c h i d a m l i n a v l a r n i y a r a t i s h j a r a y o n i d a t u p r o q d a g i mikroorganizmlarni ham seleksiya qilib boriladi. Vaqt o‘tishi bilan hosil bo‘lgan rassalar yangi navni ham zararlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Kasallikning keng tarqalishi asosan qulay ekologik sharoit va infeksiya manbaining ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi. Ma’lum bir paytda bir xil navdagi o‘simlikni surunkasiga yetishtirish kasallikning keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Masalan, kartoshkada fitoftoroz, g‘alla ekinlarida zang, uzumning mildyu kasalligi, g‘o‘zada vilt kasalliklari keng tarqalgandan ular orasida kasalliklarga chidamli o‘simliklarni ajratib olish seleksiya ishlaridagi dastlabki bosqich hisoblanadi. Shunday usulda tanlab olingan o‘simliklar mavjud navlardan tanlab olingan chidamli navlar bilan o‘zaro chatishtiriladi. Masalan, zang kasalligiga chidamli bo‘lgan kungaboqarni Zelenka navi, fitoftorozga chidamli bo‘lgan kartoshkaning Chempion, fuzariozga chidamli bo‘lgan kanopning Bizon navlari chidamli navlar
ichidan tanlab olingan o‘simliklarni chatishtirish asosida hosil qilingan. Bu navlarni yetishtirish jarayonida ular ham ma’lum muddatdan keyin yana kasalliklarga chidamliligini yo‘qotib, turli
miqdorda kasallana boshlaydi. Kasallikning keng tarqalishi oldini olish maqsadida seleksiya, urug‘chilik, navlarni rayonlashtirish ishlari amalga oshirila boshlaydi. Bu masalani niyali va poligen chidamli navlar yaratish ishlari muhim ahamiyatga ega. Konvergent navlarning xususiyati. Konvergent navlar kasallikka nisbatan bir necha chidamli genlarga ega bo‘lib, bu
genlar ma’lum fiziologik rassalarga chidamlilik xususiyatini namoyon qiladi. Bunday chidamlilikni monogen chidamlilik deyiladi. Monogen chidamlilik o‘simliklarni kasalliklardan
himoya qilishi mumkin edi, lekin ko‘pgina patogen organizmlarga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik tufayli yangi rassalar hosil bo‘lib turadi. Har qanday yangi nav gen va gen nazariyasiga asosan
o‘simliklarning chidamlilik xususiyatiga nisbatan patogenning a g r e s s i v l i k x u s u s i y a t i n i n a m o y o n q i l a d i . L e k i n b u
agressivlikning kelib chiqishiga 4—5 yil o‘tishi mumkin. Yangi nav yaratilishi bilan yangi rassalar hosil bo‘ladi va u ma’lum vaqtdan keyin turlicha zararlanadigan bo‘lib qoladi. Shuning
uchun konvergent navlarni yaratish rejalashtirilganda navbatdagi yangi muddatda yana yangi nav yaratish rejalashtirib qo‘yilishi kerak. Ko‘p liniyali navlar. Bu o‘simlikning agronomik belgilari bir xil bo‘lsa-da, har xil chidamlilik xususiyatlari bilan farq qiladi. Ya’ni ko‘p liniyali navlar har xil kasalliklarga nisbatan har xil chidamlilikka ega bo‘lgan genoti plar yig‘indisidir. Bunday navlar bug‘doyni un shudring, sariq zang kasalligidan saqlashda keng foydalaniladi. Ular Meksikada keltirib chiqarilgan bo‘lib, 10 yil davomida muvaffaqiyatli yetishtirilmoqda. Poligenli chidamlilik. Poligenli chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklar barcha patogenlarning rassasiga chidamlilik qiladi. Bu turdagi chidamlilik gorizontal yoki daladagi chidamlilik deyiladi. Poligen chidamlilikning hosil bo‘lishi zamburug‘larning kirib kelishiga chidamlilik, tarqalishiga chidamlilik, inkubatsion davriga chidamlilik turiga bo‘linadi. Zamburug‘larning kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi faktorlar quyidagilar:
1. Bargning tashqi tomonidan tuk bilan qoplanganligi;
2. Bargning ustki qismida mumli qavatning mavjudligi;
3. Ustitsalar soni va kutikulaning qalinligi;
4. Patogenning o‘sishini tezlashtiradigan yoki to‘xtatadigan moddalarning mavjudligi.
Infeksiyaning o‘simlik to‘qimalarida tarqalishiga chidamlilik o‘simlikning quyidagi xususiyatlariga bog‘liq ravishda amalga oshadi:
1. O‘simlik a’zolarining yuzasida kollenxima va sklerenxima qavatning bo‘lishi.
2. O‘simlik hujayrasi tarkibida parazit uchun zararli moddalarning bo‘lishi.
3. O‘simlik hujayrasi tarkibida parazit uchun zarur oziqa moddalarining bo‘lmasligi. Poligen chidamlilik o‘simlik mikroorganizmlarining kirib kelishiga, uning tarqalishiga, spora hosil qilishining kamayishiga olib keladi. Natijada o‘simlikning mikroorganizmlar bilan
zararlanishi kechikib, u normal rivojlanib, hosil miqdorini saqlab qoladi. O‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini yetishtirish usullari Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda, ularning kasalliklarga nisbatan chidamliligini ta’minlashda agrotexnik tadbirlar bilan birga seleksiya fani yutuqlaridan foydalanish muhim iqtisodiy samara beradi. Seleksiya yo‘li bilan yaratilgan navlardagi xususiyatlar o‘simlikning genetic mexanizmi bilan bog‘langan bo‘lib, nasldan-naslga o‘tib borishini nazarda tutib, chatishtirish usullarini to‘g‘ri tanlash muhim
nazariy ahamiyatga egadir. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklarga chidamli navlarni
yetishtirish uchun yalpi tanlash, gibridlash va yakka mutagenez usullaridan foydalaniladi. Yalpi tanlash chidamli navlarni yaratishda keng qo‘llaniladigan usuldir. Bunda o‘simlikning kasallik va hasharotlarga nisbatan chidamlilik xususiyatini yakka tartibda tanlab olinadi. Ma’lum
navdagi o‘simliklarning geterozigota populatsiyalari har xil bo‘ladi. Bir xil sharoitli infeksion fonda o‘sayotgan o‘simliklar ichida ayrim o‘simliklar chidamlilikni namoyon qilsa, ayrimlari esa nisbatan chidamsizlikni namoyon qiladi. Eng chidamli xususiyatlarni namoyon qilgan o‘simliklar tanlab olinib, turli kasalliklarga chidamli navlar hosil qilingan. Masalan, shu usuldan
foydalanib kungaboqarning shumg‘iya va qorakuyaga, zig‘ir o‘simligining fuzariozga chidamli navlari yaratilgan. Yalpi tanlash usuli har yili o‘simliklar ichidan kasalliklarga chidamlisini
yangidan tanlab olib borishni talab qiladi. Bu usuldan foydalanib infeksion fonda o‘sgan kungaboqarning qorakuya va shumg‘iyaga chidamli navlari, kanopning fuzariozga chidamli navlari yaratilgan. Chatishtirish (gibridlash) usuli o‘simliklarni tur ichida, turlararo va oilalararo chatishtirishda qo‘llaniladi. Chatishtirish jarayonida chidamlilik xo‘jalik ahamiyatiga ega xususiyatlarni bir navda namoyon qilishga to‘g‘ri keladi, ya’ni hosildorlik, mahsulot sifati, kasallikka chidamlilik xususiyati nazarda tutiladi. Madaniy o‘simliklar orasida chidamli navlarni uchratish qiyin, lekin yovvoyi turdagi o‘simliklarda chidamlilik yorqin ifodalangan. Masalan, yovvoyi g‘o‘zada viltga chidamlilik xususiyati, begona o‘tlarda hasharotlarga chidamlilik yorqin
ifodalangan. Tabiiy genofonda uchraydigan o‘simliklarning bunday xususiyatlaridan madaniy o‘simliklarning foydali xususiyatlarini umumlashtirish uchun ularni chatishtirib yangi navlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlardan foydalanib g‘o‘zaning viltga chidamli navlari yaratilgan. Meksikada o‘suvchi yovvoyi kartoshkani madaniy kartoshka bilan chatishtirib, fitoftoroz kasalligiga chidamli navlari yaratilgan. Bu boradagi tadqiqotlar N.I. Vavilov tamonidan ekologo- geografik tamoyil asosida amalga oshirilib o‘simliklarning kelib chiqishi Osiyo, Markaziy Osiyo va Yevropa markazlari misolida tushuntirilgan. Sun’iy mutagenez usuli chidamli navlar yaratishda yangi yo‘nalish hisoblanadi. Bunda radiaktiv nurlanish, neytronlar, kimyoviy moddalar va fizik-kimyoviy faktorlar ta’siridan foydalaniladi. Bu faktorlar ta’sirida tabiatda yo‘q mutatsiyalarni olish imkoni tug‘iladi. Masalan, qorakuya kasalligiga chidamli bug‘doy navlari gamma nurlar ta’sirida hosil qilingan. Turlararo va oilalararo farq qiladigan o‘simliklarni chatishtirish jarayonida gullarining gullash davridagi tafovuti yoki
gul tuzilishidagi tafovutlar mavjudligi uchun ular chatishmaydi, urug‘ hosil qilmaydi va steril qoladi. Vegetativ usulda ko‘payuvchi o‘simliklardan kartoshka, uzum, mevali va rezavor o‘simliklar vegetativ ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lganligidan ularda ko‘payish to‘xtamaydi. Bunday o‘simliklarda uzoq formalarni chatishtirish ahamiyatga ega. Lekin urug‘ uchun
o‘stirilgan o‘simliklarda avlodlarni chatishtirish jarayonida kam urug‘ hosil qilish xususiyatining hosil bo‘lishi yechimini topish lozim bo‘lgan masaladir.