LABORATORIYA ISHI – 1
Arduino bilan tanishish
Nazariy qism:
Arduino – professional boʻlmagan robototexnika ishqibozlari (foydalanuvchilar) uchun dasturiy va texnik taminotlar yigʻindisi. Arduino mutloq ochiq arhitektura. Undagi barcha loyihalar qismlari (Asosan dasturiy taminot) ochiq tarqatiladi. U oʻzining platasi va IDE-dasturlash muhitiga ega.
Arduino platasi – bu mahsus oʻzida microcontroller va boshqa elektronik qurilmalarni mujassamlashtirgan elektron qurilma. Uning ishlatilish maqsadiga qarab hozirgi kunda bir-necha turlari mavjud. Ular quyidagilar:
Arduino UNO
Arduino NANO
Arduino MINI
Va boshqa turlari.
Loyihaning tarixi 2000 yil boshlarida Italiyaning Ivrea shahrida mavjud bo'lgan Interaction Design Institute Ivrea (Eng.) Rus savdo markasi ostida inson-mashina interfeysi bo'yicha kurslardan boshlanadi. O'qitish uchun BASIC Stamp markasi (ingliz tilida) rus tilida modullardan foydalanildi, ularning narxi taxminan 50 dollarni tashkil etdi. 2003 yilda Hernando Barragan o'z ishining bir qismi sifatida ingliz tilida yangi Wiring dasturiy va apparat platformasining boshlang'ich versiyasini yaratdi va loyihaning maqsadi boshlang'ich dasturlash uchun arzon va sodda muhit yaratish edi. Xuddi shu yili Massimo Banzi, Devid Mellis va Devid Kvartilyer vilkalar simini Arduino deb atashdi.
Arduino Uno - bu kontroller ATmega328 mikrokontrolleri asosida yaratilgan bo'lib, platforma 14 ta raqamli kirish/chiqish,(ulardan 6 tasi KIM(Широтно-Импульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin), 6 analog kirish, 16MGsli kvarsli generator, USB porti, kuchlanish porti, ICSP porti va qayta yuklash tugmasidan iborat.
"Uno" so'zi italyanchada bir degan ma'noni anglatadi. Bu bejis emas, Arduino Uno yaratuvchilari bu yangi kontroller Arduino kontrollerlar oilasida yangi burilish va yangi flagman yaratishga harakat qilishgan va buni uddalaganlar. Sababi, Arduino Uno Arduino kontrollerlar oilasidagi boshqa "aka"lariga nisbatan ancha ixcham, qulay, tez, oddiy va albatta arzonroq hisoblanadi.
Arduino Uno turining texnik ko'rsatkichlari:
Mikrokontroller: ATmega328;
Ishlash kuchlanishi: 5 V;
Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani): 7-12 V;
Kirish kuchlanishi(eng yuqori): 6-20 V;
Raqamli kirish/chiqish: 14 ta (ulardan 6 tasi KIM (Широтно-Импульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin);
Analog kirish: 6 ta;
Kirish/chiqish orqali o'zgarmas tok: 40 mA;
3.3 V kiritish uchun o'zgarmas tok: 50 mA;
Flesh xotira: 32 KB (ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi sifatida foydalaniladi;
Tezkor xotira: 2 KB (ATmega328);
EEPROM: 1 KB (ATmega328);
Chastota: 16 MGs.
Bundan tashqari, Arduino Uno qurilmasi unga ulangan USB yoki tashqi manbadan kuchlanish olishi mumkin. Bunda, agar manba bir nechta bo'lsa, ulardan biri avtomatik tanlanadi.
Arduino Uno kontrolleri asosi ATmega328 mikrokontrolleridan tashkil topgan. Bu mikrokontroller 32 kB flesh xotiraga, undan 0.5 kB qismi yuklovchi uchun ajratilgan, bundan tashqari 2 kB tezkor xotiraga va 1 kB EEPROMga ega.
14 ta raqamli chiqishning har biri yoki kirish yoki chiqish uchun sozlash mumkin. Bunda pinMode(), digitalWrite() va digitalRead() funksiyalaridan foydalaniladi. Bunda har bitta chiqish joyi 20-50 kOm qarshilikka va 40 mAgacha tok kuchi o'tkazishi mumkin.
Arduino Uno kontrolleriga Arduino dasturi yordamida dastur yaratilinadi. Buning uchun Arduino dasturida menyuda Tools>Board va u yerdan "Arduino Uno" tanlanadi.
Yuqorida aytilganidek, bu kontroller juda ixcham o'lchamlarga ega bo'lib, uning tomonlari 6.9 va 5.3 smga teng. Bu esa o'z navbatida uni yanada qiziqarli qiladi.
Shunday qilib, Arduino Uno kontrolleri dasturlashni endi o'rganayotgan yosh dasturchilar uchun, ko'p yillik dasturlash bo'yicha tajribaga ega dasturchilarga juda kerakli bo'lishi mumkin. Chunki uning yordamida zamonaviy kompyuterlarning ishlash prinsiplarini o'rganish va kompyuterlarda tezkor xotira, doimiy xotira va protsessorlar nima vazifalarni bajarishini tushunish uchun yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |