Fan nomi : Oliy matematika
Guruh:PPS-123
Bajardi: Jumayev Jumageldi Shuhratovich
Atama nomi
|
Ta’rif
|
Aksioma
|
Aksioma (qadimgi yunoncha: ἀξίωμα - axioma) – oʻz-oʻzidan ravshanligi, ayonligi sababli is-botsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlangʻich xossalari. Aksiomalar tizimi bilan kiritiladi va boshqa hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foyda-lanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy Aksioma hisoblanadi. Aksiomaga misol sifatida Yevklid geometriyasiiat parallellik Aksiomasini keltirish mumkin: "Tekislikda a toʻgʻri chiziqqa tegish-li boʻlmagan O nuqta orqali shu toʻgʻri chiziqqa bittadan ortiq parallel toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin emas". Arximed aksiomasi, Sermelo aksiomasi va boshqa Aksioma atamasi Yunonistonda paydo bulgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan.Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va boshqa allomalar ham Aksiomani atroflicha tekshirishgan.
|
Integral
|
Integral (lot. integer — soʻzma-soʻz butun) [1] — matematik tahlilning eng muhim tushunchalaridan biri boʻlib, masalalar yechishda yuzaga keladi:
1.egri chiziq ostidagi maydonni topish haqida;
2.notekis harakat bilan bosib o'tilgan masofa;
3.bir hil bo'lmagan tananing massalari va boshqalar;
4.shuningdek, funktsiyani uning hosilasidan (noaniq 5.integral) tiklash masalasida
|
Sirt
|
Sirt — asosiy geometrik tushunchalardan biri, maʼlum shartlarni qanoatlantiruvchi nuqtalar toʻplami. Masalan, shar sirti (sfera) — shar markazidan bir xil masofada tarqalgan nuqtalar toʻplami.
|
Giperbola
|
Giperbola (qadimgi yunoncha: ὑπερβολή - hyperbole) — ikki uzluksiz tarmoqdan iborat boʻlgan 2-tartibli egri chiziq. Doiraviy konusni uning ikki yasovchisiga parallel tekislik bilan kesishdan hosil boʻladi. Giperbola tekislikdagi M nuqtalarning geometrik oʻrni boʻlib, bu nuqtalar bilan berilgan ikki nuqta (fokus)gacha boʻlgan masofalar farqi (mutlaq qiymati boʻyicha) oʻzgarmasdir. Giperbola ikkitadan tarmoq, asimptota va direktrisaga eta boʻladi. Baʼzi fizik jarayonlar Giperbola asimptotalariga nisbatan tuzilgan u = j tenglama bilan ifodalangan qonunga muvofiq sodir boʻladi.
|
Matritsa
|
Matritsa — ixtiyoriy elementlardan tuzilgan toʻgʻri burchakli jadval. Matritsa elementlari yoʻl (satr)lar va ustunlar boʻylab joylashadi. Satr va ustunlar, koʻpincha, umumiy atama bilan "Matritsaning qatorlari" deyiladi. Matritsa elementlari, odatda, ats juft indekslar bilan belgilanadi. Birinchi /’ indeks Matritsaning a;j element turgan satri raqamini, ikkinchi u indeks esa Matritsaning a.tj element turgan ustuni raqamini bildiradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |