20-19 guruh. Amriddinov X.
1_-«Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mobaynida o‘rganib kelinadi. Uni o‘rganish insonga olamni bilish, bilimlarini ko‘paytirish, atrofldagi odamlar bilan muloqotini to‘g‘ri
tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan
inson to‘g‘ri tafakkur shakllari va ular bilan bog‘liq qonun-qoidalarni bilib olar ekan, o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri qurishga, asoslangan bo‘lishiga, nafaqat o‘zining balki boshqalarning ham fikriaridagi noaniqliklarni aniqlashga va tuzatishga o‘rganadi. Bu ish uzoq tarixga ega bolgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etadi.
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel (er. av. 384—322-yy.) nomi bilan bogliq. U birinchi bo‘lib, ushbu ilm o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqida» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlangan. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan. Aristotel o‘z ta’limotini «logika» emas, «analitika» deb atagan. Logika termini er.av. Ill asrdan boshlab, fanni ifodalovchi termin sifatida qo‘llanila boshlagan.
«Mantiq» so‘zi yunon tilidagi «logika» so‘zining arabcha tarjimasidir. «Logikos» - so‘z, aql, aql yuritish, qonun ma’nolarini beruvchi keng qamrovli termindir. «Mantiq» istilohining qamrovi ham «logos»niki kabi bo‘lib, uning o‘zagi «so‘zlashuv» ma’nosini
beradigan «nutq» 80‘zidir
2_-Formal mantiq — mulohazalar va isbotlashning strukturasini analiz qilish, o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mazmunga emas, shaklga qaratiladi.
Noformal mantiq (informal logic) — tabiiy tilda argumentlashni qurish va baholashning noformal standartlarini, uni talqin qilishning usullari va mezonlarini ishlab chiquvchi normativ fandir.
Nazariy mantiq — muayyan bilimlarning mantiqiy sistemasi yoki mantiqiy nazariyalar yig‘indisi bo‘lib, ular tabiiy va maxsus formallashgan (sun’iy) til vositasida, ma’lum bir prinsip va aksiomalarga asosan qurilgandir.Amaliy mantiq — 1) insonlarning tabiiy tafakkurlash jarayonini; 2) nazariy mantiqdan konkret holatlarda foydalanishni, ya’ni dalillash va rad etishni; 3) faoliyat mantig‘i, qaror qabul qilish mantig‘i, tanlash mantig‘i, evristika, prakseologiya, konfliktologiya va boshqa shu turdagi mantiqiy nazariyalar va tadqiqotlarni ifodalaydi.Eramizdan avvolgi IV asrdan boshlangan va XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida yakunlangan (formal) mantiq
rivojlanishining birinchi bosqichi an’anaviy (klassik) mantiq deb ataladi. An’anaviy mantiq to‘g‘ri tafakkurlashni asosan tabiiy tilga tayangan holda o‘rgangan.
Noan’anaviy (noklassik) mantiq — klassik mantiqni tanqid qilish va takomillashtirish bilan birga, uni mukammallashtirish, to‘ldirish va undagi zamonaviy mantiqning asosini tashkil etuvchi g‘oyalarni yanada rivojlantirish natijasida vujudga kelgan mantiqiy nazariyalarning majmuyidir.
Zamonaviy mantiq atamasi XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida mantiq ilmi rivojining hozirgi bosqichini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Bu bosqich yana matematik mantiq va simvolik mantiq terminlari bilan ham ataladi. Matematikmantiq terminining qo'llanishi uning zamonaviy mantiq bilan qo‘llaydigan usullariga ko‘ra o'xshashliklarini bildiradi. «Simvolik mantiq» termini esa zamonaviy mantiqda mantiqiy tahlil qilish maqsadida maxsus yaratilgan formallashgan tillar qo‘llanishini ko'rsatadi.Biz formal mantiqni o‘rganamiz. Formal mantiqning o‘rganishpredmetini quyidagilar tashkil etadi:
3_-Ilmiy bilishning metodlari mavjud va ularni o‘rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o‘z xarakteriga ko‘ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bolinadi. Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo‘lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik
fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bolsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.
Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlash ish, anketa so‘rovi, hujjatlarni o‘rganish sotsiologiya faniga xos bolgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish
4_-Tafakkur qonunlari. Inson bilish jarayonida buyum va hodisalar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qiladi, fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy boglab, xulosalar hosil qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur
qonuni nima ekanligini bilib olish zarur.Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va asoslanganlik to‘g‘ri tafakkurlash ning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bolganligi uchun, ularning har birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.Ayniyat qonuni. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda, ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o'zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati Ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi.Ayniyat qonuniga kola, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «А—А»
formulasi bilan ifodalanadi.Nozidlik qonuni. Inson tafakkuri aniq, ravshan bolishi bilan
birga, ziddiyatsiz bolishi ham zarur. Ziddiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo‘lgan eng muhim xislatlardan biridir. Ma’lumki, obyektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir xil sharoitda biror xususiyatga ham ega bo‘lishi, ham ega bolmasligi
mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o‘zida, bir xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bo‘lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bo‘ladi.Bir vaqtning o‘zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli bo‘lmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo'ymaslikni
talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bo‘lishini ta’minlaydiUchinchisi — istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi boMib, fikrning to‘liq mazmuniniqamrab olib, bayon qilingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi yolg‘on, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi.Bu qonun fikrlar o‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar fikrning to‘liq mazmunini qamrab
olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma’lum bo‘lsa, unda «Uchinchisi — istisno» qonuni amal qilmaydi.Istisno qonuni quyidagi holatlarda qo‘llanadi:
1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va
munosabat doirasida o‘zaro zid fikr bildirilganda. Masalan:Toshkent — 0 ‘zbekistonning poytaxti. Toshkent — 0 ‘zbekistonning poytaxti emas.
2. Son va sifatiga ko‘ra o‘zaro zid mulohazalar bayon qilinganda, buyum va hodisalarning sinfi haqida tasdiqlab bayon qilingan mulohaza bilan, shu sinf buyum va hodisalar ning bir qismi haqida inkor etib bayon qilingan mulohazalardan biri chin, ikkinchisi yolg‘on, uchinchisiga o‘rin bo‘lmaydi.Yetarli asos qonuni. To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri asoslilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida
buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo'lmasligi uchun uni asoslash, isbotlashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan va o‘zaro mantiqiy bog‘langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi
avvaldan ma’lum bo‘lgan, chinligi tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga xos bo‘lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnits ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun Yetarli asos qonunida to‘g‘ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda boglanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko‘rib o‘tilgan qonunlar bilan o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash
uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos, berilgan mulohazaning o‘zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |