shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va tup-tup daraxtlar, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar; tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtlar hamda to‘p-to‘p daraxtlar. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzorlar va butazorlarni barpo etish, parvarish qilish, qo‘riqlash hamda ulardan foydalanish o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 7-modda. O‘rmon fondi yerlari O‘rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari hisoblanadi. O‘rmon fondi yerlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 32-moddasi. O‘rmon fondi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga berilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-bobi. 8-modda. Davlat o‘rmon fondi uchastkalari Davlat o‘rmon fondi uchastkalari davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ularning muayyan chegarasi, maydoni, joylashgan manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik materiallarda ko‘rsatilgan bo‘ladi. 9-modda. O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi davlat boshqaruvi (9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) (9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) 10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari O‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi: o‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish; davlat o‘rmon fondini tasarruf etish; o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilash; o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilash; o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish; o‘rmonlarning davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibini belgilash; o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |