G’uzor sa’noat texnikumi "tasdiqlayman" G’uzor sa’noat texnikumi direktori: “ ” 2021 yil


-MAVZU: Tikuvchilik buyumlari detallarini yelimlab va payvandlab



Download 10,09 Mb.
bet77/101
Sana27.01.2022
Hajmi10,09 Mb.
#413806
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101
Bog'liq
O\'qitish materiallari to\'plami

12-MAVZU: Tikuvchilik buyumlari detallarini yelimlab va payvandlab
ulash usullari
REJA:
12.1 Kiyim detallarini yelimlab ulash
12.2 Kiyim detallarini payvandlab ulash
12.1 Kiyim detallarini yelimlab ulash

Materiallarni yyelimlab ulash sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Sintetik smolalar paydo bo‘lgandan buyon yelimlab ulash ayniqsa keng tarqaldi. Ko‘p texnologik jarayonlarda yelimlab ulashning afzalliklari detalni boshqa usulda ulashga nisbattan katta.


Yelimlash jarayoni mexanik birlashtirishning, sathlar o‘zaro elektrostatik ta`sirining, ba`zi hollarda esa kimyoviy reaktsiyaning umumiy natijasidir. Kiyim detallarini yelimlab yopishtirayotganda gazlama bilan yelim bir-biriga ta`sir etadi.
Tikuvchilik sanoatida yelimli materiallar detallarga uqa qo‘yishda, detal chetlarini pishiqlashda (bahyaqator yuritilmaganida yolg‘on qaviq o‘rniga), yoqa, manjet, yeng uchiga qotirmalarni tayyorlashda, kiyim etagini bukib yopishtirishda, bort qotirmalarini tayyorlashda, kiyim uzellaridan cho‘ntak qopqoq, yoqa va shu kabi uzellarni yelimlab yiqishda ishlatiladi. Kiyim detallarini yelimlab ulashga mo‘ljallangan bir qancha mashinalar yaratilgan.
Termokontakt usuli bilan MSTK-2 payvandlash mashinasida yoki "Pfaff" (Germaniya) firmasining 8300 rusumli mashinasida termokontakt usuli bilan yelim ipni yopishtirib olish mumkin. Keyin detal ziyi yoki bukish joyi ko‘klangandan keyin dazmollanayotganda (pressda yoki dazmolda) yelim ip asosiy detalga yopishadi.





12.1-rasm. Cho‘ntak qopqoq tayyorlash sxemasi.

Kiyim detallarini yelimlab yopishtirganda detal qirqimini ichkariga qaratib bukib (qirqimi yopiq) yoki tashqariga qaratib (qirqimi ochiq) bukib ishlov berish mumkin. Cho‘ntak qopqoqlariga ishlov berishda detallar qirqimini yopiq qilib ishlash usuli qo‘llaniladi. Bunday usul bilan ishlashda (12.1-rasm) cho‘ntak qopqog‘i 1 ning va qopqoq astari 2 ning detallari tashqi 3 va ichki 4 qoliplar yordamida bukiladi (12.1-rasm,a). Shundan keyin qopqoq avrasining bukilgan chetiga dozator bilan yelim kukun sepiladi. Astarning bukilgan chetidan tashqi qolip olinadi, hamda astar ichki qolip, qisqich qolip 5 va pastki plastina 6 bilan birgalikda qopqoq avrasi ustiga to‘g‘rilanadi (12.1-rasm,b). Qoliplar va cho‘ntak qopqoq pastki plastina olib tashlanib presslanadi (12.1-rasm,v).





12.2-rasm. Yeng tayyorlash sxemasi.
Qirqimi ochiq usulda detallarni bukib ishlash yeng uchini, ort bo‘lak kesimini, yoqani ishlashda qo‘llaniladi. Yeng uchi qirqimi ochiq usulda bukib ishlanganda oldin yelim plyonka yeng qotirmasining bir tomoniga uning yuqori qirqimidan 0,2 sm masofaga va ikkinchi tomoniga pastki qirqimidan 1,5-2 sm masofaga joylashtirib qo‘yiladi.
Yeng (12.2-rasm, 3) pressning ostki yostig‘i 1 ga, teskari tomoni yuqoriga qilib qo‘yiladi. Bunda yengning yon va uch qirqimlari qo‘zg‘almas tayanch bo‘ylab to‘g‘rilanadi. Engning ustiga eng qotirmasi 4 qo‘yiladi. Bunda qotirmaning yuqori qirqimi yaqinidagi plyonka pastga qaratib qo‘yiladi. Ichki qolip 5 engni bosib tushgandan keyin, tashqi qolip 2 yengning uchini va kesimini bukadi. Keyin ichki qolipni chiqarib tashlab, ustki yostiq 6 tushiriladi va qotirmani yengga, yengning bukilgan chetlari esa qotirmaning pastki uchiga presslab yopishtiriladi.

12.3-rasm. Palto yoqasini yig‘adigan OVK-6 yarimavtomat apparati.
Ana shu texnologik sxema asosida yarimavtomat apparatlar yaratilgan. Bular quyidagilardir: OKP-cho‘ntak qopqog‘ini yig‘adigan apparat, OKSH-1-palto ort bo‘lagi qirqimini ishlaydigan apparat, OVK-6 va OVK-7 (12.3-rasm) palto va pidjak yoqasini yig‘adigan apparat, ONK-5-yeng uchini ishlaydigan apparat, SK-3 (12.4-rasm)-ust kiyim yon cho‘ntagini yig‘adigan apparat.
Bu apparatlarda palto ort bo‘lagi qirqimini, eng uchini yig‘ayotganda ort bo‘lak qotirmasini, yeng qotirmasini o‘ramdan tushirib, asosiy detal ustiga qo‘yish bilan yelim ipni g‘altakdan tushirib joylashtirish jarayonlari birlashtirilsa, yelimlab ulashning samarasi yanada ko‘proq bo‘ladi.

Download 10,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish