Ip taqish. Ustki ip galtakdan ip yunaltirgich 28 ning teshigidan o‘tkaziladi, asosiy taranglik rostlagichi 27 ning shaybalari orasidan soat mili harakati yo‘nalishida aylantirib, keyin qo‘shimcha taranglik rostlagichi 22 ning shaybalari orasidan yana soat mili harakati yunalishida aylantirib o‘tkaziladi. Ip o‘ngdan chapga sim ip yunaltirgich 21 ning halqasiga kiritiladi, yuqorida o‘ngdan chapga tomon ip tortkich 23 ning qo‘log‘iga kiritiladi, keyin tikuvchidan nariga tomon igna 16 ko‘ziga taqiladi.
Ostki ip 97-A, 1022-M rusumli tikuv mashinalardagidek taqiladi. Ostki ip naychaga mashina tanasiga montaj kilingan o‘ragich yordamida o‘raladi. Ip galtakdan naycha ip yo‘naltirgich 34 ning ikkita teshigidan o‘tkaziladi, taranglik rostlagichi 33 ning shaybalari orasidan soat mili harakatiga qarshi yunalishda aylantirib o‘tkaziladi, keyin naychani o‘ragichning shpindeli 29 ga kiydirib ishga tushiriladi.
Asosiy rostlashlar va mashinani ishlatish. Tugma diametri o‘zgarganda tepkilar 13, 15 bilan tirak 14 o‘rtasidagi oraliq rostlanadi. Buning uchun vintlar 8 ni bushatib, tirak plastina 7 tugma tutkich 5 bo‘ylab suriladi. Agar plastina tikuvchidan nariga surilsa, tepkilar bilan tirak orasidagi masofa oshadi. Tugma tutkich 5 ning materialga bosimi gilza 6 ichida joylashgan ichki prujinaning bosimini vint 30 yordamida o‘zgartirib rostlanadi. Agar vint 30 burab chiqarilsa, tugma tutkich 5 ning materialga bosimi oshadi. Tepkilar 13, 15 bir-biriga parallel bo‘lishi kerak, ularning holati vint 11 ni bo‘shangandan keyin tepki 13 yoki 15 ni richag 10 bo‘ylab surib rostlanadi.
Planka 4 ning bo‘ylamasiga surilish kattaligini vint 1 ni bo‘shangandan keyin, mufta 2 ni richag 35 pazi ichida sterjen 36 buylab surib rostlanadi. Agar mufta 2 yuqori chekka holatga qo‘yilsa, planka 4 buylamasiga siljimaydi, demak, ikki teshikli tugma qadash imkoniyati hosil bo‘ladi.
Agar tugma teshiklarining o‘rtasidagi oraliq mashina platformasiga ko‘ndalang yo‘nalishda o‘zgarsa, bunda vint 31 ni burab chiqarib, qopqoq 32 olinadi, gayka 25 bo‘shatilib, shatun 26 ning ustki kallagini richag 24 pazi buylab suriladi. Agar shatun 26 ning ustki kallagini chapga, richag 24 ning tayanch nuktasiga yakinrok surilsa, ignaning platforma 3 ko‘ndalangiga og‘ishi kamayadi.
Igna 16 ni uning uzun ariqchasini tikuvchiga qaratib igna yuritkich 19 ga o‘rnatib, vint 18 yordamida mahkamlanadi.
Mashina tanasida moy karteri bo‘lib, undan moy piliklar orqali mexanizmlar detallarining tutashmalariga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |