mb) kabi. Bu so’zlarda "n" (til-tish undoshi) lab-lab "b"ga faqat artikulatsiya o’rni jihatdan moslashgan (lab-lab "m"ga o’tgan), ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling: "m"-sonor, "b"- shovqinli; "m"- yumuq fokusli burun tovushi (nazal tovushi), "b"- sof portlovchi kabi;
f) kontakt assimilatsiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o’zaro moslashuvi (q.: yuqoridagi misollar);
g) distant assimilatsiyaso’z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o’zaro moslashuvi: sichqon>chichqon, soch>choch kabi.
O’zbek tilida o’zak bilan affiksdagi unlilar assimilatsiyasi ham uchraydi. Assimilatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg’unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg’unlashuvi lab garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo’ladi. Masalan: keldi-"e" (old qator), "i" (old qator). Bunda o’zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi- "o" (orqa qator), "i" (orqa qator). Bunda affiksdagi old qator "i" o’zakdagi orqa qator "o"ga moslashgan- "i"ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi ko’proq shevalarda uchraydi: o’g’lim (adabiy tilda)- ulum (qipchoq lahjasi shevalarida). ko’zim (adabiy tilda)- ko’zum (kzYm: qipchoq lahjasida) Bunda o’zak va qo’shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo’ladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida assimilatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi.
Assimilatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o’zgarish tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bo’lganligi uchun).

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish