Guruh: 7A – 18 kem bajardi: Ummatov J. Qabul qildi


Qirg’in qurollari tasnifi



Download 28,71 Kb.
bet2/4
Sana13.07.2022
Hajmi28,71 Kb.
#790383
1   2   3   4
Bog'liq
1. Qirg’in qurollari tasnifi Qirg’in qurollari turlari

Qirg’in qurollari tasnifi
Qirgin qurollari nafaqat insoniyatniva hayvonlarni, balki atrof-muhitni, o’simlik dunyosini, inshootlarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish darajasi, qirg`in qurollarining turiga, xususiyatlariga bog`liq.
Zaharlovchi moddalar joyni zaharlash uchun tomchilar holida, havoni zaharlash uchun bug‘ holida (tuman, tutun tarzida) bo‘ladi. Shu sababli inson zaharlangan havo bilan nafas olganda, terisiga, ko‘ziga, kiyimiga zaharlovchi moddalar tushganda, shuningdek, zaharlangan ovqat yeganda yoki suv ichganda zaharlanib qolishi mumkin.Zaharli moddalarning shikastlash ta’siri ularning konsentratsiyasi, zaharlash zichligi va turg‘unligiga qarab baholanadi. Zaharlangan havoning hajmi birligida zaharlovchi moddalarning og‘irlik miqdori uning konsentratsiyasi deb ataladi. Konsentratsiya, ko‘pincha 1 litr havodagi zaharlovchi moddalarning hisobidagi miqdori mg/l bilan ifodalanadi.
Zaharlovchi moddalarni shikastlash ta’sirining tavsifiga qarab: nervni shikastlaydigan, terini yiringlatadigan, bo‘g‘uvchi, umumiy zaharlaydigan, psixokimyoviy, ta’sirlantiruvchi zaharlovchi moddalar guruhiga bo‘lish qabul qilingan. Umumiy zaharlovchi moddalar jumlasiga sianid kislota, xlorsian kiradi.Nervni shikastlaydigan zaharlovchi moddalar jumlasiga zarin va V gazlar kiradi. Bular kuchli va tez ta’sir qiladigan zaharlardir. Bu zaharlovchi moddalar inson organizmiga nafas olish organlari, teri qoplamalari va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali kirib, asab tizimini shikastlaydi.
Zarin - rangsiz yoki och sariq tusli, hidsiz, juda zaharli suyuqlik.Qishda muzlamaydi, suv ta’siriga chidamli.Yog‘larda yaxshi eriydi.Odatdagi ob-havo haroratida ishqorlar va ammiak eritmalari ta’sirida tez parchalanib ketadi. Zarin bilan zaharlanganlik alomatlari darhol namoyon bo‘ladi: ko‘z qorachiqlari torayadi, so‘lak oqadi, nafas olish qiyinlashadi, kishi qusadi, hushidan ketadi. Shundan keyin kishining qo‘l-oyoqlari qattiq qaltiray boshlaydi, og‘ir zaharlanganlarning nafas olish markazlari falaj bo‘lib qolishi va ular hayotdan ko‘z yumishlari mumkin. Zaharlanishning dastlabki alomatlari sezilishi bilan darhol gazdan himoyalanish niqobi kiyib olish hamda organizmga zaharga qarshi modda (antidot) yuborish zarur, antidot esa shpris-tyubikda yoki paketlarda bo‘ladi.
Sianid kislota — rangsiz, tez bug‘lanib ketadigan suyuqlik bo‘lib, undan taxir bodom hidi keladi. Kuchli va tez ta’sir qiladigan zahar inson organizmiga zaharli havo bilan nafas olishda kiradi. Sianid kislota bilan zaharlangan insonning og‘zida metallga xos maza seziladi, tomog‘i qiriladi, boshi aylanadi, mushaklari zaiflashadi va qo‘rquv bosadi.
Xlorsian — rangsiz, oson uchuvchan suyuqlik bo‘lib, undan o‘tkir hid keladi. Ta’siri sianid kislota kabi umumiy zaharlashdan iborat. Õlorsian bilan zaharlangan kishining ko‘zlari va nafas olish yo‘llari qattiq shikastlanadi.
Terini yiringlaydigan zaharlovchi moddalarga iðrit kiradi. Iprit (haydalgan iðrit) — moyga o‘xshash, rangsiz suyuqlik bo‘lib, undan sarimsoq yoki xantal hidi keladi. Iprit kuyali zaharlar jumlasiga kiradi, teriga iðrit tomchilari tushsa, teri dastlab qizaradi, shundan keyin (birinchi kun oxirida)qavarib chiqadi. 2–3 kun o‘tgandan keyin pufakchalar yoriladi va ular o‘rnida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil bo‘ladi.
Zaharlanishning dastlabki alomatlari sezildi deguncha, darhol gazdan himoyalanish niqobini kiyib olish lozim. Agar zaharga qarshi moddali ampula bo‘lsa, ampulani sindirib, maska ostiga kiritish kerak.
Kimyoviy zaharlanish o‘chog‘i — bu zaharli moddalar ta’sirida bo‘lgan hudud. Bunday hududda odam va hayvonlar shikastlanadi yoki ularning shikastlanishi mumkin bo‘lib qoladi. Kimyoviy zaharlanish o‘chog‘ining tavsifi, avvalo, dushman tomonidan ishlatilgan zaharli moddalarning turiga va ishlatilish usuliga, meteorologik sharoitga va joyning relyefiga bog‘liq.
Kimyoviy qurol bevosita ishlatilgan zonada havoni zaharlovchi zaharli moddalar bug‘i va aerozol hosil bo‘ladi. Zaharli moddalar bug‘i (zaharlangan havodan iborat birlamchi bulut) shamol esgan tomonga qarab, bir necha o‘n kilometrga tarqalishi mumkin, bu esa odamlar va hayvonlarning, har xil obyekt va narsalarning zaharlanish xavfini oshiradi. Zaharlangan havoning saqlanish vaqti va tarqalish masofasiga shamolning yo‘nalishi, tezligi, zaharli moddalar, havo harorati, yil fasli katta ta’sir ko‘rsatadi. Zaharlangan bulut daryolar, qiyaliklar, daralar va jarlar bo’ylab uzoq masofalarga tarqaladi.

Download 28,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish