H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


-§. Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 1,41 Mb.
bet116/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

76-§. Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Leksikologiya tilshunoslikning semasiologiya, onomasiologiya, etimologiya va frazeologiya kabi bo’limlari bilan hamkorlikda ish ko’radi, bunday hamkorliksiz tilning lug’at boyligidagi leksik-semantik hodisalarni, lug’at tarkibi taraqqiyotiga oid til faktlarini tog’ri yoritib bo’lmaydi: semasiologiyada lug’aviy birliklarning mazmun plani – semantik tarkibi va shu bilan bog’liq masalalar tadqiq qilinadi; onomasiologiyada narsa-hodisalarni yoki tushunchalarni nomlash prinsiplari o’rganiladi; etimologiyada so’zlarning kelib chiqishi aniqlanadi; frazeologiyada tilning lug’at boyligidagi ko’chma ma’noli turg’un konstruksiyalar – frazemalar xususida bahs yuritiladi.
Tilning leksik, fonetik va grammatik sathlari ham o’zaro bog’liqdir: fonetik birliklar so’zni borliq tusiga kiritadi, morfemalar yasama so’zlarni shakllantiradi, so’zlarning birikuvchanlik imkoniyatlari, uslubiy vosita sifatidagi xususiyatlari ularning leksik va grammatik ma’nolariga hamda uslubiy semalariga tayanadi. Bular leksikologiyaning fonetika, morfemika, so’z yasalishi, grammatika va uslubshunoslik (stilistika) bilan aloqada bo’lishini taqozo qiladi.
77-§. Leksikologiyada tilning lug’at boyligi sistema sifatida tadqiq qilinadi, chunki bu boylik so’zlar va iboralarning oddiy, mexanik yig’indisi emas, balki o’zaro aloqada bo’lgan, birining bo’lishi ikkinchisining bo’lishini taqozo qiladigan lug’aviy birliklar va elementlar tizimidir, bu tizimdagi so’z va elementlar yaxlit bir "organizm"ning "to’qimalari" va "hujayralari" munosabatida bo’ladi: so’zlarning ifoda va mazmun tomonlari orasidagi aloqalar, leksik ma’no va uning semalari o’rtasidagi butun va qism munosabatlari, so’z ma’nolarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari shundan dalolat beradi. Bu tizimning asosiy birligi so’z ekanligini hisobga olsak, leksikologiyada bevosita so’zning o’zi bilan bog’liq masalalar ham ko’riladi: so’zning til birligi sifatidagi mohiyati, so’z strukturasi (ifoda va mazmun planlari, semantik tarkibi), leksik ma’no va uslubiy semalar, leksik ma’no va etimon, leksik ma’no taraqqiyoti, uzual va okkazional ma’nolar shular jumlasidandir.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish