Obyekt– bu class bilan farqli tushuncha xisoblanadi. Obyekt biz yozgan klassimizdagi har xil qoidalarga bo’ysunadigan ma’lumot bo’lib, u tezkor xotirada saqlanadi, class esa qattiq diskda saqlanadi. Har bir yasalgan obyekt tezkor xotiraning ma’lum bir yacheykalariga joylashadi. Misol, ko’p qavatli binoni tezkor xotira deb qarasak, unda istiqomat qiluvchi insonlarni obyektlar deb qarashimiz mumkin. Agar biz insonning hususiyatlari, bajaradigan ishlari haqidagi bilimlarni qog’ozga tushursak bu qoralamani klass deb qaralishi mumkin, garchi u texnik usulda yozilmagan bo’lsa ham. Biz ana o’sha qoralamani klassimizda kompyuter tushunadigan tilga keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |