Guruh talabasi amonov rahim



Download 183,25 Kb.
bet1/9
Sana11.01.2022
Hajmi183,25 Kb.
#343395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-04 GURUH TALABASI AMONOV RAHIM


20-04 guruh talabasi aMONOV rAHIM

1-Mavzu: Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili

1-savol: “Axborot erkinligi va kafolatlari” haqidagi qonunlar bir nechtasini keltirib o’tamiz.Bular quyidagilar:

Milliy qonunlar. 2002 yil 12 dekabrda O’zbekiston Respublikasining 439-II – sonli “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 16 moddadan iborat bo’lib, unda xususan, quyidagilar belgilangan: 1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro’yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

4-modda. Axborot erkinligi O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega. Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitusiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.

6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi Axborot ochiq va oshkora bo’lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno. Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi: fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro’yobga chiqarish tartibi to’g’risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari; ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to’g’risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikasiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqa axborotlar;

axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqyealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to’g’risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart. 10-modda. Axborot berishni rad etish Agar so’ralayotgan axborot maxfiy bo’lsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetishi mumkin bo’lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin. So’ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to’g’risidagi xabar so’rov bilan murojaat etgan shaxsga so’rov olingan sanadan e’tiboran besh kunlik muddat ichida yuboriladi. Rad etish to’g’risidagi xabarda so’ralayotgan axborotni berish mumkin emasligi sababi ko’rsatilishi kerak. Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so’rayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to’g’risida xabardor etishi shart. Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o’z so’roviga haqqoniy bo’lmagan axborot olgan shaxslar o’zlariga yetkazilgan moddiy zararning o’rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensasiya qilinishi huquqiga ega;

2-savol: Avvalambor EHM 4- ta avloddan tashkil topgan bo’libular quyidagilar hisoblanadi: 1-avlod (1946-55) 2-avlod(1956-65) 3-avlod (1966-74) 4-avlod (1975…)

Endi EHM lar uchun quyidagi qonunni keltirib o’tmoqchiman:

1-modda. Asosiy tushunchalar

ma’lumotlar bazasi — obyektiv shaklda ifodalangan hamda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo‘ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui;

EHM uchun yaratilgan dastur — obyektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar majmui. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish — ularni bosib chiqarish, ulardan nusxa olish, ularni tarqatish hamda xo‘jalik muomalasiga (jumladan, modifikatsiyalashtirilgan shaklda) kiritish yuzasidan boshqa harakatlarni amalga oshirish. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining bosib chiqarilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish deb e’tirof qilinmaydi.

3-savol: EHM lar uchun yaratilgan dasturlar va malumotlar bazasining huquqiy himoyasi to’g’risida qoidalar bilan tanishib chiqamiz:

Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni rasmiy ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma

va ma'lumotlar bazasini rasmiy ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va

ko'rib chiqish

QOIDALARI

Mazkur elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun

talabnoma va ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va

ko‘rib chiqish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining

«Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish

to‘g‘risida» Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni

rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma va ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish

uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish taptibini belgilaydi.

Qisqartirishlar ro‘yxati

Qonun – O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va

ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonuni.

Patent idorasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi.

Talabnoma – EHM uchun dasturni yoki ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun

talabnoma.

4 savol:

Bunda inson sog’ligi va salomatligi haqida ma’lumot beramiz:

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog’lig’ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda „Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFX) fani asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Ushbu fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiyiqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta`siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta`minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena me`yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o`rtasida insoniyat hayotiga xavfxatar soluvchi holatlarning ro`y berishi, insoniyat tomonidan qo`llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko`plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog’lig’iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta`minlash masalalari dolzarb o`rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o`rganadi. Ushbu fanni o’qitishdan maqsad bo`lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo`qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini o`rganishdan iborat. O`quv fanini o`rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o`rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o`rganish. SHuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o`rgatish, zararlangan shikastlanish o`choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o`tkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik choralarini ko`rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko`nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.

5-savol:


Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi.

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;

Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;

Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;

davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;

davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;

qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi

Mazkur Markazning asosiy maqsadi etib, «Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, davlat organlari tizimlari va axborot resurslarida axborot xavfsizligini ta’minlash belgilangan.

Markaz xodimlari axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash bilan shug‘ullanadilar, «Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.

“Elektron hukumat” tizimi axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqish ham Markazning maqsad-vazifalari hisoblanadi.

6- savol:

Infratuzilmasining umumiy reglament haqida:
UMUMIY TEXNIK REGLAMENTLAR:

1. “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti (UzTR.191-001:2012). O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2012 yildagi 191-sonli Qarori bilan tasdiqlangan;

2. “Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti (UzTR.192-002:2012). O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2012 yildagi 192-sonli Qarori bilan tasdiqlangan;

3. "Ta’lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqida"gi umumiy texnik reglamentni (UzTR.146-003:2015). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2015 yildagi 146-sonli Qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament 2015 yil 3 dekabrdan amalga kiritildi. "Ta’lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqida"gi Umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladigan va majburiylik tusini yo‘qotadigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati.

4. «Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha»dagi umumiy texnik reglament (UzTR.319-004:2015). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament 2016 yil 16 maydan boshlab amalga kiritildi. «Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha»dagi umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladigan va majburiylik tusini yo‘qotadigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati.

5. “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti (UzTR.326-005:2015) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament 2016 yil 16 maydan amalga kiritildi. “Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi” umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladigan va majburiylik tusini yo‘qotadigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati

7-savol:


Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish