2. Amaliyot mashg‘uloti bo‘yicha topshiriqlar
Optik signallarni optik liniya trakti bo‘ylab uzatilishida so‘nishlarini sabablarini o‘rganish.
Optik signallarini qayta tiklanishi qanday amalaga oshirilishini o‘rganish
Optik kuchaytirgichlar, ularning turlari va ishlash prinsiplar bilan tanishish.
Optik regeneratorlar va ularning ishlash prinsipi bilan tanishish.
Optik kuchaytirgichlar va optik regeneratorlarning o‘zaro farqini, afzallik va kamchiliklarini tushuntirish.
3. Amaliyot mashg‘ulotini bajarish
Amaliyot ishi 2 - qismga ko‘ra xisobot ko‘rinishida tayyorlanadi va talaba tomonidan himoya qilinadi.Xar bir talaba o‘ziga biriktirilgan masala bo‘yicha to‘liq xisobot topshiradi.
4. Nazorat savollari
1.Optik aloqa tarmoqlarida optik kuchaytirgichlarning qo‘llanilishi qanday maqsadda amalga oshiriladi ?
2. Optik kuchaytirgichlar va ularning qanday turlarini bilasiz?
3. Optik kuchaytirgichlarning EDFA turining o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
4. Optik regeneratorlar va ularning optik kuchaytirgichlardan qanday farqlari bor?
5. Kanallari to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan optik uzatish tizimlarida asosan optik kuchaytirgichlarni qo‘llanilishini sababi nimada?
6. Optik regeneratorlarning optik signallarga ishlov berish jarayonini tushuntiring.
7. Optik aloqa liniya traktida signalni shovqindan farqlab olish imkoniyati mavjud bo‘lganda optik kuchaytirgich qo‘llanilishi sababi nimada?
Adabiyotlar: A1; A3; Q7; Q8.
Javoblari
2. Amaliyot mashg‘uloti bo‘yicha topshiriqlar
1.Optik signallarni optik liniya trakti bo‘ylab uzatilishida so‘nishlarini sabablarini o‘rganish.
Dispersiya ta’siri uncha katta bo‘lmagan, “0” ni “1” dan farqlasa bo‘ladigan xolatlardagina optik kuchaytirgichlaridan foydalaniladi. Kuchaytirgichlar signal shaklini tiklamaydi, faqat so‘ngan signallarni kuchaytiradi va qabul qilingan signalga qo‘shimcha shovqinlar beradi. Shuning uchun ularni soni berilgan shovqindan himoyalanganlik (xatolik koeffitsienti) va dispersiyaning ruxsat etilgan qiymatlarini hisobga olgan holda chegaralanadi.
Raqamli regeneratorlarda signallar nafaqat kuchaytiriladi, balki to‘g‘rilanadi ham. Signallarni kuchaytirish, boshlang‘ich shaklini tiklash, to‘g‘rilash, shovqinlarni bartaraf etish regeneratsiyalash deyiladi. 8.1-rasmda optik kuchaytirgich va optik regeneratorning optik signallarga ishlov berish natijalarini ko‘rish mumkin.
2.Optik signallarini qayta tiklanishi qanday amalaga oshirilishini o‘rganish
9.1-rasm. Optik kuchaytirgich va optik regeneratorlarning optik signallarga ishlov berish natijalari
3.Optik kuchaytirgichlar, ularning turlari va ishlash prinsiplar bilan tanishish.
Optik kuchaytirgichlar kam elementlardan tarkib topgani uchun uning tuzilishi oddiy. Lekin narxi ancha qimmat. Ehtiyojni oshishi bilan narxi arzonlashishi mumkin. Optik kuchaytirgichlarning ishonchliligi regeneratorlarga qaraganda yuqori. Bu uning eng muhim afzalligi bo‘lib, suv ostida optik kabellarni yotkazganda retranslyatorlarni tashkil etishda e’tiborga olinadi.
4.Optik regeneratorlar va ularning ishlash prinsipi bilan tanishish.
Optik kuchaytirgichlarning ishonchliligi regeneratorlarga qaraganda yuqori. Bu uning eng muhim afzalligi bo‘lib, suv ostida optik kabellarni yotkazgandaretranslyatorlarni tashkil etishda e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |