PHP modullarini o’rnatish
PHP funksiyalarini kengaytirish uchun uning bir qancha modullarini o’rnatamiz.
PHP ning biz uchun mavjud bo’lgan hamma modullarini topish uchun quyidagi buyruqni kiritamiz:
apt-cache search php5-
Yuqoridagi buyruq quyidagi javobni terminalga chiqarib beradi:
php5-cgi - server-side, HTML-embedded scripting language (CGI binary)
php5-cli - command-line interpreter for the php5 scripting language
php5-common - Common files for packages built from the php5 source
php5-curl - CURL module for php5
php5-dbg - Debug symbols for PHP5
php5-dev - Files for PHP5 module development
php5-gd - GD module for php5
. . .
Har bir paket haqida alohida ma’lumot olish uchun quyidagi buyruqdan foydalanamiz. package_name ni istalgan paket nomiga almashtiramiz:
apt-cache show package_name
Masalan, php5-cli moduli haqida ma’lumot olish:
apt-cache show php5-cli
Modul haqida ma’lumot olganimizdan so’ng uni quyidagi buyruq orqali osongina o’rnatish mumkin:
sudo apt-get install php5-cli
Agar ikki va undan ko’p modullarni bitta buyruq bilan o’rnatish uchun quyidagi buyruqdan foydalanish kerak, har bitta paket nomini probel yordamida ajratamiz:
sudo apt-get install package1 package2 ...
Bu qismda LAMP ni o’rnatishni yakunladik. Endi esa PHP ni ishlashini tekshirib ko’ramiz.
Web serverda PHP ni tekshirish
Eng oddiy PHP skript bizga PHP ning ishlash jarayoni haqida to’liq ma’lumot beradi.
Bu skriptni info.php deb nomlaymiz. Apache ushbu faylni topib, qayta ishlashi uchun bu fayl “web root” deb nomlanadigan katalogda saqlanishi kerak.
Ubuntu 14.04 da ushbu katalog /var/www/html/ da joylashgan. Ushbu katalogda faylni hosil qilish va uni saqlash:
sudo nano /var/www/html/info.php
Ochilgan faylga quyidagi kodni kiriting:
phpinfo();
?>
Yakunlash uchun saqlash va faylni yopish kerak.
Endi esa biz PHP ishlashini to’liq tekshira olamiz. Buning uchun brauzerda quyidagi manzilni kiritamiz. Albatta, server IP manzilini esdan chiqarmang.
http://server_ip_manzili/info.php
Sahifa quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Ushbu sahifa PHP ning hamma sozlamalari haqida end to’liq ma’lumotni beradi. Agar yuqoridagi sahifa ko’rinayotgan bo’lsa, LAMP to’g’ri o’rnatilgan.
Yuqoridagi sahifani o’chirish:
sudo rm /var/www/html/info.php
Apache ixtiyoriy ravishda konfiguratsiya va o’zgartirish qilish mumkin bo’lgan qismlarga bo’linadi. Bu qismlar Virtual host deb yuritiladi. Virtual hostlar tizim boshqaruvchisiga bitta IP dan bir nechta domenlar foydalana olishi imkoniyatini beradi.Bu bir xil VPS da bir va undan ko’proq web sahifa yaratishni xohlaganlar uchun foydali.Bu jarayon chegaralanmagan,ya’ni bu serverning ishlash qobiliyatiga bog’liq.
Virtual Host yaratishimizdan oldin bizda quyidagilar mavjud bo’lishi ya’ni o’rnagan bo’lishi kerak.Bular:
Root foydalanuvchisi
Apache o’rnatilgan bo’lishi lozim.
Foydalanuvchi domeni nomi yaratilgan bo’lishi kerak.
Masalan, biz virtual hostimiz uchun test1.com va test2.com deb nomlanuvchi domen yaratamiz.
Katalog yaratish
Root documenti shaxsiy ,ya’ni o’ziga tegishli papkalarni /var/www katalogi ostiga to’playdi. Yuqoridagi Virtual hostlarimizning ikkalasi uchun ham katalog yaratish:
Do'stlaringiz bilan baham: |