Ikki yo‘lli zich yoki siyrak bezak uramli bahyaqator. Bahyaqator (59-rasm, g, d) keskin ko‘zga tashlanib turadigan yirik bahyaqator bo‘lgani uchun uni kashta guliga asos qilib olinadi. Zanjirsimon ikki yo‘lli zich yoki siyrak bezak uramli bahyaqator ham ikki yo‘lli bahyaqatorni bajarishdagi detallar ishtirokida olinadi, fakat ular qatoriga bezak o‘rash mexanizmigina qo‘shiladi. Iplarni taqish ham ikki yo‘lli bahyaqatordagiga uxshash bo‘ladi.
«Ingichka shnur» bahyaqator. Bu bahyaqator (59-rasm, e) aylantirgich ipidan, bezak uramidan va karkas ipidan iborat bo‘ladi. «Ingichka shnur» bahyaqator mustaqil burtmas sifatida ham, boshqa bahyaqatorlar bilan birgalikda ham qo‘llaniladi. «Ingichka shnur» bahyaqator chiqarish uchun kovak igna tutgich 1 ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |