O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI
QASHQADARYO VILOYAT KASBIY TA IMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
BESHKENT QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKUMI
GURUH RAHBARIGA
USLUBIY-TAVSIYAVIY
DASTUR
Qarshi tumani -2021yil
Ushbu uslubiy-tavsiyaviy dastur guruh rahbarlari faoliyatini tashkil etishda foydalanish uchun tayyorlangan
Tuzuvchi: Beshkent qishloq xo’jaligi texnikumi o’quv va tarbiyaviy
ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Yusupova.
Yoshlar etakchisi G’Otamurodov
Ushbu uslubiy-tavsiyaviy dastur Beshkent qishloq xo’jaligi texnikumi ilmiy -pedogogik kengash yig’ilishiining 2021yil “30”avgustdagi №1 sonli qarori bilan tasdiqlangan va chop etishga tavsiya etilgan.
Ushbu uslubiy-tavsiyaviy dastur barcha bosqichlarda ta’lim-tarbiya olayotgan o’quvhchilarga mo’ljallangan
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT MADXIYASI
Abdulla Oripov so’zi
Mutal Burxonov musiqasi
Ser quyosh, hur o’lkam, elga baxt, najot
Sen o’zingdo’stlarga yo’ldosh. mehribon!
Yashnagay toabad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki borjahon!
Naqorat
Oltin bu vodiylar-jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamn imahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekni g o’chmas iymoni,
Erkin,yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali,tinchlik posboni,
Haq sevar ona yurt,mangu bo’l obod!
Naqorat
Oltin bu vodiylar-jon O’zbekiston,
Ajdodla rmardona ruhi sengayor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Kirish
Mustaqilligimizni 30 yilligi arafasida respublikamizda va viloyatimizda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz rahnomoligida yangi professiyonal ta’lim tashkil etilib, eng zamonaviy o’quv laboratoriya jihozlari va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlangan. Texnikumlarda o’quvchilar zamonoviy bilim egallashiga barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Mustaqilligimiz tufayli hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qatori ta’lim sohasi hukumatimiz tomonidan barcha yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni qaror toptirish ,ularni boy madaniy merosimiz,tarixiy an’analarimizga, umum insoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat ,milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ,zamon talablariga mos mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilmoqda.
“Yangi O’zbekiston - yangicha dunyo qarash” talablaridan kelib chiqib, ta’limning asosiy vazifasi yuksak malakali kadrlarni tayyorlash.
Mamlakatimiz tinchligi ,tanlangan taraqqiyot yo’lini ko’ra olmaydigan siyosiy kuchlar, g’oyaviy tahdidlarning mavjudligidan, dunyo mafkuralar poligoniga aylanganidan kelib chiqib yoshlarni g’oyaviy, mafkuraviy tarbiyalash mustaqillik g’oyalari asosida shakllantirish ham davrning talabidir.
Bu ta’lim - tarbiya sohasida guruh rahbarlarining o’quvchilar bilan ishlashda yangicha usullardan foydalanishni talab etadi. O’quvchilar bilan ayniqsa tarbiyaviy sohadagi faoliyatimizda yakka ,individual ishlash,har bir o’quvchini an’anaviy yoki masofaviy dars mashg’ulotlariga qatnashishi, nimalarga qiziqishi ,oilaviy muhiti,ruhiy holati,intilishlari va kamchiliklari haqida aniq bilish, kuzatish, suhbat olib borishni tashkil etish lozim bo’lmoqda.
Demak, yoshlarga shunchaki o’quvchi emas, balki shogird, do’st,o’g’il-qiz, aka-singil darajasida yondashish kerak bo’ladi.
“Tasdiqlayman”
Do'stlaringiz bilan baham: |