Igna sinishi. quyidagi hollarda igna sinishi mumkin: agar igna harakat vaqtida bironta noto‘g‘ri turib kolgan detalga tegib utadigan bulsa, igna balandligi noto‘g‘ri (pastrok) o‘rnatilgan bulsa; tepkida, igna plastinasida, mokida siljishlik bulsa yoki ular noto‘g‘ri o‘rnatilgan bulsa; igna pastligida materiallar surilsa; tikib bo‘lgandan keyin materiallarni tepki tagidan extiyotsizlik bilan olinsa.
Mashina ishidagi boshqa kamchiliklar (igna tegadigan detallar singanligi yoki ularda gadir-budur joylar borligi) natijasida ham igna sinishi mumkin, shuning uchun tikish oldidan maxovik g‘ildirakni aylantirib, igna uz yo‘lida bironta detalga tegmayotganligini tekshirib kurish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |