aktiv tok transformatori deb ataladi. Bundan quyidagi tengsizlik kelib chiqadi:
Agar R1 va R2 qarshiliklar nominallari bilan farq qilsalar, u holda I2 tok I1 tokni yoki “kattalashgan” yoki “kichraygan” masshtabda “aks ettirishi” mumkin.
Xulosa: : Barqaror tok generatorida qarshilik 1 Momga teng bo’lgan rezistorlardan Integral mikro sxema yasab bo’lmaydi. Elektr signallar uzluksiz yoki diskret shaklda bo’ladi.Analog signallar uzluksiz signallarga kiradi. Analog signallarni qayta ishlaydigan mikrosxemalar analog integral mikro sxemalar deyiladi.
Mavzu: Analog IMSlar haqida tushincha.
Reja:
IMSlar haqida umumiy tushincha.
Analog IMSlar haqida ma’lumiot.
Integral mikrosxema (IMS) haqida umumiy ma’lumotlar
Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi bo’lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar.
Integral mikrosxema (IMS) elektr jihatdan o’zaro bog’langan elektr radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) majmui bo’lib, yagona texnologik siklda bajariladi, yani bir vatqning o’zida yagona konstruktsiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funktsiyasini bajaradi.
IMSlarning asosiy xossasi shundaki, umurakkab funktsiyalarni bajarish bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa funktsiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funktsiyalarni bajarish uchun diskret elementlardamos keluvchi sxemani yig’ish talab qilinardi.
IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik. Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan bo’lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va elementlararo bog’lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. Shu sababli integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarhga ega.
Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo’ladigan tuzilmaga ko’ra IMSlarning uchta prinsipial turi mavjud: yarim o’tkazgichli, pardali va gibrid. Har bir IMS turi konstruktsiyasi, mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar sonini ifodalovchi integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi.
Elektron qurilmalarni tasniflashda axborotlarni to ‘plash, uzatish va qabul qilish usuli eng muhim belgilardan hisoblanadi. Elektron qurilmalar (EQ) analog va diskret (raqamli) qurilmalarga ajratiladi. Analog elektronika uzluksiz o ‘zgaruvchi elektr signallarni uzatish, qayta ishlash, qabul qilish uchun xizmat qiluvchi EQlarni ishlab chiqish va o ‘rganish bilan shug'ullanadi. Bu, analog EQ (AEQ)larda signal qiymati m inimaldan maksimalgacha o ‘zgarganda, uni qayd qilish va uzatish uzluksiz amalga oshirilishini anglatadi. A E Q larning asosiy afzalligi nisbatan tezkor ishlashidan va soddaligidan iborat. Kamchiliklari sifatida tem peratura va boshqa om illarta'sirida parametrlari nobarqarorligini va xalaqitbardoshligining kichikligini; axborotni uzoq vaqt saqlash qiyinligini aytib o ‘tish kerak. Analog qurilmalar asosini sodda kuchaytirgich kaskadlar tashkil etadi. Ular asosida murakkabroq kuchaytirgichlar, tok va kuchlanish stabilizatorlari, chastota o ‘zgartgichlar, sinusoidal teb ran ish lar generatorlari va boshqa qator sxemalar yaratiladi.
Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari Umumiy m a’lumotlar. Signal manbayi quw ati yetarli bo‘lmaganda yuklama RVu deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron — nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo'lib xizmat qilishi mumkin.Kirish signali manbayi yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga birlamchi o'zgartiradi. M ikrofon, detektor, fotoqabulqilgich,awalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbayi b o ‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordam chi kuchlanish m anbayidan (to ‘g ‘rilagich, akkum ulator,batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish m anbayidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich “vositachilik”qiladi.
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quw ati Rkirni Rch,q ga quyidagicha ko'rinishda o‘zgartirishdan iborat: Ya’ni, chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sharoitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali m anbayining ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Bu shart ideal kuchaytiigichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi.
XULOSA:
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki Analog integral mikrosxemalar uzliksiz ishlashi va tezkorligi bilan qulaydir.Barqaror tok generatori elektronika va sxemalar fanining asosiy tushunchalaridan hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyot va internet saytlari.
Aripov X.K, Abdullayev A.M,Alimova H.B,Bo’stonov X.X, Obedkov Ye.V, Toshmatov SH.T “Elektronika” darslik.
Aminov D.N, Xalilova M.R “Elektron zanjirlar elektrosxematika texnikasi” o’quv uslubiy qo’llanma.
www.google.uz
www.tuitkf.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |