Guruh talabasi nurmamatova munisaning



Download 446,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana15.01.2021
Hajmi446,88 Kb.
#55595
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-kurs A guruh talabasi Nurmamatova Munisa (2)



 

 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

“O’ZBEK TILI ADABIYOTI” FAKULTETI 

3-KURS “A” GURUH TALABASI 

     NURMAMATOVA MUNISANING 

“HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN 

 

“O’ZBEK MAQOLLARIDA GAP BO’LAKLARINING 

TAHLILI” MAVZUSIDA 

 

KURS ISHI



 

             Ilmiy rahbar: f.f.doc. Yarasheva N 

 

    



 

 

 



 

 

 



    

Navoiy-2020-yil 


Mundarija 

Kirish ……………………………………………………3-4-bet 

I bob. O’zbek xalq maqollarida bosh bo’laklarning o’rni 

 

1.1.  Ega va uning maqollarda ifodalanishi………………5-7-bet 

 

1.2.  Maqollar tarkibida kesim turlarining kelishi............8-10-bet 



 

II bob. Ikkinchi darajali bo’laklar va ularning ifodalanishi 

 

2.1. Maqollarda qo’llangan aniqlovchi va to’ldiruvchilar, 



      ularning turlari …………………………………….11-14-bet 

 

2.2.  Hol va uning maqollardagi tahlili………………...15-17-bet 



 

Xulosa………………………………………………….18-19-bet 

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………...20-bet 

 



Kirish 

Maqollar  biz  uchun  asrlarning  sadosi,uzoq  o’tmish  bilan 

hamnafaslik hissini uyg’otuvchi mangu chaqiriq,zamonlararo ko’prikdir. 

Maqol  so’z  ko’rkigina  emas,dilning  ham,umrning  ham  ko’rkidir.  O’z 

qadrini bilgan odam so’zni pala-partish ishlatmaydi,uning asl ma’nosini 

qidiradi,bilib o’rniga qo’yib gapiradi. Hikmatlar… Har kuni har birimiz 

har  kimdan  eshitib,har  kimga  aytib  yuradigan  had-hisobsiz  hikmatlar... 

Maqollar  kishilarning  aqlini  o’tkirlashtiradi,nutqini  ravshan  va 

ta’sirchan  qiladi,hayotda  to’g’ri  yo’lni  tanlay  bilishga  ,hayotiy 

jumboqlar  va  muammolarni  to’g’ri  yechishga  o’rgatadi,turmushning 

jamiki kata-kichik masalalari xususida qimmatli maslahatlar beradi. 

Umuman insoniyat yaratgan maqollarning tematikasi keng va rang-

barangdir.  Ayniqsa,she’riyati  va  didaktizmi  bilan  qadimdan  mashhur 

bo’lib  tematik  jihatdan  shu  qadar  boy  va  rang-barangki,ularda  ijtimoiy 

hayotning  eng  murakkab  muammolaridan  tortib  oilaviy  hayotning  eng 

kichik  urf-odatlarigacha,oliy  axloqiy  normalardan  tortib  kishilar 

xarakteridagi mayda-chuyda nuqsonlargacha o’z in’ikosini topgan. 

 

Xalqimizning asrlar davomida to’plagan boy hayotiy tajribasi son-



sanoqsiz  maqollarda  umumlashtirilgan.  Ularda  ota-bobolarimiz  bosib 

o’tgan  yo’lni,kechirgan  turmushlarini,shodliklari  va  chekkan  azob-

uqubatrlarini  teran  mazmunli  pand-nasihatlarini,qadimgi  davrlarda,o’rta 

asr  va  undan  keying  asrlarda  yashagan  ajdodlarimizning  urf-

odatlarini,an’analarini  ko’ramiz.Xalqimiz  asrlar  davomida  yaratgan  va 

hozir ham yaratayotgan minglab ajoyib maqollar og’izdan-og’izga o’tib 

yuribdi. 



 

Maqollar  zamonlar  osha  tobora  sayqallanadi,pishadi,mazmuni 

teranlashadi.  Ba’zi  hollarda  esa  buning  aksicha,eshituvchi  va  talaffuz 

etuvchilarning  muayyan  maqolda  aytilmoqchi  bo’lgan  ma’noni 

tushunmasligi  yoxud  eshitganini  eslay  olmay,o’zicha  qo’shib  chatishi 

yoki  ma’lum  bir  fikrni  isbotlash,ma’lum  bir  holni  ifodalash  uchun 

eshitgan  maqoli  tarkibidagi  ayrim  so’zlar  o’rniga  atayin  boshqa  so’zlar 

ishlatib,asl  ma’nosi  va  mazmunini  boshqa  tomonga  burib  aytishi 

oqibatida  ko’pgina  maqollar  keyingi  avlodga  asliga  nisbatan 

noto’g’ri,mantiqqa  zid  tarzda  qo’llaniladigan  bo’lib  qolgan.  Maqollar 

mag’ziga ularni yaratgan xalqning asriy hayoti,dunyoqarashi,urf-odatlari 

singib ketgan. Modomiki shunday ekan, maqollarning tarixiy ildizlarini 

aniqlash,ularni  g’oyaviy-tematik  mazmunini  ochib  berish  ko’p 

izlanishni,uzoq  yillar  mobaynida  sabr-toqat  bilan  ish  olib  borishni 

taqozo etadi. 

 

Maqollarni  tahlil  qilish  jarayonida  ularning  to’g’ri  va  majoziy 



ma’nolarini,ularda  uchraydigan  arxaik  so’zlarning  asl  va  ko’chma 

ma’nolarini  aniqlash  maqsadida  tarix,etnografiya  fanlariga  murojaat 

qilishga,turkey  tillarning  lug’atlaridan  foydalanishga  to’g’ri  keladi.  U 

yoki  bu  maqolning  ma’nosi,und  anima  deyilmoqchi  bo’layotganini 

aniqlash uchun maqolda keltirilgan mohiyatini to’g’ri anglamoq kerak. 

 

 





Download 446,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish