Qisqa tutashuvlarni hisoblashning vazifa va maqsadlari QTning o‘tkinchi jarayonini hisoblash (vazifasi) deb, odatda
berilgan shartlarda ko‘rilayotgan elektr energetik sistema sxemasida tok
va kuchlanishlami hisoblash tushuniladi. Bunday hisoblarni maqsadiga
ko‘ra tok va kuchlanisrilar qiymatlari berilgan vaqt momenti uchun yoki
ulami butun o‘tkinchi jarayon davomida o‘zgarishi aniqlanadi.
Elektr sistemadagii QT toklar va qoldiq kuchlanishlarni hisoblash (maqsadi) quyidagjlarni bajarish uchun taiab etiladi: - QT shartlari bo‘yicha elektr qurilmalami tekshirish va tanlash;
-releli himoyaning o‘matmalarini tanlash hamda ushbu himoyaning va avtomatikaning mumkin bo‘lgan harakatlarini baholash;
- elektr energetik sistema ishining turg‘unligini tahlil qilish;
- elektr uzatish liniyalaridan o‘tuvchi nolinchi ketma-ketlik
toklaming aloqa liniysilarga ta’sirini aniqlash;
- zamin(yr ;r)lovchi qurilmalami tanlash.Uch fazpji QT lardagi elektromagnit o‘tkinchi jarayonlami hisoblash va tahlil qilish mavjud usullami ikki guruhga bo‘lish mumkin:analitik va arnaliy.
Analitik usul asosiga Рагк-Gorev tenglamalari(boshqacha aytganda to‘la tenglamalar yoki oniy qiymatlar tenglamalari) [1] bo‘yicha elektromagnit o‘tkinchi jarayonlami tahlil qilish qo‘yilgan. Bu usul bitta sinxron generatordan tashkil topgan eng sodda sistemada to‘satdan sodir bo‘lgan QT ning vaqtning boshlang‘ich mommentidagi tokining qiymatini katta aniqlik bilan topishga imkon beradi.
QT tokini hisoblash maqsadi(apparaturasini tanlash yoki tekshirish,
rele himoyalash qurilmalarini hisoblash, elektr uzatish liniyalarini va
nimstansiyalami momaqaldiroqdan himoya qilish uchun
razryadsizlantirish qurilmalarini tanlash, avariya uzilishlarini tahlil
qilish)ga qarab boshlang‘ich hisobiy shartlar aniqlanadi.
Bu esa quyidagilami tanlash demakdir:
-tarmoqning hisobiy sxemasini;
- QT rejimlarini;
- QT turini (K(3), K(2), K(1.1) , K(I));
- QT nuqtalarini joylashishini;
- QT vaqtini.
Ko‘rilayotgan elektr sistemada qisqa tutashuv toklarini hisoblash uchun hisobiy sxema tuziladi. Tarmoqning hisobiy sxemasi soddalashtirilgan bir liniyali sxema bilan ifodalanib, unda ta’minlash manba (sistema, generator)lar va manbalami QT nuqtalari bilan bog‘lovchi tarmoq elementlari (elektr uzatish liniyalar, transformatorlar, reaktorlar) hamda yuqorida ko‘rsatilgan barcha elementlaming QT tokiga ta’sir etadigan parametrlari ko‘rsatiladi. Elektr uskunalami elektr dinamik va termik bardoshliligiga tekmshirishda QT nuqtaiarining joylashishishunday bo‘lishi kerakki, tek shirilayotgan qurilma eng og‘ir sharoitda bo‘lishi kerak. Releli himoyaning o‘matmalarini tanlashda hisoblash maqsadiga qarab, QT nuqtasi himoyalanayotgan uchastkaning boshi yoki oxirida joylashtiriladi.
QT vaqti. QT jarayonida toklar va qoldiq kuchlanishlar qaysi vaqt momenti uchun aniqlanishi kerakiigi butunlay hisoblash xarakteriga bog'liq. Masalan, releli himoyasining sezgirligim tekshirishda odatda tok QT ning boshlang‘ich momenti uchun hisoblanadi. Bunda QT lokining vaqt davomida kamayishi kiritilgan zaxira koeffitsientlari bilan inobatga olinadi.