Ishga kirgan vaqti: G`uzor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining 2022 yil 1-apreldagi 101-sonli buyrug`i asosida ishga tayinlangan.
Ish rejasi: mavjud, G`uzor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori tomonidan 8-sentyabr 2022 yil tasdiqlangan.
Ushbu xodimlar ishga olishda “Barkamol avlod” Respublika bolalar maktabi tomonidan tasdiqlangan Malaka talablarining 23§ 70 bandalariga rioya etilmagan.
Innovatsion texnologiyalarno joriy etish bo`yicha
Maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini olib borish maktabning mavjud kompyuterlarni texnik ko`rikdan o`tkazish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar
Javob: Maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini olib borish maktabning mavjud kompyuterlarni texnik ko`rikdan o`tkazilmagan yig`ma jadval tuzilmagan.
Maktablarda o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra Texnik-konstruktorlik va modellashtirish yo‘nalishidagi to‘garaklarga o`quvchilar qamrovini oshirish bo`yich uslubiy tavsiyalar berish
Javob: Maktabda o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra Texnik-konstruktorlik va modellashtirish yo‘nalishidagi to‘garaklarga o`quvchilar qamrovini oshirish bo`yicha Uslubiy kengash maslalariga hech qanday uslubiy tavsiyalar berilmagan.
Maktabda zamonaviy IT dasturlarga jumladan, Java, Scratch 3D dizaynga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish va targ‘ib qilib borish bo`yicha amalaga oshirilgan ishlar
Javob: Maktabda zamonaviy IT dasturlarga jumladan, Java, Scratch 3D dizaynga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish va targ‘ib qilib borish bo`yicha hech qanday ishlar olib borilmagan.
Ilg`or to‘garak mashg‘ulotlarini ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, Facebook, YouTube, Instagramm) yoritilishini tashkil etish va muntazzam nazorat qilib borish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar
Javob: Ilg`or to‘garak mashg‘ulotlarini ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, Facebook, YouTube, Instagramm) yoritilishi ichki axborot almashish bo`yicha guruh mavjud, ammo viloyat miqiyosida PR qilish maqsadida hech qanday gurux va kanal tashkil etilmagan. Tashkil etilgan tadbirlar va ilg`or to`garak mashg`ulotlari bo`yicha berilgan ma`lumotlar (Murodova Maftuna) https://t.me/Murodova_Maftuna telegram foydalanuvchisi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu foydalanuvchi maktabda uslubchi lavozimida ishlab kelayotganligi va maktabda Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo`limiga aloqador emasligi aniqlandi.
Maktabda tashkil etilgan to‘garaklarning “Ochiq mashg‘ulotlari”ni ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar.
Javob: Maktabda tashkil etilgan to‘garaklarning “Ochiq mashg‘ulotlari”ni ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish bo`yicha berilayotgan ma`lumotlar yuqorida aytilganidek (Murodova Maftuna Bahodir qizi) https://t.me/Murodova_Maftuna telegram foydalanuvchisi tomonidan taqdim etilgan.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarida ma`muriy boshqaruv va ta`lim jarayonida unumli foydalanish bo`yicha ko‘rsatilgan uslubiy-amaliy ishlar
Javob: Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarida ma`muriy boshqaruv va ta`lim jarayonida unumli foydalanish (erp.uzedu.uz, my.gov.uz, bam.uzedu.uz elektron platformalari) bo`yicha ko‘rsatilgan uslubiy-amaliy ishlar bo`yicha hech qanday hujjatlar taqdim etilmadi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabini zamonaviy texnologiyalari bilan boyitish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganligi
Javob: “Barkamol avlod” bolalar maktabini zamonaviy texnologiyalari bilan boyitish bo‘yicha maktab rahbariyatiga takliflar ishlab chiqilmagan bu bo`yicha hech qanday hujjatlar taqdim etilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |