Ixtisoslashtirilgan (maxsus) qilichbozlik zali.
Zalda jang o‘tkaziladigan joy “Jang maydoni” deyiladi.
Sportchining xavfsizligini ta’minlash uchun jang maydoni har qaysi tomonga 2 metrga kengaytirilgan bo‘ladi.
Jang maydoni polining yuzasi tekis, siypanmaydigan bo‘lishi kerak. U yog‘ochdan, rezin yoki kauchukdan qilinadi.
Agar jang pomostda o‘tkaziladigan bo‘lsa, uning kengligi kamida 2,5 metr, uzunligi 19 metr, balandligi 50 sm bo‘lishi kerak.
Qilichbozlik rapira va shpagada o‘tkazilsa, jang maydonining hamma tomoni elektrlashtirilgan yo‘lakcha bilan aylantirib o‘ralgan bo‘ladi.
Qilichbozlik yarog‘i musobaqa qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. U qilichbozning o‘zini va raqibini jarohatlamasligi lozim.
Qilichbozlik zalining harorati +12 +14o, nisbiy namligi 40-60%, sun’iy yorug‘ligi 200 lk bo‘lishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |