Qisqa tutashuv turlari, ularni paydo bo‘lish
sabablari va oqibatlari
Qisqa tutashuv (QT) - bu fazalari o‘zaro tutashishi yoki neytral simi bo‘lganda bir yoki bir necha fazalami yerga yoki neytral simga
tutashishi tufayli elektr qurilmaning normal ishlashining to‘satdan buzilishidir, bunda zanjir qarshiligi kamayadi, bu esa sistemadagi
toklami keskin oshishiga va kuchlanishlami pasayishiga olib keladi. Elektr qurilmalarda QT lami hosil bo‘lishi har xil sabablarga ko‘ra
ulaming izolyatsiyasi buzilishi tufayli bo‘ladi. Ya’ni izolyatsiya materiali eskirishi yoki yemirilishi, o‘ta kuchlanishlar tufayli izolyatsiya buzilishi, mexanik shikastlanishlar, izolyatsiyaga sifatsiz qaralishi, tok o‘tkazgich qismlarini hayvon va qushlar qoplab o‘tishi; o‘chirish va yoqishlami bajarishda personal tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar va boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Qisqa tutashuv bo‘lgan joyda O‘tkinchi qarshilik hosil bo‘ladi. Bu qarshilik asosan aktiv xarakterga ega bo‘lgan elektr yoyi qarshiligi bilan aniqlanadi. Eng katta toklar “metallik” qisqa tutashuv deb nomlanadigan va o‘tkinchi qarshiligi nolga teng deb qabul qilinadigan chegaraviy holda bo‘ladi. Uch fazali sistemalarda quyidagi QT turlarini [3,5,6,12] ajratish mumkin: Uch fazali qisqa tutashuvlarda ( K3 ]) hamma fazalar bir xil sharoitda bo‘lganligi uchun, u simmetrik. Qolgan qisqa tutashuvlar
( K 2 k1.1 , k 1) esa aksincha nosimmetrik hisoblanadi. Ba'zan shikastlanish rivojlanish jarayonida QT dastlabki turidan boshqa QT turiga o‘tishi mumkin
7-rasm. Qisqa tutashuvning turlari
bir fazali QT –(1) (~ 65 foiz) (7-rasm). uch fazali QT – K(3)sodir boiish ehtimolligi taxminan 5 foiz);
ikki fazali QT - K (2) ( » ю foiz);
ikki fazali yerga QT –(1.1) ( ~ 20 foiz);
elektr sistemada sodir bo‘ladigan eng ko‘p QT lar (85 foiz)
yerga tutashish bilan bog'liqdir. Uch fazali QT juda kam uchraydi(5 foiz), ammo ushbu QT turida ro‘y beradigan jarayonlarni o‘rganish birinchi darajali ahamiyatga ega, chunki uch fazali QT lar oqibatlari elektr sistema uchun eng og'ir bo‘ladi. Undan tashqari, eng sodda uch
fazali qisqa tutashuv jarayonini o‘rganish keyinchalik metodikani
boshqa turdagi shikastlanishlarga qo‘llashga imkon beradi.
Qisqa tutashuvlar ta’sirida quyidagilami kuzatish mumkin:
- QT larda qurilma fazalaridagi, ayniqsa QT nuqtasida, toklar normal qiymatlarga nisbatan keskin oshadi, kuchlanishlar esa kamayadi;
- nosimmetrik QT larda kuchlanish va toklami simmetrikligi buzilishi va shunda elektr uzatish liniyalaming elektr aloqa liniyalarga
va boshqa obyektlarga elektromagnit va elektrostatik ta’siri oshadi;
- QT toklami issiqlik ta’siri izolyatsiyani shikastlanishiga, elektr apparatlaming kontaktlarini erib, yopishib qolishiga olib keladi;
- QT toklami dinamik harakati mexanik kuchlami hosil bo‘lishiga
olib keladi va mashina va apparatlami konstruksiyalarini shikastlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |