Guruh talabasi ning



Download 30,98 Kb.
Sana20.02.2022
Hajmi30,98 Kb.
#460801
Bog'liq
yosh fiziologiyasi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • MAVZU


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

” KURS“ ”-GURUH TALABASI


NING
FANIDAN
TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI
MAVZU:






TEKSHIRDI:


Toshkent 2022


Reja:


1.Nafas olish organlarining ahamiyati.
2.Nafas harakatlari
3.Nafas olish a'zolarining kasalliklari
4.Nafas olish a'zolari gigiyenasi.
Nafas olishning ahamiyati
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O'pka alveolalari va tashqi muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2. O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kisJorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to'qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo'zg'alish, harakatlanish, ko'payish) ana shu energiya018
hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar nati¬jasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to'qimalardan qonga o'tib, o'pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi (1-rasm).
Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo'shlig'i o'rtasidan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga boyBurun bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar bo'ladi. Ular nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib, organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.
Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda iliydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin bu havo halqum orqali hiqildoqqa o'tadi.
Hiqildoq. Hiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalari ro'parasida joylashgan. U old tomondan til osti suyagi muskullari va teri, yon tomondan qon tomirlari va nerv tolalari hamda qalqonsimon bez bilan chegaralangan. Hiqildoq havo o'tkazuvchi nafas yo'li vazifasini bajarishdan tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tuldi shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog'ay va muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining o'rtasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan bo'lib, ularning harakati, qisqarishi va bo'shashishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo'ladi.
Hiqildoq uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik tog'aydan va uch juft mayda tog'aydan tashkil topgan. Hiqildoqda uch guruh muskullar bo'lib, ularning bir guruhi tovush teshigini kengaytiradi, ikkinchi guruhi toraytiradi, uchinchi gu¬ruhi tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo'liga, ya'ni kekirdakka o'tadi.
Kekirdak (traxeya) va bronxlar. Kekirdak hiqildoqning pastki qismidan, ya'ni VI-VII bo'yin umurtqalari ro'parasidan boshlanib, V ko'krak umurtqasi ro'parasigacha davom etadi va shu joyda o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. Uning uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 srn gacha yetadi.
Kekirdakning devori 16-20 ta aylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil topgan. Aylanasimon tog'aylarning orqa qismi silliq muskullardan iborat. Kekirdakning ichki qavati tuksimon shilliq pardadan tashkil topgan bo'lib, unda mayda bezchalar joylashgan. Ulardan ajralgan suyuqlik havoni namlab o'tkazadi. Tuksimon silliq parda esa havodagi chang zarrachalarini ushlab qolib, tashqariga chiqarib yuboradi.
Bronxlar. V ko'krak umurtqasi ro'parasida kekirdakning ikkiga (o'ng va chap bronxlarga) bo'linishidan hosil bo'ladi. Bronxlar o'pka to'qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o'xshab, juda ko'p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va born-born alveola pufakchalarini hosil qiladi.
Kekirdak va bronxlar nafas yo'li hisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, o'pka alveolalariga o'tkazadi.
O'pka. O'pka bir juft bo'lib (o'ng va chap o'pka), konussimon tuzilgan. Ular ko'krak qafasining ikki tomonida joylashgan.O'ng va chap o'pkaning o'rtasida kekirdak, qizilo'ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan.
O'ng o'pka chap o'pkadan kattaroq bo'lib, u yuqorigi, o'rta va pastki bo'lakdan iborat. Chap o'pka esa yuqorigi va pastki bo'lakdan tashkil topgan. O'pkalar pastki tomondan diafragma, orqa tomondan umurtqa pog'onasi, oldingi tomondan to'sh suyagi va atrof tomondan qovurg'alar bilan chegaralangan.
O'pka to'qimasi daraxtsimon shakldagi o'rtacha, mayda va eng mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alveolalardan tashkil topgan. O'pka to'qimasi bronxlar va alveolalardan tashkil topganligi tufayli, u g'ovaksimon tuzilgan bo'ladi.
O'pka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni kechadi. Ulaming dev'1ri bir qavatli epiteliy to'qimasidan iborat bo'lib, atrofi mayda qon tomirlari - kapillyarlar bilan to'rsimon shaklda o'ralgan. Alveolalarning soni ikkala o'pkada 750 mln atrofida bo'ladi. Alveolalarning umumiy sathi 100 m kvni tashkil qiladi. Ular yuzasining bunday katta sathga ega bo'lishi o'pka bilan tashqi muhit o'rtasida hamda alveolalar bilan qon o'rtasida gazlar almashinuvi tczlashuvini ta'minlaydi.
O'pkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan o'ralgan. U ikki qavatdan (ichki va tashqi) iborat bo'lib, ular orasida torgina plevra bo'shlig'i hosil bo'ladi.
Plevra bo'shlig'i ichidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan kam, ya'ni manfiy bo'ladi. Bu esa nafas olgan paytda o'pka to'qimasining kengayishiga va undagi alveolalarga havo kirishiga, nafas chiqarganda esa torayib, alveolalardagi havoni qisib chiqarishga imkon beradi.
O'pkalar katta qon aylanish doirasidan kelgan bronxial arteriya tomiri orqali oziqlanadi. Kichik qon aylanish doirasining tomirlari, ya'ni o'pka arteriyalari va o'pka venalari o'pka to'qimasini oziqlantirishda ishtirok etmaydi. Bu tomirlardagi qon o'pka alveolalariga o'zidagi karbonat angidridni berib, ulardan kislorod qabul qiladi, ya'ni venoz qon arterial qonga aylanadi.
Ovoz apparati
Yuqorida aytilganidek, asosiy ovoz apparati hiqildoqda
joylashgan. Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil bo'lishida til, lablar, og'iz bo'shlig'i, burun
94 bo'shlig'i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan qo'shimcha kovaklari, halqum, kekirdak, bronxlar va o'pkalar ham ishtirok etadi.
Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda bo'ladi (u uchburchak shaklda). Pichirlab so'zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo'ladi. So'zlashganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o'pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta'sir qilib, ulaming tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Ovoz boy¬lamlari o'pkadan chiqariladigan havo ta'sirida bir sekundda 80 martadan 10 ming martagacha tebranishi mumkin. Tebranish qancha ko'p bo'lsa, ovoz shuncha kuchli bo'ladi (2-rasm).
Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo'lishiga bog'liq. Ayollarda ulaming uzunligi o'rtacha 18-20, erkak¬larda 20-22 millimetr. Shuning uchun ayollaming ovozi o'tkir bo'ladi. Bundan tashqari, ovozning kuchi hamma odamda bir xil bo'lmaydi. Qo'shiqchilarda ovozning kuchi boshqalamikiga nisbatan ancha katta bo'ladi.
Ba'zi qo'shiqchilar kuylaganda, shipgailingan qandilni teb¬ratib yuborganligi tarixda ma'lum. Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan qo'shiqchilar xuddi tanbur yoki dutor simining turli joylaridan har xil ovoz chiqqanidek, ovoz boylamlarining turli qismlari¬dan har xil ovoz chiqarish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Har bir kishining ovozi o'ziga xos xususiyatga ega. Hatto cha¬qaloqning yig'laganidagi ovozi ham o'ziga xos ohangga, JnJsusiyatga ega bo'ladi va shu orqali ona o'z bolasining ovozini boshqa chaqa¬loqlar ovozidan farq qiladi. Albatta hayot davomida odamning turli yosh davrlarida ovoz ma'lum darajada o'zgaradi. Ayniqsa, o'smirlarda (12-18 yoshda) ovozning o'zgarishi juda sezilarli darajada bo'ladi. Chunki shu yoshda hiqildoq va ovoz boylamlari¬ning uzunligi o'g'il bolalarda ikki, qizlarda bir yarim baravar ortadi. Buning natijasida, ayniqsa, o'smir yoshdagi o'g'il bolalarda ovoz qo'pollashib, do'rillab qoladi. Bundan havotirlanmas¬lik kerak. Bu fiziologik xususiyatga ega bo'lib, o'smirlik davri o'tgandan keyin ovoz normal holga keladi. Lekin o'smirlik davrida ba'zi gigiena qoidalariga amal qilish zarur, ya'ni qattiq gapirmaslik, baqirmaslik, kuchli ovoz bilan ashula aytmaslik, chekmaslik, spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik, shamollashdan saqlanish, achchiq taomlarga ruju qilmaslik kerak va hokazo.. Ba'zilarning fikricha, yosh bola qancha qattiq va ko'p yig'lasa, go'yo uning ovoz apparati shuncha yaxshi rivojlanar emish. Bu noto'g'ri, chunki ko'p va qattiq yig'lagan bola ovoz boylamlarining zo'riqishi natijasida ularda mayda pufakchalar hosil bo'ladi. Buning oqibatida bolaning ovozi qo'pol va xirillagan bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun yosh bolani qattiq va uzoq yig'latmaslik lozim, ya'ni uni tezda ovutish kerak.
2. ....Nafas harakatlariii Nafas harakatiari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati qovurg'alarning ko'tarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali ta'minlanadi. Qovurg'aiarning ko'tarilishi bo'yin va tashqi qovurg'alararo muskullaming qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqa¬rishi natijasida sodir bo'ladi. Bu harakatlar natijasida ko'krak qafasining hajmi kattalashadi, o'pka kengayadi va tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rib olinadi. Qovurg'alararo muskullarning faol ishtirok etishi bilan nafas olish ko'krak bilan nafas oUsh deb ataladi. Diafragmaning ko'proq harakatianishi orqali nafas olish qorin bilan nafas oUsh deb ataladi. Erkaklarda asosan qorin bilan nafas olish, ayollarda esa asosan ko'krak bilan nafas olish harakatiari rivojlangan. Nafas olish hara¬katiarining ko'krak yoki qorin orqali bajarilishi odamning holatiga, bajarayotgan ishiga ham bog'liq. Masalan, odam og'ir yuk ko'targan vaqtda ko'krak qafasi va umurtqa pog'onasi yuk uchun tayanch vazifasini o'taganligi sababli ko'krak qafasining harakati qiyinlashadi. Shuning uchun nafas olish harakatida asosan diafragma ishtirok etadi. Homilador ayollarda esa diafragmaning pastga tushish harakati qiyinlashadi. Shu sababli nafas olish harakatiari qovurg'alararo muskullarning qisqarishi orqali ta'min¬lanadi. Nafas chiqarish harakati ichki qovurg'alararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali ta'minlanadi. Ichki qovurg'alararo muskullar qisqarganda qovurg'alar pastga tushadi, qorin muskullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko'tariladi. Natijada ko'krak qafasining hajmi kichrayib, o'pkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab bo'ladi.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya'ni nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga so'rib olinishiga va yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarida, ya'ni nafas olganda o'pkalar hajmining kengayib-torayishida ko'krak qafasi va plevra bo'shlig'idagi bosimning manfiy bo'lishi (atmosfera bosimiga nisbatan 6 mm simob ustuni chamasida past bo'lishi) muhim rol o'ynaydi. Bu manfiy bosim nafas olish harakati vaqtida tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak qafasidagi manfiy bosim vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasidagi pastki va yuqorigi kovak venalariga so'rib olinishiga va yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishiga qulaylik yaratadi.
O'pkaning tiriklik sig'imi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o'pkalarga, ya'ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi.
Odam tinch turganda o'rtacha 500 ml havo oladi va shuncha havoni chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa, tinch nafas olgandagi 500 ml nafas hav'osining ustiga o'pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qo'shimcha havo). Odam tinch nafas chiqarishdan so'ng (nafas havosi 500 ml) chuqur nafas chiqarsa, o'pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (rezerv havo). Shunday qilib, nafas havosi 500 m1+ qo'shimcha havo 1500 ml + rezerv havo 1500 ml=3500 ml o'pkaning tiriklik sig'imini tashkil etadi. Erkaklarda o'pkaning tiriklik sig'imi 3500-4500 ml gacha, ayollarda - 3000-3500 ml gacha bo'ladi. Jismoniy chiniqqan odamlarda bu ko'rsatkich ko'proq bo'ladi. Qoldiq havo. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin o'pka alveo¬lalarida 1000-1500 ml havo qoladi, bu qoldiq havodir.
O'pkaning tiriklik sig'imi spirometr asbobida aniqlanadi. Spirometr ikki xii bo'ladi: suvli spirometr va havoli spirometr (36-rasm). O'pkalarning tiriklik sig'imini aniqlash uchun odam chuqur nafas olib, so'ngra spirometr asbobining naychasiga bor kuchi bilan chuqur puflaydi. Suvli spirometr ichki silindrining yuqoriga ko'tarilishiga, havoli spirometrning esa strelkasi siljib ko'rsatgan raqamiga qarab,so'pkalarning tiriklik sig'imi qancha ekanligini bilish mumkin. Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanuvchi, chiniqqanodamlarda o'pkaning tiriklik sig'imi ortib, 4500-6500 ml ga yetadi. Aksincha, jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaydigan odamlarda o'pkaning tiriklik
sig'imi yuqorida ko'rsatilgan normadan (3500 mm dan) kam bo'lishi mumkin. O'pkalar tiriklik sig'imini kam yoki ko'p bo'lishiga qarab, odamning jismonan chiniqqanligi yoki chiniqmaganligiga baho berish mumkin.
O'pkalar ventilyatsiyasi. .Odam tinch turgan vaqtda bir minutda 16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi o'pkaga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har bir marta nafas olganda o'pkaga kirgan havo mjqdoriga ko'paytirilsa, o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi kelib chiqadi. Tinch
holatda o'pkaning minutlik ventilyatsiyasi 8-9 I ga teng. Masalan, bir minutda 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda o'pkaga 500 ml havo kiradi: 16'500=8000 ml.
A2
3. ....Nafas olish a'zolarining kasalliklari ikki turga bo'linadi: 1. Nafas olish a'zoJarining yallig'lanish kasalliklari. 2. Nafas olish a'zo¬Jarining yuqumli kasalliklari.
Nafas olish a'zolarining yallig'lanish kasalliklari. Nafas olish a'zolarining har bir qismi ichki yuzasini qoplab turuvchi shiIliq parda tashqi ob-havo haroratining o'zgarishi, havo tarkibidagi chang zarrachalari, kimyoviy moddalar ta'sirida yallig'lanishi mumkin. Nafas olish a'zoJarining ayrim qismlari, ya'ni burun, tomoq, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o'pkaJaming har biri alohida yal¬Iig'lanishi yoki uJaming hammasi bir vaqtda yallig'lanishi mumkin. Shunga ko'rn, yuzaga keJadigan kasallik belgilari turlicha bo'ladi.
Burun ichki shiUiq pardasining yallig'lanishi (rinit) odamda aksa urish, burundan suv oqishi, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan namoyon bo'ladi. Bunda o'rta quloq bilan burun¬halqum bo'sWiqlarini tutashtirib turuvchi yevstaxiy nayining shilliq pardasi ham yallig'lanishi tufayli o'rta quloq bo'sWig'ida havo bosimi o'zgaradi. Buning natijasida ayrim hollarda quloqning no¬g'orasimon pardasi yallig'lanadi, taranglashib og'riydi, ba'zan tana harorati ko'tariladi. Tomoq shilliq pardasi yallig'langanda (jaringit) tomoqda, og'riq seziladi, ovqat yutish qiyinlashadi. Ko'pincha tomoqdagi bodomsimon bezlar ham yallig'lanadi. Bu kasallik angina deb ata¬ladi. Bunda bemor darmonsizlanadi, tana harorati ko'tarilishi mumkin. O'z vaqtida davolash tadbirlari ko'rilmasa, tomoq bez¬laridagi mikroblar limfa va qon orqali yurak, buyrak va boshqa organlami zararlashi mumkin. Hiqildoq shilliq pardasining yallig'lanishi (laringit) odamda quruq va qo'pol, og'riqli yo'tal, tovushning bo'g'ilishi bilan ifodalanadi. Traxeya va bronx shilliq pardasining yallig'lanishi (traxeit va bronxit) ko'pincha birga sodir bo'ladi. Yo'talish, yo'talgan vaqtda to'sh suyagi orqa tomonining qirilib og'rishi, shilimshiq balg'am ajralishi bu kasallikning asosiy belgisidir. O'pka to'qimasining yallig'lanishi zotiljam kasalligi deb ataJa¬di. Bunda bemor yo'taladi, nafas olishi tezlashadi, ko'krak qafasida og'riq, darmonsizlik, tana haroratining ko:tarilishi kabi belgilar yuzaga keladi. O'pkani tashqi tomondan o'rab turuvchi plevra pardasining yallig'Janishi p/evrit deb ataladi. Plevrit ikki xii: quruq va ekssudatli bo'ladi. Quruq p/evritda plevra pardalari yallig'lanishi tufayJi ko'krak qafasida og'riq seziladi. Ekssudatli (ho 'I) p/evritda ikki qavat pJevra pardasi orasiga suyuqlik to'planadi. Bu suyuqlik o'pkani qisib qo'yishi tufayli bemoming nafas olishi qiyinlashadi, uning labJari ko'karadi, umumiy holati og'irlashadi. Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklari. Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklaridan aholi o'rtasida ko'p uchray¬digani gripp va o'pka silidir.
Gripp. Bu kasallikni maxsus gripp viruslari qo'zg'atadi. Ular uch xii: (A, B, S) bo'ladi. Bulardan tashqari, adenovirus deb ataluvchi viruslar ham grippga o'xshash kasallikni keItirib chiqaradi.
Gripp kasalligi ko'pincha kuz va qish tasllarida tarqaladl. Ob¬havoning sovishi odamning nafas a'zolari yallig'lanishiga sabab bo'ladi. Yallig'langan shilliq pardalarda esa viruslarning yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit tug'iladi. Bundan tashqari, kuz va qish fasllarida odamlar ko'proq yopiq binolarda bo'ladi. Bunda bitta bemordagi kasallik virusi ko'plab odamga yuqishiga sharoit yaratiladi. Virus asosan havo-nafas yo'llari orqali yuqadi.
Gripp kasalligi yo'talish, aksa urish, burundan suv oqishi, holsizlik, bosh og'rishi, tana haroratining ko'tarilishi, qo'l¬oyoqlarning qaqshab og'rishi, ishtaha pasayishi, ba'zida ko'ngil aynishi va qusish kabi belgilari bilan xarakterlanadi.
Gripp kasalligi bilan og'rigan bemor, kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq alohida xonaga yotqizilishi kerak. U ko'chaga chiqmasligi, hatto shifoxonaga ham bormasligi shart. Chunki bitta bemor o'nlab va yuzlab sog'lom odamlarga kasallik yuqtirishi mumkin. Shuning uchun shifokor uyga chaqiriladi.
Bemorni parvarish qiluvchilar og'iz-burunlariga to'rt qavatli
doka niqob tutishlari zarur. Uning idish-tovoqlari, sochiq va boshqa buyumlari alohida bo'lishi shart. Xonaning eshik dastasiga xloramin yoki xlorli ohakning 0,5% li eritmasiga namlangan doka bog'lab qo'yiladi. Uning havosini tez-tez yangilab turish lozim.
O'pka sili. Sil (tuberkulyoz) yuqumli kasallik hisoblanadi. Kasallik qo'zg'atuvchi mikrobni 1882-yilda nemis olimi Robert Kox aniqlagan, shuning uchun uning nomi bilan Kox batsi/lasi deb ataladi. Kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob havo, idish-tovoqlar, qaynatilmagan suv orqali yuqadi. Chunki sil kasalligi bilan og'rigan bemorning balg'ami va tupuk tomchilaridagi mikroblar havoga tarqalib, idish-tovoqlarni, sochiq va boshqa buyumlarni zararlashi, ular orqali sog'lom odamlarga yuqishi mumkin. Mikroblar kasallangan sigirning qaynatilmagan suti orqali ham yuqishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, odam organizmiga sil mikroblari tushganda hamma vaqt ham kasallik sodir bo'lavermaydi. Odatda, zaiflashgan, chiniqmagan odam organizmida mikrob yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit bo'ladi. Natijada bunday odam kasallanadi.
Sil kasalligining belgilari quyidagilar: darmonsizlik, ishtaha yo'qolishi, uxlagan vaqtda terlash, bOl-gan sari oza borish, rangning oqarib-sarg'ayishi, bo'yin, qo'ltiq osti limfa bezlarining mosh, no'xat hajmida kattalashib, barmoq bilan paypaslaganda sezilishi. Bu belgilar paydo bo'lishi bilanoq kasallik aniqlanib, unga davo qiIinmasa, asta-sekin bemor yo'talib balg'am ajrata boshlaydi. Bu esa o'pka silining chuqurlashganini bildiradi. O'pka siIidan tashqari, jag' osti limfa bezlari sili, ichak va bUyrdk siIi, suyak siIi va boshqa a'zolarning sil kasalligi bo'ladi. Sil kasalligining oldini olish uchun odam yoshlik chog'idanoq kasallikka berilmaslik choralarini ko'rishi lozim. Shaxsiy gigiye¬na qoidalariga. amal qilish, tartib asosida sifatli ovqatlanish, badantarbiya, mehnat rejimiga rioya qilish zarur. Bulardan tashqari, bolalar chaqaloqligidan bosWab to maktablli bitirgunicha ma'lum muddatlarda silga qarshi emlanadi. Har yili bir marta tibbiy ko'rikdan o'tib turishi lozim. Kasallikning yuqorida aytib o'tilgan belgilari sezilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarur.
4..fas olish a'zolarining normal rivojlanishi, ularni har xiI kasalliklardan muhofaza qiIishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun avvalo har bir odam yosh¬likdan bosWab burun orqali nafas olishga odatIanishi kerak. Chunki burun shilliq pardasida mayda tukchalar bo'lib, ular havodagi chang zarrachalari, mikroblar, viruslarni tutib qoladi va ichki nafas a'zolariga o'tkazmaydi. Bundan tashqari, burun shilliq pardasi bir necha qavatdan tuzilganligi uchun u juda katta sathga ega (2 m'). Burun shilliq qavatining bunday tuzilishi burun bo'shlig'i orqali sovuq havo o'tayotganda uning isishiga imkon beradi. Bunday isigan havo nafas olish a'zolarini shamollashdan saqlaydi. Shuningdek, havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda namlanadi.
Odam yoshligidan, ayniqsa yurganda, chopganda, jismoniy mashq bajarganda burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlanishi kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg'alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi,o'pkaning tiriklik sig'imi ortadi. Organizmni turli sharoitda chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish, ochiq havoda sayr qilish va mashq bajarish kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish a'zolariga zararli ta'siri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko'proq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha a'zolariga, jumladan, nafas olish a'zolariga zaharli ta' sir ko'rsatadi. Masalan, tamaki tutuni tarkibidagi karbonat angidrid qonning eritrotsitlari tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, miya, yurak va boshqa hayotiy muhim a'zolarning kislorod bilan ta'minlanishini buzadi.
Tamaki tutuni tarkibida o'sma (rak) kasalligini yuzaga keltiruv¬chi 50 dan ortiq kanserogen moddalar bor. Shuning uchun chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda o'pka o'smasi 20 marta ko'p uchraydi. Chekuvchi o'z organizmini zaharlashidan tashqari, atrofdagi odamlar sog'lig'i uchun ham katta zarar yetkazadi.


Download 30,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish