Tepki ishidagi kamchiliklar quyidagilar xisoblanadi: tepkining balandligi noto‘g‘ri o‘rnatilgan; materialga tepkining bosimi noto‘g‘ri rostlangan, tepkidagi deffektlar – tepki tagining yuzasi gadir-budirligi, tepki reykaga nisbatan noto‘g‘ri tanlangan (tepki reykadan kengrok bo‘lishi kerak), shuningdek, tepki uzelidagi birikmalar bushab kolgan yoki eyilgan.
Materiallarni surish mexanizmidagi va tepkidagi detallar bushab kolgan yoki eyilganligi, ignaning ko‘ndalang siljishi, tepki reykaga nisbatan noto‘g‘ri turib kolganligi natijasida bahyalari kiyshik tushadigan bahya-qatorlar ham materiallarni surish mexanizmining nuqsonlari xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |