Guruh Bajardi Ball


Mavzu: Reestrlar bilan ishlash va dasturiy ta’minotni sozlash



Download 1,17 Mb.
bet11/15
Sana11.04.2022
Hajmi1,17 Mb.
#543527
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
biosbn ishlash

Labaratoriya ishi 3

Mavzu: Reestrlar bilan ishlash va dasturiy ta’minotni sozlash.



Ishning maqsadi:

  1. talabalarga shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va Reestrlar bilan ishlash haqida ma’lumotlar berish.

  2. talabalarda Reestrlar bilan ishlash bo’yicha ko‘nikmasini hosil qilish.



Керакли jihozlar: asbob-uskuna, kompyuter, mavjud qo’shimcha qurilmalar va elektr ta’minot.
Nazariy qism:

Reestr bilan ishlash uchun, Windows dasturlar to‘plamiga kiruvchi, regedit dasturidan foydalaniladi. Dasturni yuklash uchun buyruqlar qatoriga regedit ni bajarng buyrug‘ini kiriting ( Пуск\Выполнить\ regedit)





Dasturni darchasi ochilgach, unda chap tarafida, Provodnikdagi disk tuzilma (struktura)sini aks etadigan daraxt kabi, reestrning daraxti paydo bo‘ladi, o‘ng tomonda esa, belgilangan (aktiv) bo‘limda joylashgan kalitlar ro‘yhati chiqadi. Redaktor yordamida qiymatlarni to‘g‘irlashingiz, reestrni import va eksport kilishingiz, hamda qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin.






    1. rasm.

Reestr tuzilmasini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Reestr oltita bo‘limdan iborat. Har bir bo‘lim, darchaning chap qismida joylashgan va papka belgisi ko‘rinishiga ega bo‘lgan, nimbo‘limlarni o‘z ichiga oladi.


Reestr daraxtning chekli elementi – bu, uch tipga bo‘linadigan kalitlardir:


  • satrli (masalan, "C:\Windows");

  • ikkilamchi (masalan, 10 82 A0 8F). Bunday kalitning maksimal uzunligi 16 Kbayt;

  • DWORD. Bu tipdagi kalit 4 baytdan iborat bo‘lib, o‘noltilik va o‘nlik ko‘rinishda aks etiladi (masalan, 0x00000020 (32)-qo‘vusni ichida kalitning o‘nlik qiymati ko‘rsatilgan).

Endi joriy bo‘limlarni ko‘rib chiqamiz, aniqrog‘i, ular qanday malumotga ega.

Tartib bo‘yicha boshlaymiz:


HKEY_CLASSES_ROOT. Bu bo‘limda Windowsda qayt etilgan fayllar tiplari, shuningdek, OLE va drag-and-drop operatsiyasi to‘g‘risida malumotlar mavjud.
HKEY_CURRENT_USER. Bu yerda, Windowsga kirgan foydalanuvchi qobig‘ini sozlatuvchilar joylashgan. (masalan, “Пуск” miniusini, Ish stolini). Bular HKEY_USER\name nimbo‘limida joylashgan faylarning nusxasini oladi. Bu erda, name - Windowsda ishlayotgan, foydalanuvchining nomidir. Agarda kompyuterda bitta foydalanuvchi ishlasa va Windowsga doimiy kirish ishlatilsa, unda bo‘lim qiymatlari HKEY_USERS\.DEFAULT nimbo‘limdan olinadi.
HKEY_LOCAL_MACHINE. Bu bo‘lim kompyuterga tegishli, drayverlar, dasturiy ta’minotni o‘rnatish va HKEY_USERS sozlash malumotlarni o‘z ichiga oladi. Hamma foydalanuvchilar uchun Windows qobig‘ini ham o‘z ichiga oladi. Avval aytilgandek, aynan shu bo‘limdan HKEY_CURRENT_USER bo‘limga malumotlar nusxalanadi. Barcha HKCU (HKEY_CURRENT_USER)dagi o‘zgarishlar avtomatik ravishda HKU ga o‘tadi.
HKEY_CURRENT_CONFIG. Bu bo‘limda Plug&Play qurilmasining va apparat vositalari o‘zgaruvchan bo‘lgan kompyuterning tarkibiy tuzilmasi haqida ma’lumot joylashadi.
HKEY_DYN_DATA. Bu yerda esa foydalanuvchining kompyuterda o‘rnatilgan qurilmalar haqida dinamik ma’lumotlar saqlanadi. Aynan, bu bo‘limga tegishli ma’lumotlar Boshqaruv panelidan chaqirilgan, "Свойства: Система" (“xususiyatlar: tizim”) darchadagi "Устройства" (“qurilmalar”) ilovasida aks etiladi. Bu bo‘limdagi ma’lumotlar amaliy tizim yordamida o‘zgartiriladi. Shunday ekan, qo‘l yordamida, ba’zi birlarni o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.
HKEY_CURRENT_USER va HKEY_LOCAL_MACHINE bo‘limlari eng qiziqarlidir. Aynan, ularda amaliy tizimni lozim bo‘lgan ko‘rinishga olib keladigan sozlatuvchilar saqlanadi.

Reg-fayllarga tuzilmasiga nisbatan o‘ziga xos talablar qo‘yiladi. Faylning birinchi satrida, albatta, quyidagilari kiritilishi lozim:


REGEDIT4 (Windows 9x uchun) yoki Windows Registry Editor Version 5.00 (Windows 2000/XP uchun). Harflar katta shriftda yozilishi mumkin. Birinchi qatorda bundan tashqari hech narsa bo‘lmasligi kerak. Bu matindan so‘ng, keyingi qatorda ALBATTA bo‘sh qator bo‘lishi kerak. So‘ngra, ba’zi bir parametrlarni o‘zgartirish yoki kiritish lozim bo‘lgan reestr bo‘limini ko‘rsatish zarur. Bo‘limning nomi kvadrat qo‘vuslarga […] olinishi shart. Har bir qatorda qo‘shiladigan
parametrlar bittadan yoziladi. Agarda, bir necha bo‘limlarga o‘zgartirishlar kiritmoqchi bo‘lsangiz, unda oldingi bo‘limning oxiri parametri va keyingi bo‘limning nomi orasida bo‘sh qator qoldirish lozim. Bu quyidagichadir:

REGEDIT4
[Razdel1] "param1"="znachenie1" "param2"="znachenei2" "param3"="znachenie3"

[Razdel2] "param_1"="znachenie_1"

Fayldagi oxirgi qator BO‘SH bo‘lishi zarur. Faylni yaratgandan so‘ng, uni oddiy dastur kabi ishga tushiring. Sizga reestrda o‘zgartirishlar zarurligi haqida so‘roq chiqadi. Va maqul javobdan so‘ng fayl reestrga o‘tadi. Natijalar to‘g‘risidagi xabarni, Windows keyingi darchada ma’lum qiladi.


Eslatma: Windows 2000/XP teskari moslashuvchandir va Windows 9x da yaratilgan fayllarni qayta ishlashi mumkin. Agarda, Windows XPga faylni eksport kilgan bo‘lsangiz va uni Windows 9x ga o‘tgazsangiz, unda birinchi qatorni, qo‘l yordamida, REGEDIT4 ga o‘zgartiring.
Endi esa, qo‘shish mumkin bo‘lgan parametrlar haqida gapirib o‘tamiz. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, oldingi misollarda "param1"="znachenie1" tipdagi satrlar yordamida parametrlar qo‘shilgan. Shinday qilib, "param1" nomga va "znachenie1" qiymatga ega bo‘lgan SATRLI parametr qoshiladi. Ammo, lekin ikkilik va DWORD parametrlar ham mavjud. Ularni qoshish uchun, boshqa ko‘rinishdagi yozuv formati ishlatiladi. DWORD tipdagi parametrlar uchun quyidagi satr ishlatiladi

"param"=dword:XXXXXXXX


Bu yerda, "param"- parametrning ismi, dword – parametr tipini ko‘rsatgichi (harflar albatta kichik bo‘lishi kerak) dir. Ikki nuqtadan so‘ng o‘noltilik (!) formatdagi sakkiz raqamdan iborat b‘lgan qiymat keladi. Lekin, DWORD parametrlarning ko‘pi 0 yoki 1 qiymatga ega. Demak, XXXXXXXX belgilar o‘rniga mos ravishda 00000000 yoki 00000001 yoziladi. Satrda probellar qatnashmaydi.


Ikkilik parametrni qo‘shish uchun yozish formati boshqachadir: "param"=hex:XX,XX,XX,....
Endi bu satrni tushuntirib o‘tamiz. "param", oldindagidek parametr nomi, "="
belgidan so‘ng hex – ikkilik parametrini korsatgichi, so‘ngra o‘noltilik, vergul bilan ajratilgan, raqamlar keladi. Masalan, agarda "be 00 00 00" teng bo‘lgan ikkilik raqamni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi satrni yozing:
"param"=hex:be,00,00,00
Reestrda "По умолчанию" ("Default", "Ko‘zda tutilgan holda") parametrlar mavjud. Reg-fayl orqali ularga qaysidir qiymatni biriktirish uchun quyidagi satrni qoshing:

@="znachenie"

Bu erda, @ belgisi parametrning qiymati "По умолчанию" ("Default", "Ko‘zda tutilgan holda") biriktirilganligini ko‘rsatadi. Shu belgi qoshtirnoq yordamida ajratilmaganligiga ahamiyat bering.
Endi esa, Internet Explorerga uy sahifasini o‘rnatadigan saytni reestrga yozib oladigan oddiy reg-faylni misol tariqasida ko‘rsatamiz:

REGEDIT4


[HKEY_CURRENT_USER\Software\ Microsoft\Internet Explorer\Main] "Start Page" = "http://winchanger.narod.ru/"

Diskni tozalash utiliti uchun CleanupPath nimbo‘limni yarating. Sukut saqlash bo‘yicha:


NT/2000/XP:"%SystemRoot%\system32\cleanmgr.exe/D%c"W9x/WME:"C:\ Windows\CleanMgr.exe" foydalaniladi.

Diskni tekshirish utiliti uchun ChkDskPath nimbo‘limni yarating. Sukut saqlash bo‘yicha:


NT/2000/XP:"%SystemRoot%\system32\chkdsk.exe%c:"W9x/WME:"C:\Wi ndows\chkdsk.exe" foydalaniladi.

Diskni defragmentlash utiliti uchun DefragPath nimbo‘limni yarating. Ko‘zda tutilgan holda:


NT/2000/XP:"%systemroot%\system32\dfrg.msc%c:"W9x/WME:"C:\Windo ws\Defrag.exe" foydalaniladi.
Avvalgi holatga qaytish uchun yoki sukut saqlash bo‘yicha (yuqorida aytilgan) qiymatlarni o‘rnatish yoki nimbo‘limlarni olib tashlash lozim.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish