Metodlar(Funksiyalar) – obyektimiz nimalar qila olishini izohlaydi, masalan, inson haqida yozgan qoralamamizda insonni yura olishi va boshqa harakatlarini keltirganmiz. Aynan o’sha qila oladigan ishlarini metodlar orqali ifodalaymiz, masalan, quyida yur() metodi keltirilgan. public class Inson{ public void yur(){ } } O’zgaruchilar – obyektlarimizni o’zgaruvchi sifatida ham qarashimiz va bunda uning qiymatlari o’zgarishi mumkin. Masalan, Inson klassimizda insonning yurish tezligi o’zgaradi bunda uning tezligi qandaydir sonlarda o’zgaradi masalan yur() metodidan yugur() metodiga o’tganda yoki to’xta() metodiga o’tganda uning tezligi o’zgaradi. Shu va shunga o’xshash obyektlar o’zgaruvchilar deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |