2)yuzaga kelish sabablariga ko‘ra. Har qanday o‘tkinchi
jarayonlar biror sabablarga ko‘ra sistema parametrlari o‘zgarishi tufayli
sodir bo‘ladi. Ushbu sabablar turtki ta’sirlar (rejim turtkilari yoki
turtkilar) deb nomlanadi va rejim parametrlarida boshlang‘ich og‘ishlar paydo bo‘lishiga olib keladiNormal o‘tkinchi jarayonlarda rejim parametrlari o‘zgarishi turg‘un kattaliklaridan kichik miqdorda farq qiladi. Masalan sistemada yuklamani o‘zgarishi, rostlagichlar faoliyati va hakozolar uzluksiz davom etadi va buning natijasida o‘tkinchi jarayonlarga sabab bo‘luvchi kichik turtkilar doimo kuzatiladi.
Avariya o‘tkinchi jarayonlari bir qism elektr generatorlarining
uzilishi, liniyalaming qisqa tutashuvi yoki boshqa hollarda va rejim
parametrlarining shiddatli kutilmagan o‘zgarishlari natijasida yuz
beradi. Avariya natijasida rejim parametrlari katta miqdorga o‘zgaradi
(U, P kamayadi), ya’ni elektr sistema katta turtki ta’sirida bo‘ladi
3) matematik ifodalanishi to‘liqligiga ko‘ra, ya’ni differensial
tenglamalami tuzish va yechishda qo‘llangan farazlarga ko‘ra. Bunday
farazlar turlicha. Masalan, real nochiziq sistemadagi rejim parametrlarining xarakteristikalari Teylor qatoriga yoyilib, uning faqat chiziqli tashkil etuvchilari olinadi. Bunda tenglamalar sistemasi chiziqlashtirilgan bo‘ladi va faqat turg'un rejimdagi kichik og‘ishlar uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Katta og‘ishlarda bu qatorning qolgan tashkil etuvchilari hisobga olinishi kerak. Chiziqlashtirilgan tenglamalar bo‘yicha statik turg‘unliklar, 0‘tkinchi jarayonlaming sifat ko‘rsatkichlari, avtomatik boshqaruvchi qurilmalami sintez qilish masalalari o‘rganiladi. Chiziqlashtirilgan sistemalarni tadqiq qilishda ustma-ustlash usulidan foydalanish mumkin. Nochiziq tenglamalar bo‘yicha dinamik va natijaviy turg‘unlik hamda katta turtkilardan keyingi hosil bo‘lgan o‘tkinchi jarayonlar tadqiqot qilinadi. Matematik ifodalashga sistemani almashlash sxemalari bilan ifodalash, jarayonlarni tahlil qilish uchun elektron hisoblash mashinalarida dasturlar yaratish ham kiradi.
4)o‘rganilaytgan sistema strukturasi murakkabligiga ko‘ra. 5) o‘tkinchi jarayonlar kechish tezliliga (vaqtiga) ko‘ra (mikrosekunddan to bir necha soatgacha davom etishi mumkin) to‘lqinsimon, elektromagnit va elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar turlariga ajratiladi (6-rasm). Rejimga turtki berish onida hosil bo‘lgan o‘tkinchi jarayon nazariy jihatdan cheksiz vaqt davom etadi. Amalda o‘zgarishlami xarakterlovchi parametming qiymati nazariy jihatdan hisoblangan turg'un qiymatlardan konkret shartlarga bog'liq bo‘lgan biror bir cheklangan kichik qiymatga farq qiladi deb olinadi. Energosistema qurilmalarining elektromagnit va mexanik rejimlarini o‘zgarish tezligi sezilarli farq qiladi. Masalan: To‘lqinsimon o‘tkinchi jarayonlar [tto‘liq=(10-8-10-5)s] ular ichki kommutatsiya, momaqaldiroq va boshqa o‘ta kuchlanishlar bilan bog‘liq. Mexanik o‘zgarishlar ushbu jarayonga ta’sir etmaydi;