130-§. So’z o’zlashtirishning chet so’zlarni qo’llashdan farqlari. So’z yoki ma’no o’zlashtirilishini chet so’zlarni qo’llashdan farq qilish kerak. So’z yoki ma’no o’zlashtirilishi muayyan til leksikasini boyituvchi qonuniy hodisadir, chunki bir til boshqa tildan o’zi uchun zarur bo’lgan leksik-semantik birliklarni o’zlashtiradi. Chet so’zlarni ishlatish hodisasi esa g’ayri qonuniydir, chunki o’zbek tilining o’zida biror so’z mavjud bo’lgani holda, uning o’rnida chet so’zni ehtiyojsiz, maqsadsiz qo’llash tilni boyitmaydi, aksincha, ayrim shaxslarning o’z nutqiga e’tiborsiz qarashinigina aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |