Media bo`limi
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabning alohida sahifalarini yaratilganlik holati va ularda maktabning faoliyati va maqsadi, yutuqlari doimiy berib borilayotganligi ma`lumotlar monitoringi
Javob: Ijtimoiy tarmoqlarda maktabning alohida sahifalarini yaratilmagan. Savolnomada so`ralgan bandlar bo`yicha hech qanday hujjat taqdim etilmadi.
PR-faoliyatini tashkil etilganligi va sohada samarali ish faoliyati yo`lga qo`yilganlik holati
Javob: PR-faoliyati umuman tashkil etilmagan zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish bo`yicha umuman bilim ko`nikmaga ega emas.
“Barkamol avlod” bolalar maktabining ijobiy imijini shakllantirish (logotip, fleer) holati.
Javob: “Barkamol avlod” bolalar maktabining ijobiy imijini shakllantirish (logotip, fleer) bo`yicha hech qanday ishlanma taqdim etilmadi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallardan iborat ma`lumotlar bazasini shakllantirilganligi.
Javob: “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallardan iborat ma`lumotlar bazasini shakllantirilganligi bo`yicha hech qanday audio va video materiallar taqdim etilmadi.
“Iqtidorli bolalar” kengashi a`zoilarining targ`ibot ishlarini (Telegram, Facebook, YouTube, Instagramm) yoritilishini tashkil etish va muntazzam nazorat qilib borish.
Javob: “Iqtidorli bolalar” kengashi a`zoilarining targ`ibot ishlarini (Telegram, Facebook, YouTube, Instagramm) yoritilishini tashkil etish va muntazzam nazorat qilib borish bo`yicha hech qanday gurux va kanal tashkil etilmagan. Tashkil etilgan tadbirlar va ilg`or to`garak mashg`ulotlari bo`yicha berilgan ma`lumotlar https://t.me/Murodova_Maftuna telegram foydalanuvchisi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu foydalanuvchi maktabda uslubchi lavozimida ishlab kelayotganligi va unga Mediya bo`li vazifasini bajarish yuklatilmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagi savolnoma asosida so`ralgan hujjat va materiallar taqdim etolmaganligi sababli G`uzor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo`lim boshlig`i Aralov Tolib va ushbu bo`lim uslubchisi Boymirzayev Rasul tushuntirish xati yozishdan bosh tortdi.
Ushbu dalolatnomani to`g`ri deb imzo qo`yuvchilar
Qashqadaryo viloyat Xalq ta`lim boshqarmasi
matbuot kotibi(ishchi guruh rahbari): J.Rustamov
Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Innovatsion texnologiyalar va iqtidorli bolalar
bilan ishlash bo`limi boshlig`i: Sh.Aslanov
Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Mediya bo`limi mutaxassisi: M.Xusanova
Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi
xo`jalik ishlari bo`yicha direkor o`rinbosari: B.Ro`ziyev
G`uzor tuman “Barkamol avlod” bolalar
maktabi direktori: G`.Allayev
Do'stlaringiz bilan baham: |