Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni turlari
Kompyuterlarning har bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbatan jiddiy yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo'ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda bir necha o‘n marotaba ortiq. Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni uch guruhga ajratish mumkin;
universal (umumiy masalalarga mo‘ljallangan);
muammoga yo‘naltirilgan;
maxsuslashtirilgan.
3-rasm. Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni guruhlarga ajratish
universal (umumiy masalalarga mo‘ljallangan);
muammoga yo‘naltirilgan;
maxsuslashtirilgan.
Universal kompyuterlar juda turli muhandislik, texnik, iqtisodiy, matematik, axborot va shu kabi masalalami yechish uchun mo‘ljallangan.
Universal kompyuterlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
yuqori unumdorlilik;
ishlov beriladigan axborotlarning turlarining ko'pligi: ikkilik, o‘nlik, belgilik - ular katta oraliqda o‘ zgaradi va ular yuqori aniqlikda ifodalanadi;
bajariladigan amallarining ro‘yxati keng, arifmetik, mantiqiy va maxsus;
tezkor xotira sig‘imi katta;
axborotni kiritish-chiqarish tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi qurilmalami ulashni ta’minlaydi. .[1]
____________
1 A.A.Qaxxorov, YU.SH.Avazov, U.A.Ruziyev “Kompyuter tarmoqlari va tizimlari” –T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2019-yil, 8-9 betlar.
O‘lchami va hisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlami turlari
Kichik EHM
4-rasm O‘lchami va hisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlami turlarga ajratish.
juda katta (superkompyuterlar);
katta;
kichik;
juda kichik (mikrokompyuterlar). Kompyuterlarning vazifalarim bajarish imkoniyatlari quyidagi muhim texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir:
tezligi (vaqt birligi oralig‘ida mashina bajaradigan o‘rtacha amallar soni bilan o‘lchanadi);
kompyuter ishlov olib boradigan sonlarni razryadligi va ifodalanish shakli;
xotira turlari va barcha xotiralaming tezligi;
axborotlarni tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqarish qurilma turlari hamda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
kompyuterlarning o‘zaro va qismlarini ulash hamda aloqa qurilmalarining turi va o‘tkazish xususiyatlari;
kopyuterlami bir vaqt oralig‘ida bir necha foydalanuvchi bilan ishlashi va bir necha dastumi parallel bajara olishi (ko‘p masalali);
kompyuterda ishlatiladigan operatsion tizimning turi va texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
dasturiy ta’minotning mavjudligi va vazifalarining imkoniyatlari;
boshqa turdagi kompyuterlar uchun yozilgan dasturlani bajara olish imkoniyati (boshqa kompyuterlar bilan dasturiy moslashuvchanligi);
mashina buyruqlarining tarkibi va tizimi;
aloqa kanallariga va kompyuter tarmoqlariga ulanish imkoniyati;
kompyuteming foydalanishdagi ishonchliligi.[1]
____________
1 A.A.Qaxxorov, YU.SH.Avazov, U.A.Ruziyev “Kompyuter tarmoqlari va tizimlari” –T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2019-yil, 10-bet.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.A.A. Qaxxarov, YU.SH. Avazov, U.A.Ruziyev “Kompyuter tarmoqlari va tizimlari”.
2.M.M.Musaev “kompyuter tizmlari va tarmoqlari”.
Do'stlaringiz bilan baham: |