Natijalarni baholash va xulosalar
Sinaluvchilarning har bir javobi-taklif etilgan u yoki bu variantlarning tanlanishi quyida keltirilgan kalit-jadvaldagi ballar bo‘yicha baholanadi. CHap tomonda vertikal bo‘yicha pedagogik vaziyatlarning tartib raqamlari berilgan, o‘ng tomon yuqorigi qatorda esa shu vaziyatlarga alternativ variantlarning tartib raqami keltirilgan, pastdagi qatorlarda esa turli pedagogik vaziyatlar bo‘yicha javoblar variantini baholash uchun ballar berilgan.
Kalit
Pedagogik vaziyatni tartib raqami
|
Tanlangan javob varianti va bali
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1
|
4
|
3
|
4
|
2
|
5
|
5
|
—
|
—
|
2
|
2
|
2
|
3
|
3
|
5
|
5
|
—
|
—.
|
3
|
2
|
3
|
4
|
4
|
5
|
5
|
—
|
—
|
4
|
2
|
3
|
3
|
4
|
5
|
5
|
—
|
—
|
5
|
2
|
2
|
3
|
3
|
2
|
4
|
5
|
5
|
6
|
2
|
3
|
2
|
4
|
5
|
5
|
—
|
—
|
7
|
2
|
2
|
3
|
4
|
5
|
5
|
—
|
—
|
8
|
2
|
2
|
4
|
5
|
4
|
3
|
—
|
—
|
9
|
2
|
4
|
3
|
4
|
5
|
4
|
—
|
—
|
10
|
2
|
3
|
4
|
4
|
5
|
5
|
—
|
—
|
11
|
2
|
2
|
3
|
4
|
5
|
5
|
—
|
—
|
12
|
2
|
3
|
4
|
5
|
4
|
5
|
—
|
. —
|
13
|
3
|
2
|
4
|
4
|
5
|
4
|
—
|
—
|
14
|
2
|
2
|
3
|
4
|
4
|
5
|
-
|
-
|
Izoh.
Sinaluvchining vaziyatga nisbatan bildirilgan o‘z javob varianti alohida baholanadi va ballarning umumiy yig‘indisiga qo‘shiladi.
Pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etish qobiliyati 14-ta pedagogik vaziyatlar bo‘yicha sinaluvchi tomonidan to‘plangan ballar yig‘indisini 14 ga bo‘lish orqali hisoblanadi.
Agar sinaluvchi 4,5 dan yuqori ball to‘plasa, uning pedagogik qobiliyati (ushbu metodika bo‘yicha) yuqori darajada rivojlangan hisoblanadi.
Agar 3,5 balldan 4,4 ball oralig‘ida bo‘lsa o‘rta darajada, 3,4 balldan kam bo‘lsa sinaluvchining pedagogik qobiliyati past rivojlangan hisoblanadi.
Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi 24-maktab pedagogik jamoasi yosh o‘qituvchilarining pedagogik faoliyati 1 yildan 10 yilgacha muddatni tashkil etuvchi 10 nafar yosh o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini aniqlab tahlil qildik. Metodika natijalariga ko‘ra 1-2 yil ishlayotgan o‘qituvchilarning to‘plagan bali 3,4dan kam, 2-5 yil ishlayotganlarniki 3,5 balldan 4,4 ball oralig‘ida, 5-10yil ishlayotganlarniki 4,5balldan yuqori natijalarni ko‘rsatdi.
BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar xulqida, ularning o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o‘tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab bo‘lmaydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan baholanadi.
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samaradorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchiniig xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qiziqarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta buning ob’ektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tarbiyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va tasodifiy hodisalarga boy.
Tadqiqot davomida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahoratini rivojlantirishning samarali vosita va usullarini ochib beriladi. Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda guruh rahbarining pedagogik mahorati mazmunini o’rganish va pedagogik mahoratni aniqlash usullarining ahamiyatini tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asosladik.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati o’rganilgan adabiyotlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida to’plangan ma`lumotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahoratining ahamiyatini o`rganishda yordam beradi.
- tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahorati mazmunining ahamiyati o`rganildi hamda uni amalga oshirish vositalari belgilandi;
- tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahorat mazmunining ahamiyatini aniqlash uchun muassasa, pedagog-o`qituvchilar faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlash imkonini beradi;
Shu bilan birga tadqiqot natijalaridan olingan ma`lumotlarni ta`lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahoratini rivojlantirish mexanizmlaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Kelajak avlodni jamiyat uchun zarur shaxslar qilib tarbiyalashda o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishda quyidagilarni bo‘lishi zarur:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql zakovatning yuksak ko‘rsatkichiga ega bo‘lish.
2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi bo‘lish.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi zarur.
4. O‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samaradorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchininig xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qiziqarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.
O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi quyidagi omillarga e’tibor berishi shart:
- har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish;
- jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish;
- oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish;
- o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini
rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish;
- o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish.
Biz yosh avlodni – kelajagimiz vorislarini tarbiyalar ekanmiz, o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirish masalasi eng muhim masalalardan bo‘lib qolaveradi. Zeroki, yurtboshimiz SH. Mirziyoev aytganlariday: “Biz bugun ko‘pmillatli xalqimizga, barchamizning umidimiz va suyanchimiz bo‘lgan yoshlarimizga ishonib, marrani katta olmoqdamiz.
Aziz farzandlarimiz, nabiralarimiz baxtini, kamolini o‘ylab, el-yurtimizning, xalqimizning yorug‘ kelajagini ko‘zlab, oldimizga ulkan vazifalar qo‘ymoqdamiz.
Niyati ulug‘ xalqning – ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi.
Biz demokratik islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, faqat oldinga – yangi, yuksak marralar sari boramiz”.
Do'stlaringiz bilan baham: |