11.6. "Pannoniya" (Vengriya) firmasining CS1652K-303A puxtalama yarim avtomati
CS1652K-303A yarim avtomati kostyum va paltolarda ikki ipli moki bahya solib puxtalama hosil qilishga mo‘ljallangan. Mashina asosiy valining aylanishlar chastotasi - 2500 min. Kichik puxtalama 28 marta sanchib, katta puxtalama ignaning 42 marta sanchitishda tayyorlanadi. Tepkisining ko‘tarilish balandligi 10 mm, gabarit ulchamlari 570x260x335 mm. Mashina massasi-51 kg. Kirmaksimon uzatmaning uzatishlar soni 1:28, 2134-35, 134-35 sistemasi ignalari qo‘llaniladi.
Mashinada aylanma harakatlanuvchi, sharnirsimon iptaranglash sistemasi moki qo‘llanilgan. Materialni ushlab turuvchi tayanch plastina va qisuvchi rama mashina ostida joylashgan richagli mexanizm orqali boshqaruv shkividan harakatlanadilar. Ustki va ostki iplarni qirqim igna plastinasi ostidagi kontr-pichoq yordamida bajariladi. Ipqirqich keyingi tishli jarayoni uchun ipni tortib ham beradi. Mashina ikkita tasmali uzatma orqali harakatga keltiriladi. Mashina mexanizmlari detallari markazlashgan moylash sistemasi yordamida moylanadi.
Mashinada krivoship-shatunli igna, sharnir sterjenli iptortgich bor. Materila mashina platformasining uzunasiga va kundalangiga surilishi mumkin. Mashinada platforma tagida jlylashgan ip qirqish mexanizmi bor. Mashina kush pedalli.
Kichik puxtalamani tayyorlash.CHap pedal bosilsa, tepkilar ko‘tariladi. Buyum materialni surish mexanizmining plankasi ning ustiga tepkilar tagiga qo‘yiladi. Ung pedal bosilganda mashina ishga tushadi, igna fakat vertikal harakat qiladi, planka tepkilar bilan birga platformaning kundalangiga suriladi va igna sakkiz marta sanchilganda (113-rasm,a) etti karkas bahya tushadi. Igna sakkiz marta sanchilgandan keyin karkasni urash boshlanadi. Material platformaning uzunasiga suriladi. Bundan tashqari, ignaning har bir sanchilishidan keyin material ung tomonga puxtalamaning 1/12 buyicha suriladi. Urashning oxirida mgna 1 uchta puxtalovchi sanchiladi-da, mashina avtomatik to‘xtaydi. Chap pedal bosilsa, tepki 2 ko‘tariladi va platforma tagida ip qirqiladi.
Katta puxtalamani tayyorlash. Bu puxtalamani tayyorlashda igna fakat vertikal harakat qiladi, material platformaning ko‘ndalangiga suriladi, igna 13 marta sanchilganda 12 ta karkas bahya tushiriladi.
Karkasdagi oraliq sanchishlar puxtalama pishiqrok bo‘lishiga xizmat qiladi. Karkasni urashda material mashina platformasining uzunasiga suriladi. Bundan tashqari, ignaning xar bir sanchilishidan keyin o‘ng tomonga puxtalamaning 1/26 buyicha suriladi. Urashning oxiridagi uchta puxtalovchi sanchikdan keyin mashina avtomatik to‘xtaydi, chap pedal bosilganda esa tepkilar ko‘tarilib, ip qirqiladi.
11.9 -rasm. Kichik (a) va katta (b) puxtalamani tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |