Guruh talabasi Abdurahmonova Muslimaxonning "Dorivor o‘simliklar yetishtirishni xuquqiy asoslari" fanidan tayyorlagan slaydi



Download 19,67 Mb.
bet3/3
Sana02.05.2022
Hajmi19,67 Mb.
#601756
1   2   3
Bog'liq
Muslimaxon

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari O‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi: Oldingi tahrirga qarang. davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalarini berish, bundan o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar, davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qo‘riqxonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari mustasno;

12-modda. O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan nazorat Oldingi tahrirga qarang. O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari. (12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

13-modda. O‘rmon qo‘riqchiligi O‘rmon qo‘riqchiligi o‘rmon xo‘jaligi korxonalarida o‘rmonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida tuziladi. O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari ayni bir vaqtda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining inspektorlaridir. O‘rmon qo‘riqchiligi mansabdor shaxslarining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat: yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rmondan foydalanishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish; o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib borish;

qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini hamda uni qo‘lga kiritish vositalarini olib qo‘yish; huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish; o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga da’vo taqdim etish; yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rmon to‘g‘risidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida ko‘rsatma berish. O‘rmon qo‘riqchiligining faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Download 19,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish