Ustaxonaning elektr energiyasi bilan ta’minlanishi.
Ustaxonani yoritish, stanoklarni elektr energiyasi bilan ta‘minlash maqsadida binoga uch fazali elektrik liniya o’tkaziladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to’la amal qilgan holda elektrik liniya umumiy taqsimlagich shtitga tortilib, undan xonalarga , yoritish tarmog‗i va stanoklarga taqsimlanadi.
Xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida xar bir xonaga yoritish tarmog’i uchun alohida , stanoklar uchun alohida umumiy saqlagichli rubilnik o’rnatilgan ma‘qul. Bu narsa bir stanokni ishga sozlash yoki tuzatish vaqtida boshqalarning to’xtab yoki yoritish tarmog‗ining uzilib qolmasligini ta‘minlaydi, ayrim xavfli vaziyatlarning oldini olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |