Guruh: 630-19
Talaba: Abdupattayev Abbosxon
Fan: Elektronika va sxemalar
TARQOQ PARAMETRLI ELEKTR ZANJIRLAR
Umumiy tushunchalar
Zanjir strukturasini bu xilda ideallashtirish unda bo'layotgan muhim fizikaviy jarayonlarning tahlilini soddalashtirib, ko'pgina hollarda muhandislik hisoblarining aniqligiga ta‘sir etmaydi. Ammo zanjirning ayrim qismlarida R, L va C parametrlarni “yig'iq” deb qarash to'g'ri bo'lavermaydi, bir qancha hollarda xato ham bo'lib, tekshirilayotgan zanjirdagi haqiqiy fizik manzarani buzib ko'rsatadi. Bunga elektr energiyasini uzatish (yoki aloqa) liniyasi yaqqol misol bo'lib, uning uzunasi bo'ylab istalgan nuqtasida R, L va C parametrlardan birortasining namoyon bo'lishini ko'rsatish mumkin emas. Liniyaning oxiridagi kuchlanish U2 liniyaning boshidagi kuchlanish U1ga teng emas, chunki boruvchi va qaytuvchi simlarda ularning aktiv, induktiv qarshiliklari hisobiga kuchlanishning ΔU pasayishi hosil bo'ladi. Ana shu qarshiliklar liniyaning butunlay uzunasi bo'ylab taqsimlangan, chunki liniyaning har qanday bo'agi aktiv qarshilik R va simdagi tokning o'z magnit maydoni bilan ta‘siri hisobiga hosil bo'lgan induktivlik L ga ega. Xuddi shunga o'shash, liniyaning oxiridagi tok I2 uning boshlanishidagi tok I1ga teng emas, chunki asosiy tokdan tashqari, simlarning izolatsiyasi mukammal bo'lmaganligidan ularning orasidagi o'tkazuvchanlik toki, shuningdek, sig'imlarda va simlararo hamda simlar bilan yer orasida paydo bo‗luvchi siljish toki ham bo'ladi. Liniya bo'ylab uning har bir bo'lagida (masalan, har bir kilometrida) uning induktivligi va sig'imi hisobiga kuchlanish U va tok I kuchlanish U1dan va tok I1dan fazalari ψu va ψi jihatidan farq qiladi. Shunday qilib, bunday zanjirlardagi kuchlanish va tok faqatgina vaqt funksiyasi u(t) va i(t) deb qaralmasdan, manba (yoki yuklama) joylashgan yerdan boshlab masofa (liniyaning uzunligi) funksiyasi u(x) va i(x) tarzida ham qaralishi lozim. Liniya qanchalik uzun bo'sa, uning R,L,G va C parametrlarini yig'iq deb hisoblab bo'lmaydi. Ko'rib chiqilayotgan holda liniyani “faqat tarqoq parametrli zanjir” deb qarash lozim. Ko'rsatilgan kategoriyadagi zanjirlarni hisoblashga bunday yondoshishning ikkinchi muhim omili–vaqt omilidir, chunki liniya uzaygan sari energiyaning manbadan iste‘molchiga yetib borish vaqti sezilarli darajada ortib boradi. Gap shundaki, elektr uzatish (yoki aloqa) liniyasi uzunligining ortib ketishi yoki o‗zgaruvchan tok generatori chastotasining ortishi bilan liniya bo'ylab signalning tarqalish tezligi va signalning tezligi bir-biriga taqqoslab bo'ladigan o'zaro yaqin kattaliklarga aylanadi. Masalan, aloqa elektr liniyalarida davriy o'zgaruvchan signal manbaini ulangan paytidan boshlab, uni iste‘molchi qabul qilgunga qadar shu signalning bir nechta o‗zgarish davriga teng bo'lgan vaqt o'tishi mumkin.
Endi tarqoq parametrli zanjirlar uchun hosil bo'lgan asosiy fizik qonunlarni uzun liniyalar deb ataladigan liniyalardagi turg'unlashgan jarayonlarni tahlil qilish misolida ko'rib chiqamiz. Bunda masofa va signalning tarqalish vaqti (tezligi) elektr energiyasini (yoki aloqa signallarini) uzatish liniyalari uchun muhim omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |