huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliy
valyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muҳitini shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me`yoriy-huquqiy ҳujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi. Xususan: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko`rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat qilib belgilandi; tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta`minotini rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi; kichik biznes sub`ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to`lov undirish bekor qilindi; imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag`batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg`armasi mablag`lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig`idan ozod qilindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iinovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida davlat xususiy tashabbuskorlikni innovatsion tadqiqotlarga qaratuvchi qulay biznes muhitini shakllantirishi; tarkibiy islohotlarni opyimallashtirishi; mintaqaviy darajalarda innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashishi (sug’urtalash, innovatsion vositachilar institute, texnoparklar va h.k.) lozim. Mazkur sharoitlarni amalgam oshirish jarayonida xususiy tadbirkorlar tashkil qilishning an’anaiy modelidan innovatsion modeliga o’tish imkonini qo’lga kiritadilar.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti, erkin raqobat sharoitida marketing birinchi o`ringa chiqib qoladi. Chunki marketing tovarning ishlab chiqaruvidan iste’molgacha bo`lgan yo`lini belgilab beradigan jarayondir. U mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning kompleks tizimi bo`lib, xaridorning talab va ehtiyojini har tomonlama o`rganishga asoslanadi. Bu jarayon o`zgarib turadigan bozorga moslashib borish tizimi bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish va umuman xo`jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o`z ichiga oladi. Marketing bo`limiga qolgan barcha bo`limlarni o`zaro bog`lovchisi, ishlab chiqarishning boshida turuvchi asosiy bo`g`in sifatida qaralishi lozim. Ularning birgalikdagi hamkorligi natijasida bozor tadqiq qilinadi, korxonaning biznes sohasidagi yangi imkoniyatlari izlanadi, marketing strategiyasi va taktikasi yaratiladi, reklama va tovarlar harakati bo`yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, baholar o`rnatish amalga oshiriladi, rejalar yaratiladi va uning bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi. Marketingning eng asosiy vazifalaridan biri kafolatlangan yuqori sifatli, xaridor talabiga javob beradigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni tashkil qilish hamda yo`lga qo`yishdir. Bu o`rinda iqtisodiyotni boshqarishda marketing unsurlaridan biri reklamaning o`rni beqiyosdir. Yaxshi tashkil etilgan reklama bozor talabini oldindan ko`ra bilish va bozor sharoitida xaridorlar oqimini boshqara olish imkonini beradi. Reklama biror korxona, mahsulot, xizmat turi, ijtimoiy faoliyatning biror turini ommalashtirish maqsadida qilingan ishdir. Shu maqsadda reklama o`sha korxona yoki ijtimoiy faoliyatning biror-bir mahsulotiga yoki xizmat turiga keng jamoatchilikning e’tiborini jalb etadi. Har bir korxona va tashkilot mahsulotining turi, uning taniqlililik darajasidan kelib chiqib o`z reklama dasturini ishlab chiqadi. Reklama byudjetini ishlab chiqishning turli usullarining hech birini umumiy deb tan olish va ular reklama xarajatlarining aniq va yagona hisob-kitobi darajasini kafolatlaydi deb ishonish mumkin emas. Kommunikator mustaqil tarzda, o`z marketing va reklama faoliyati xususiyatlarini hisobga olib, eng samarali usulni tanlashi lozim. Reklama yangi mahsulot yaratilganligi to`g`risida iste’molchilarga xabar berish, mavjud tovar va xizmatlar haqida eslatib o`tish singari muhim vazifalarni amalga oshiradi. Reklama mijozlarning diqqatini tovarga jalb etish va ularning qiziqishini saqlashda yuqori samara beradi. Shularni inobatga olib men o`z izlanishimda “Kogon yog`-ekstraksiya zavodi” OAJning iqtisodiy faoliyatida reklamaning o`rni va ahamiyatini o`rganishga harakat qildim. “Kogon yog`” OAJ monopol tashkilot bo`lishiga qaramasdan iste’mol bozorining jadal kengayib borayotgan bir paytda uning mahsulotlariga ham o`rinbosar yog`-moy mahsulotlari raqobatchi bo`lishi xavfi mavjud. Bunday holatda korxonani himoyalashda reklamaning samaradorlik darajasi yuqori. “Kogon yog`-ektraksiya zavodi” OAJ mahsulotlariga xaridorlar diqqatini jalb etish jarayoni har yili o`tkaziladigan yarmarkalarda ishtirok etib shartnomalar tuzish yo`li bilan amalga oshiriladi.