3.3. G.711 kodeki
MKKTT tomonidan 1984 yilda tasdiqlangan G.711 Tavsiya analog signalni 8 bit aniqlikdagi IKM o‘zartirishni ishlatadigan, 8 kGs takt chatotasili va signal amplitudasini oddiy kompressiyalashli kodekni tavsiflaydi. O‘zgartirgich chiqishidagi ma’lumotlar oqimi tezligi 64 kbit/sni (8 bit x 8 kGs) tashkil etadi. Kvantlash shovqini kamaytirish va uncha katta bo‘lmagan amplitudali signallarni o‘zgartirishni yaxshilash uchun kodlashda maxsus psevdo-logarifmik qonunga muvofiq sath bo‘yicha nochiziqli kvantlash ishlatiladi: IKM-30/32 Yevropa tizimi uchun A-qonun yoki IKM-24 Shimoliy Amerika tizimi uchun -qonun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |