Guruh Olimov Laziz Tolipovich Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o’tish


Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat



Download 55,53 Kb.
bet3/6
Sana30.01.2023
Hajmi55,53 Kb.
#905553
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Guruh Olimov Laziz Tolipovich Totalitar tuzumdan huquqiy davlatg

3.Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat

Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.


Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi.
Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro” qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi.
Shuningdek, mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” izchil amalga oshirilayotgandemokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi.
“Partiya” so’zi lotincha “part” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “ish”, “qism” degan ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya — aholining, sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta’rifni asos sifatida qabul qilish mumkin: siyosiy partiya– fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog’langan, davlat hokimiyatini qo’lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi shaklida tashkil etiluvchi va faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos instituti bo’lib, u muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshiradi.
Zamonaviy siyosatshunoslikda siyosiy partiyaning o’ziga xosligini ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko’rsatiladi:
- har qanday partiya aholi guruhlari va aniq ijtimoiy qatlamning manfaat va intilishlarini ifoda etuvchi mafkura egasi va uning targ’ibotchisi hisoblanadi;
- siyosiy partiya – kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir;
- siyosiy partiyaning maqsadi – o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati vakillik organlarida ko’pchilik o’rinni egallash hisoblanadi;
- har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat qiladi, ya’ni saylovlar davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z tomoniga og’dirish bo’yicha ish olib borsa, saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni jalb qilish hamda ularning tarkibidan partiya a’zolari va faollarini tanlash hamda tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi
2. Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida siyosiy partiyalarning maqomini, ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi roli va o’rnini belgilab beruvchi quyidagi eng muhim me’yorlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqi
- fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi
- demokratik prinsiplar asosida siyosiy partiyalarni tashkil etish va faoliyat yuritish kafolati
- siyosiy partiyalarning turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi
- partiya faoliyatidagi cheklovlar: konstitusiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi
- siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etishi va saylovchilarning xohish-irodasini shakllantirishda ko’maklashadi.
Ko’pgina boshqa demokratik mamlakatlar singari O’zbekistonda ham siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni ilgari suruvchi, saylov yakunlari bo’yicha parlamentda va mahalliy hokimiyat vakillik organlarida o’z vakillariga ega bo’luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatlar yaratuvchi asosiy institut hisoblanadi.
Shunday ekan, fuqarolik jamiyati instituti hisoblanuvchi siyosiy partiya, birinchi navbatda, vakillik demokratiyasining muhim bo’g’ini bo’lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- saylovlarda fuqarolarning ongli va faol ishtirokini ta’minlash;
- turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasida vositachilik qilish;
- o’z elektoratining tegishli manfaatlarini himoya qiluvchi konsepsiya, loyiha va dasturlarni ishlab chiqish va ilguri surish.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishlari uchun partiyalarga qonunchilikda quyidagi huquqlar belgilangan:
- o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;
- saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
- partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;

- O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish


Partiya o’z nizomi asosidagi faoliyatida ushbu huquqlardan foydalanish jarayonida quyidagi ijtimoiy-siyosiy vazifalarni ham bajaradi:
- fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish, ularda mas’uliyatli fuqarolik axloqini shakllantirishga ko’maklashadi;
- partiya o’zining tadbirlari, ijtimoiy loyihalari orqali (xususan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda), shuningdek, yuqori bilim va saviyaga ega bo’lgan fuqarolarni partiya ishiga jalb qilish orqali fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishiga ko’maklashadi;
- partiya doimiy elektoratini o’ylantirayotgan dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni aniqlash, ularni samarali hal qilishga yo’naltirilgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqish hamda saylab qo’yiladigan hokimiyat organlarida o’zining vakilligi orqali ularni ilgari suradi.
Siyosiy partiyaning mohiyati partiyaning ijtimoiy tarkibi va ijtimoiy negizi; partiya rahbariyatining tarkibi, manfaatlari va maqsadlari; tashkilotning dasturiy qoidalari; uning siyosiy xatti-harakatlarining obyektiv yo’naltirilganligi kabi xususiyatlarga chambarchas bog’liqdir. Siyosiy partiya mohiyatining eng muhim ko’rsatkichi uning oxir-oqibatda kimning va qanday kuchlarning manfaatlari hamda qarashlarini ifoda etishi, himoya qilishi va o’z kundalik faoliyatida amalga oshirishidir.
Siyosiy partiyaning jamiyatdagi funksiyalari hayotdagi masalani o’rganish uning siyosiy taraqqiyotdagi o’rni va rolini tushunib yetish, maqsadlarini yaxshiroq tasavvur etishga yordam beradi. Jamiyat siyosiy tizimida siyosiy partiyalar quyidaga asosiy funksiyalarni bajaradilar:
- siyosiy maqsadni belgilash. Mafkurani va dasturlarni ishlab chiqarar ekan, partiyalar strategiyani belgilashga, fuqarolarni muqobil va boshqa xatti-harakatlarning ham mumkinligiga ishontirishga intiladilar;
- ijtimoiy manfaatlarni ifoda etish va saralash. Manfaatlarni guruhlar ham ifoda etishlari mumkin, lekin faqat partiyalargina ularni
markaziy davlat organlarining qarorlariga ta’sir ko’rsatadigan shaklda bir butun qilib birlashtira oladilar;
- fuqarolarni safarbar qilish va ijtimoiylashtirish. Partiyalar o’z faoliyatining uzoq muddatli ijtimoiy va g’oyaviy-psixologik asosini yaratadilar, ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantiradilar;
- hukmron elitani shakllantirish. Hokimiyatning mahalliyorganlarini, hukumatning avval yashirin, so’ngra esa real tarkibini shakllantiradilar; hokimiyatning vakolatli organlari bilan jamiyat o’rtasidaga aloqalarni ta’minlaydilar; boshqa siyosiy institutlar bilan birga davlat boshqaruvi va ijtimoiy boshqaruv mexanizmini shakllantiradilar, hukumat tuzilmalari va mexanizmlarining barqarorligini ta’minlaydilar;
- siyosiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish. Siyosiy partiyalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari orasida dasturiy qoidalarni, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy strategiyani ishlab chiqishni alohida ajratib ko’rsatish lozim bo’ladi. Hozirgi zamon strategiyasini ishlab chiqishga malakali kadrlar jalb etiladi.
Partiyalarning fuqarolarni ijtimoiylashtirish borasidagi faoliyati ularning pirovard maqsadlari va ularga vakolat bergan ijtimoiy guruhlarning manfaatlari bilan bog’liq. Hukmron partiyalar ular himoya qilayotgan qadriyatlarning ijobiy qabul qilinishini, ular tutayotgan yo’lning keng ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlaydigan ijtimoiylashuvni amalga oshirishga intiladilar.
Har bir partiya uchun tegishli ijtimoiy birlashmalarning manfaatlarini himoya qilish vakolati juda muhimdir. Ushbu funksiyaning mazmunini mazkur manfaatlarni ifodalashning siyosiy vositalarini ta’minlash, ularni maqsadlar va ideallar shaklida bayon qilish hamda siyosatning boshqa subyektlari bilan o’zaro ta’sir jarayonida himoya qilish tashkil etadi. Manfaatlarni ifoda etish vakolati funksiyasi turli qatlamlar va guruhlarning o’ziga xos manfaatlarini muvofiqlashtirish asosida ijtimoiy birliklarning umumiy manfaatlarini jamlash yo’li bilan hamda davlat organlarini egallash va ular ustidan nazorat o’rnatish yoki siyosiy qarorlar qabul qilish va amalda hukmronlik qilish jarayonida ushbu organlarga tazyiq o’tkazishning turli shakllari vositasida amalga oshiriladi.
Partiya saflarining birligi va hamjihatligini ta’minlash, partiya a’zolari va tarafdorlarini o’zaro yaqinlashtiruvchi qadriyatlar va me’yorlarni ishlab chiqish, rahbarlikni amalga oshirish va partiya faoliyatini boshqarishga qaratilgan partiya ichki faoliyati juda muhimdir.
Siyosiy partiyalar faoliyatining muhim yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Ø tegishli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini aniqlash, bayon qilish va asoslash, ularni faollashtirish va integrasiyalash;
Ø siyosiy doktrinalar va dasturlar yaratish;
Ø davlatda hokimiyat uchun kurashga va davlatning faoliyat dasturlarini yaratishda, davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ø umuman, jamiyatni yoxud uning bir qismini siyosiy jihatdan tarbiyalash, ijtimoiy fikrni shakllantirish;
Ø davlat apparati, kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni yuqori mansablarga ko’tarish;
Ø partiya ichidaga tashkiliy faoliyat.

Download 55,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish