Analog hisoblash mashinalari uzluksiz shakldagi, ya’ni qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga ega bo‘Igan qiymatlar ko‘rinishidagi (ko‘pincha elektr kuchlanishi) axborotlar bilan ishlaydi. AHM juda sodda va foydalanishga qulay, bu mashinada ishlash uchun masalalarni dasturlash uchun odatda ko‘p mehnat talab etilmaydi. Masalani yechish tezligi operatorning xohishi bo'yicha o'zgarishi mumkin va xohlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish mumkin (RHM lardagiga qaraganda yuqoriroq), ammo masalani yechish aniqligi esa juda past (nisbiy xatoligi 2 - 5 % gacha). AHM murakkab mantiq talab etilmaydigan va tarkibida differensial tenglama bo'lgan matematik masalalar samarali yechiladi. Elektron AHM ni ko‘pincha elektron modellashtiruvchi mashinasi ham deb ataydilar, chunki masalani yechish uchun ularda tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli yaratiladi. To‘g‘ri, xuddi shu asosda elektron RHM ham xuddi shunday atash mumkin, vaholangki ularda ham yechiladigan masala modeli yaratiladi, ammo model abstrakt, matematikdir.[ 1 ]
____________
1 A.A.Qaxxorov, YU.SH.Avazov, U.A.Ruziyev “Kompyuter tarmoqlari va tizimlari” –T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2019-yil, 6-7 betlar.
GHM (aralash (gibrid) hisoblash mashinasi) yoki kombinatsiyalashtirilgan hisoblash mashinasi, raqamli va uzluksiz shaklda ifodalangan axborotlar bilan ishlaydi. Ular o‘zida AHM va RHM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. GHM ni murakkab tez 7 ishlovchi texnik majmualami boshqarish masalalarini hal qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodda va shuningdek ilm hamda texnikada eng ko‘p foydalaniladigan va tarqalgan turi bu RHM, odatda ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy kompyuter deb ataladi. Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlami shartli ravishda avlodlarga bolinadi: 1-avlod, 1950-yillar: elektron vakumli lampalardagi EHM; 2-avlod, 1960-yillar; diskret yarim o‘tkazgichli asboblardagi EHM (tranzistorlardagi); 3-avlod, 1970-yiIlar; yarimo‘tkazgichli kichik va o'rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab - minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema - maxsus vazifalar uchun mo'ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristall sifatida bajarilgan bo‘lib, o'zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlami) birlashtiradi; 4-avlod, 1980-90-yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularing asosi - mikroprotsessorlardir (bitta kristalda o‘n mingtalab - millionlab aktiv elementlar mavjud). Katta integral sxemalarda aktiv
elementlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1- avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 - 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, hozir 1,5 - 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan, Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 - 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng). 5-avlod, hozirgi vaqt (2010...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjud; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturing o‘nlab ketmaket ko‘rsatmalarini bajara oladilar. 6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo'lmagan mikroprotsessorlaming taqsimlangan tarmog'i bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |