INxulosalar
ISO 27001 ISMSni joriy etish va ishlashi uchun umumiy modelni, shuningdek, MHMSni monitoring qilish va takomillashtirish bo'yicha harakatlarni tavsiflaydi. ISO sifat menejmenti bilan shug'ullanadigan ISO / IEC 9001: 2000 va atrof-muhitni boshqarish tizimlari bilan shug'ullanadigan ISO / IEC 14001: 2004 kabi turli xil boshqaruv tizimlari standartlarini uyg'unlashtirmoqchi. ISO-ning maqsadi - ISMSning kompaniyaning boshqa boshqaruv tizimlari bilan izchilligi va integratsiyasini ta'minlash. Standartlarning qayta ko'rib chiqish, tekshirish va sertifikatlash uchun o'xshash vositalardan va funksionallikdan foydalanishga imkon beradi. Bundan xulosa shuki, agar kompaniya boshqa boshqaruv standartlarini tatbiq etgan bo'lsa, undan foydalanishi mumkin yagona tizim sifat menejmenti, atrof-muhitni boshqarish, xavfsizlik menejmenti va boshqalarda qo'llaniladigan audit va nazorat. AXBTni amalga oshirish orqali yuqori menejment xavfsizlikni kuzatish va boshqarish vositalariga ega bo'ladi, bu esa qoldiq biznes xavflarini kamaytiradi. AXBTni amalga oshirgandan so'ng, kompaniya rasmiy ravishda axborot xavfsizligini ta'minlashi va mijozlar, qonunchilik, nazorat organlari va aktsiyadorlar talablarini bajarishda davom etishi mumkin.
Shuni ta'kidlash kerakki, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ISO27001 xalqaro standartining tarjima qilingan versiyasi bo'lgan GOST R ISO / IEC 27001-2006 hujjati mavjud.
10-savol:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq hamda elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi —O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklarining xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalaniladigan axborot tizimlarining axborot-texnologik hamkorligini ta’minlash maqsadida 2016-yil 1-yanvargacha elektron raqamli imzodan foydalangan holda foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning bepul foydalaniladigan yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda identifikatsiyalash tizimi deb ataladi) yaratsin;
identifikatsiyalash tizimining uzluksiz va beto‘xtov faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlasin;
2016-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazining elektron raqamli imzosi vositalarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatsiyalashni ta’minlasin.
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari 2016-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda:
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan rasmiy veb-saytlar va portallarni identifikatsiyalash tizimi bilan integratsiyalashni hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar bilan mosligini ta’minlasin;
11-savol:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-117 son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatlangan organ deb belgilangan.
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatlangan organning asosiy vazifalari va funksiyalari:
* elektron raqamli imzodan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari va normativ hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish;
* davlat standartlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish, xalqaro standartlar joriy qilinishini tashkil qilish, elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi tarmoq standartlari, texnik shartlar va ushbu sohadagi vositalarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
* elektron raqamli imzoni joriy qilish va foydalanish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Elektron raqamli imzo kalitlarini Ro‘yxatga olish markazlarini ro‘yxatga olish organining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
* elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olish;
* elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining vakolatlangan shaxslariga berish;
* elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolatlangan shaxslarining elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritish;
* yuridik va jsmoniy shaxslarning murojaati bo‘yicha elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari vakolatlangan shaxslarining elektron raqamli imzolari haqiqiyligini tasdiqlash;
* elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatining nazoratini amalga oshirish.
Vazifalar va funksiyalarini bajarishda Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining ro‘yxatga olish organi O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi.
Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda ERI kalitlarini ro‘yxatga olish 10 ta Markaz tomonidan amalga oshiriladi. 2012 yilning 20 sentyabr kuniga respublikada mavjud bo‘lgan amaldagi kalitlar va ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari tomonidan berilgan ERI kalitlari sertifikatlarining umumiy miqdori 271717 tani tashkil qiladi.
ERI ro‘yxatga olish markazlarining reyestri
Ro‘yxatga olish markazlari sertifikatlarining reyestri
2-mavzu :
1-savol:
Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan biri- tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni (11.12.2003 yil) 19-moddasida ko‘rsatilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko‘rsatilgan.
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar;
- Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;
- Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;
- Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;
- Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;
- Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;
- Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar;
- Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar;
- Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;
- Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar.
2-savol:
— Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, — deydi Shuhrat Sodiqov. — Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va odilona ta’rif bo‘ladi.
Oxirgi ikki yil ichida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan keng ko‘lamli va kompleks ishlar olib borildi. Shu bilan birga, bugungi kunda vazirlik oldida Murojaatnomada aks etgan muhim vazifalar turibdi.
Eng asosiy vazifa “Raqamli O‘zbekiston–2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhim vazifalardan yana biri davlatimiz rahbarining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashdir. Qarorga asosan tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturida ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda poytaxtimizning qiyofasini to‘liq ijobiy o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
“Raqamli Toshkent” konsepsiyasi “Xavfsiz shahar” yirik loyihasi bilan bevosita bog‘liq. Mazkur loyihani 2019–2023 yillarda respublikamizning barcha hududida bosqichma-bosqich joriy etish zarurligi belgilangan. Birinchi bosqichda Toshkent shahrida loyihaning yagona texnologik platformasini yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu yil 28 aprel kuni Prezidentimizning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish hamda ularning eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, 2020–2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha 268 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Mazkur vazifalarning bajarilishi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
3-savol:
O‘zbekistonda rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda raqamli texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ro‘yxatda agrar soha muhim o‘rin tutadi. Shu bois, tarmoqlarni yangi bosqichga chiqarishga xizmat qiluvchi 24 ta loyihani ro‘yobga chiqarish mo‘ljallanyapti.
Aytish kerakki, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muammolar, tezkor hal etish zarur bo‘lgan masalalar oz emas. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligida yerni hisobga olish va monitoring qilishda juda qo‘l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o‘rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25–30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
Andijon viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yerlari hamda ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor va aniq baholash maqsadida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida viloyatdagi oltita maydon tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtiriladi. Shuningdek, yer egalariga sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holati bo‘yicha tegishli xulosalar beriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Andijon texnoparki huzurida yangi rezident tashkil etiladi. Yetti nafar malakali dasturchining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha malakasi oshiriladi.
Tashkil etilgan korxona tomonidan viloyatdagi barcha ekin maydonlarining tahliliy ma’lumotlari shakllantirilib, yer egalariga taqdim etiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida chet davlatlarning yer maydonlari haqidagi tegishli xulosalarini shakllantirgan holda ushbu xizmat eksportini amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.
4-savol:
Hukumat organlari va aholi o‘rtasida samarali qayta muloqot tizimi o‘rnatilishi eng yorqin misollaridan biri sifatida ishga tushgan “Mening fikrim” Jamoaviy murojaatlar portalini ko‘rsatish mumkin. Hozirgi kunda mazkur veb-portalga 3,6 mingdan ortiq murojaatnoma kelib tushdi, 25,2 mingdan ortiq taklif va izohlar chop etildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 26 ta yangi xizmatlar ishga tushirilib, umumiy xizmatlar soni 200 tadan oshadi.
Yil boshidan beri 1,4 mln. ta elektron xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.
Shu bilan birga, yil yakuniga qadar Yagona portalda joriy qilinadigan 50 ta ommabop davlat xizmatlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ularga to‘htalib o‘tadigan bo‘lsak, shifokor qabuliga onlayn yozilish, yangi tug‘ilgan go‘dakni poliklinikaga elektron ro‘yxatga qo‘yish, ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish, kadastr pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish, nafaqa olish uchun murojaat yuborish, ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish, ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi va boshqa xizmatlar joriy qilinadi.
Elektron hukumatning idoralararo platformasida davlat organlarining 90 ga yaqin axborot tizimlari va resurslarining o‘zaro elektron hamkorligini ta’minlash yo‘lga qo‘yilib, 160 mln.dan ortiq so‘rovlarga onlayn shaklda ma’lumotlar berilgan.
Davlatimiz rahbari huzurida shu yil 8 iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlarini tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan kunga ortmoqda. Lekin hozir 780 turdagi davlat xizmatidan bor-yo‘g‘i 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanmoqda. Bu borada elektron hukumatni yanada rivojlantirish, fuqarolar uchun zamonaviy qulay davlat xizmatlarni ko‘rsatish alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonni jadallashtirish maqsadida eng muhim yo‘nalish va dolzarb masalalarni qamrab olgan 104 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Masalan, sog‘liqni saqlash tizimida “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimining joriy etilishi yurtimiz fuqarolari to‘g‘risida yagona tibbiy ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, aholining salomatligi monitoringini o‘tkazishda yordam beradi.
“Elektron retsept” axborot tizimi esa bemorlarning medikamentoz vositalar bilan samarali va xavfsiz davolanishini tashkil etish, shifokorlarning elektron reyestrini shakllantirishga yo‘naltirilgan loyihadir. Bu esa, o‘z navbatida, tibbiy vositalarni nazorat qilish va monitoring olib borish tizimini takomillashtirishga ko‘mak beradi.
Tibbiyot muassasalarida zamonaviy kompyuterlashtirilgan tizimni yaratish orqali tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.
— O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlashda qanday choralar ko‘rilmoqda?
— O‘zbekistonning eng katta boyligi — aholisining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi yoshlardir. Shuning uchun ham yoshlarimizning jamiyatdagi nufuzini oshirish davlat siyosati jarajasiga ko‘tarilib, ularning yangi-yangi mutaxassisliklar va kasblarni egallashiga katta e’tibor qaratilmoqda.
3-mavzu :
1-savol:
Trojan dasturi ochiq manbalarga (fayl serverlari, kompyuterni qayd etish uchun ochiq drayvlar), ommaviy axborot vositalarida yoki elektron pochta orqali yuboriladi yoki ma'lum bir maqsadda yoki muayyan doirada ishga tushiradi. kompyuter.
Troyanlar muayyan kompyuterlar, tarmoqlar yoki resurslarga ko'p darajali hujumlardan foydalanadilar.
Viruslar, troyanlar, qurtlar: Kompyuter foydalanuvchilariga zarar keltiradigan ko'plab dasturlar va fayllar mavjud. Troyan ayniqsa kompyuterda ekanligi sababli aralashib ketgan va foydalanuvchining buni sezmasligi kerak. Uni turli yo'llar bilan ushlaydilar, keyin u tizimda uyquga ketadi va vazifasini jim va xotirjam qiladi.
Troyanlar, masalan, parollarga yoki onlayn-banking uchun kirish ma'lumotlariga josuslik qilishlari mumkin. Yoki barcha foydalanuvchi klaviaturasidagi yozuvlarni qayd qiladi. Keyin ular yashirincha Internet orqali troyanlarga bergan jinoyatchilarga ularni yuborishadi. Zararkunanda nomi yunon mifologiyasidan kelib chiqadi va hikoya Troyan nima qilganini hikoya qiladi: yunonlar qurollangan Troyaning oldida katta yog'och otni urushda qoldirib ketishdi. Ilgari ular shaharni olishga harakat qilishdi, lekin hech qanday foyda yo'q edi.
2-savol:
Kompyuter viruslarining hozirgi kunda juda ko'p turlari mavjud. Boshida shunchaki himoya dasturi sifatida yaratilgan bu zararkunanda dasturlar boshqa dasturlarga nisbatan ancha faol, ixcham va juda tez ishga tushadi. Bundan tashqari ularning imkoniyati hozirda ulkan korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dasturlarnikidanda kengdir. Shu sabab viruslardan foydalanish hozirda juda keng tus olgan.
Hamma viruslar birdek juda xavflimi?
Aslini olganda 40 foiz virus sizning ish faoliyatingizda deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Bundan tashqari siz viruslar borligini bilmaysiz ham. Lekin sizni 60 foiz viruslar kutmoqda.
Bunday xavfsiz viruslar qatoriga qaysilarni kiritish mumkin? Quyida shu toifaga kiruvchi O'zbekistonda keng tarqalgan viruslarni ko'rib chiqamiz:
Papkalarni yangi oynalarda ochuvchi viruslar: bunday viruslar qaysi papkani bosmang uni yangi oynada ochadi. Bunday funksiya windowsning o'zida ham mavjud. Lekin bizni virusimiz bu funksiyani faollashtirmasdan turib ham papkalarni alohida-alohida oynalarda ochib tashlaydi.
Fayllarni ko'rinmas qiluvchi viruslar: hozirda juda keng tarqalgan viruslar. Bu viruslar fleshka (asosan) yoki papkadagi barcha fayllar ko'rinmas qilib ularning ko'rinadigan yorliqlarini yaratadi. Bilmagan foydalanuvchilar odatda o'sha yorliqlarni asl fayl deb o'ylashadi. Tabiiyki, yorliqlarini ko'chirib ishlatishmoqchi bo'linsa, ular ochilmaydi, "fayl topilmadi" degan xatolik beradi.
To'g'ri, bu virus ma'lumotlaringizni ko'rinmas qilib ta'bingizni xira qiladi, lekin u ma'lumotlaringizni o'chirib yubormaydi, shu sabab ham xavfli emas.
Trojan (Troyan oti) viruslari. Ha-ha o'sha mashhur viruslar. Bu viruslarning asl maqsadi begona shaxsga sizning kompyuteringizni masofadan turib boshqarish imkonini berishdir. Lekin masala shundaki, bu virus internet yoki lokal tarmoqsiz hech qanday ta'sirga ega emas! Ya'ni, agarda siz chekka bir internet bormagan qishloqlardan birida istiqomat qilsangiz va kompyuteringizga internet ham 3/4G modemlar ulamasangiz yoki shaharda turib ham mutlaqo internetdan foydalanmasangiz unda bu virusdan qo'rqmasangiz ham bo'ladi.
boshqa havaskorlar viruslari. Bunday viruslarni nomma-nom aytib bo'lmaydi, unday viruslarni havaskor dasturchilar ermak maqsadida yaratishadi va bu viruslarni Windows OTning himoya dasturlari osongina bloklaydi.
3-savol:
Tarmoqlar — bu tezda murojaat qilsa bo’ladigan ma’lumotning cheksiz olamidir.
Firmani samarali boshqarish tijorat va moliya bozorlarining holatini uzluksiz kuzatmasdan va o’zining filiali va xodimlari faoliyatini tezkor o’zaro muvofiqlashtirmasdan iloji yo’qdir.
Aytilgan jarayonlarni amalga oshirish, ko’pincha bir-biridan hudud jihatdan uzoqlashgan ko’p sonli turli xil mutaxassislarning boshqarishda birgalikda qatnashishini talab еtadi. Bunday vaziyatda bu mutaxassislarning samarali o’zaro harakatlanish tizimini tashkil еtishning markazita taqsimlangan axborot-hisoblash tizimlari quyilishi kerak.
Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash — hududiy jihatdan taqsimlangan tizim ko’rinishiga еga bo’lib, bir-biriga bog’liq bo’lmagan, lekin o’zaro bog’langan kompyuterlarda bajariladigan ma’lumotlarni qayta ishlashdir.
Axborotni taqsimlangan qayta ishlash tizimining birinchi vakillari ma’lumotni teleqayta ishlash tizimlari va ko’p mashinali hisoblash tizimlari bo’lgan еdi.
Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari — bu axborot-hisoblash tizimi bo’lib, ularda, aloqa kanallari bo’yicha qayta ishlash markazita kelib tushuvchi qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi.
Ko’p mashinali hisoblash tizimlari — bu bir nechta bir xil yoki mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarni o’z ichiga olgan tizim bo’lib, unda kompyuterlar bir-biri bilan ma’lumotlarni almashish qurilmasi, xususan, aloqa kanallari bo’yicha bog’langan. Aloqa kanallari bo’yicha bog’langanda gap ma’lumot-hisoblash tarmoqlari ustida yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |