H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet67/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Tayanch tushunchalar


Vokalizm- unli fonemalar tizimi.
Fokus - talaffuzda faol va nofaol nutq a’zolari orasida hosil qilingan to’siq. O’pkadan kelayotgan havo oqimining portlab yoki sirg’alib o’tishidan shovqinning yuzaga kelishi ana shu fokusda sodir bo’ladi.
Bo’g’in cho’qqisi – bo’g’in markazi, yadrosi. Odatda unli tovush bo’g’in cho’qqisi sanaladi.
Lablar ishtiroki - unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol ishtiroki.
Tilning vertikal (tik) harakati - tilning uch darajali ko’tarilishida yuzaga keladigan belgilar.
Tilning gorizontal (yotiq) harakati - fonemalar artikulatsiyasida tilning pastki tishlar tomon cho’zilishi yoki orqaga tortilishi.
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI KONSONANTIZMI


Adabiyotlar:1[19-26],4[22-24],10[53-59],16[23-34], 20[17-27], 22 [47-51], 27[21-25]


32-§. Konsonantizm hozirgi o’zbek adabiy tili undosh fonemalari tizimidir. Bu tizim 24 fonemani – b,v,g,d,j,(dj),z,y,k,l,m,n,η,p,r,s,t,f,x,ch,sh,қ,ғ,h tovushlarini o’z ichiga oladi27. Biroq manbalarda o’zbek adabiy tili undoshlari miqdoriga oid boshqa fikrlar ham mavjud: 22ta (S. Otamirzayeva, Y.D. Polivanov)28, 23ta (A.K.Borovkov, I.A.Kissen)29, 25ta (A.N.Kononov, V.V.Reshetov, A.Abduazizov)30. Demak, hozirgi o’zbek adabiy tili undosh fonemalari miqdori masalasida tilshunoslikda tugal bir fikr yo’q.
Undosh tovushning shakllanishida albatta shovqin qatnashadi, u nutq apparatidagi (masalan, og’iz bo’shlig’idagi) aktiv va passiv a’zolarning bir-biriga tegishi yoki juda yaqinlashishi natijasida hosil bo’lgan to’siqdan havo oqimining portlab yoki sirg’alib (a’zolarga ishqalanib) o’tishidan paydo bo’ladi. Bunday to’siq fonologiyada fokus deyiladi. Demak, undoshlarda fokusning bo’lishi shart.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish