Toshkent Arxitektura va Qurilish instituti. Qurilishni boshqarish fakulteti. Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi kafedrasi. Qurilish mexanikasi fanidan. Hisob grafik ishi. Mavzu: Cho’zilish (siqilish) deformatsiyalarida xususiy og’irlikni hisobga olish.
Guruh. 42-21
Bajardi. Nuritdinov Sh
Tekshirdi. Maksudova G
Cho‘zilish va siqilishda ichki kuchlar epyuralarini qurish :
Agar tashqi kuchlar ta’sirida sterjen ko‘ndalang kesimida faqat bo‘ylama ichki kuch N hosil bo‘lsa, bu holda cho‘zilish yoki siqilish deformatsiyasi paydo bo‘lib, bu holat markaziy cho‘zilish yoki siqilish deyiladi. Cho‘zilish va siqilishda faqat N kuchining epyurasi quriladi.
Shartli ravishda cho‘zilishga doir barcha kattaliklarni (+), siqilishga doir kattaliklarni esa (–) ishora bilan qabul qilamiz.
1-misol. Berilgan sterjen (2.1a-rasm) uchun bo‘ylama kuch N ning epyurasi qurilsin. l1 = 3m, 1 l 2 = m, P1= 4 tk, P2 = 6 tk. Tayanchdagi reaksiya kuchi R1 ni aniqlaymiz (bu tayanchda gorizontal reaksiya kuchi va reaktiv moment 0 ga teng bo‘ladi): ∑ Z1 = - P1+ P2 + R1 = 0,
R1 = P1 – P2 = 4tk – 6tk = - 2tk
Yechimdagi (–) ishora tayanch reaksiyasining haqiqiy yo‘nalishi shaklda ko‘rsatilgan yo‘nalishga qarama-qarshi ekanligini bildiradi. Agar R reaksiya kuchida strelka ikki tomonga yo‘nalgan bo‘lib, bitta yo‘nalishga (x) belgi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda bu yo‘nalish reaksiya kuchi qiymatini topishdan oldin qo‘yilgan yo‘nalish bo‘lib, belgi qo‘yilmagan yo‘nalish reaksiya kuchi qiymati topilgandan keyingi haqiqiy yo‘nalishdir. Bu holda R2=2tk bo‘ladi.
Bu sterjenni 2 ta uchastkadan iborat deb qarash mumkin. 1. Sterjenning I uchastkasidan (0 ≤ z1 ≤ 1 l ) kesim (2.1b- rasm) o‘tkazib pastki qismini qoldiramiz (2.1d-rasm), yuqori qismini esa tashlab yuboramiz (2.1b-rasm). Tashlab yuborilgan qismining ta’sirini N1 ichki kuch orqali belgilaymiz va uni cho‘zuvchi deb hisoblab, qoldirilgan qismi uchun muvozanat shartlarini yozamiz: ∑ Z1 = N1 – P1 = 0, bundan N1 = P1 = 4 tk bo‘ladi. Bu sterjenni 2 ta uchastkadan iborat deb qarash mumkin. 1. Sterjenning I uchastkasidan (0 ≤ z1 ≤ 1 l ) kesim (2.1b- rasm) o‘tkazib pastki qismini qoldiramiz (2.1d-rasm), yuqori qismini esa tashlab yuboramiz (2.1b-rasm). Tashlab yuborilgan qismining ta’sirini N1 ichki kuch orqali belgilaymiz va uni cho‘zuvchi deb hisoblab, qoldirilgan qismi uchun muvozanat shartlarini yozamiz: ∑ Z1 = N1 – P1 = 0, bundan N1 = P1 = 4 tk bo‘ladi.
Hosil bo‘lgan natijani N1=f(z1) funksiyasi ko‘rinishida ifodalaydigan bo‘lsak, unda z1 ordinata nolinchi darajada ishtirok etmoqda. Bu esa sterjenning l – uchastkasida N1 bo‘ylama kuchni butun l – uchastka uzunligi bo‘ylab o‘zgarmas ekanligini bildiradi.
2. Sterjenning II – uchastkasidan (0 )2 ≤ z ≤ l kesim (2.1b-rasm) o‘tkazamiz. Bu yerda kesimning yuqori qismini qoldirib, pastki qismini tashlab yuborish qulayroq (2.1e-rasm) bo‘ladi. Tashlab yuborilgan qismining ta’sirini N2 bilan belgilab, muvozanat shartlarini yozamiz: ∑ Z2 = N2 + R1 = 0, bundan N2 = -P1 = -2tk bo‘ladi. Yechimdagi (–) ishora N2 kuchning yo‘nalishini noto‘g‘ri ko‘rsatganimizni, ya’ni N2 kuch cho‘zuvchi emas balki siquvchi ekanligini anglatadi. Bu holda ham N2= f (z2) funksiya II -uchastkaning butun uzunligi bo‘yicha o‘zgarmas ekan. 2. Sterjenning II – uchastkasidan (0 )2 ≤ z ≤ l kesim (2.1b-rasm) o‘tkazamiz. Bu yerda kesimning yuqori qismini qoldirib, pastki qismini tashlab yuborish qulayroq (2.1e-rasm) bo‘ladi. Tashlab yuborilgan qismining ta’sirini N2 bilan belgilab, muvozanat shartlarini yozamiz: ∑ Z2 = N2 + R1 = 0, bundan N2 = -P1 = -2tk bo‘ladi. Yechimdagi (–) ishora N2 kuchning yo‘nalishini noto‘g‘ri ko‘rsatganimizni, ya’ni N2 kuch cho‘zuvchi emas balki siquvchi ekanligini anglatadi. Bu holda ham N2= f (z2) funksiya II -uchastkaning butun uzunligi bo‘yicha o‘zgarmas ekan.
Ushbu funksiyalarning grafiklarini chizamiz. Buning uchun epyuraning nol o‘qini sterjen bo‘ylama o‘qiga parallel ravishda o‘tkazamiz (2.1f-rasm). «N» kuchining o‘qini bu o‘qqa z R1 R1 N epyurasi P2 z2 z1 2tk N2 4tk P1 P1 N1 2l 1 l a) b) d) e) f) + - 2tk 4tk 30 perpendikulyar joylashtirib, N1=f(z1) va N2=f(z2) funksiyalarning grafiklarini quramiz. Qurilgan grafik, epyura o‘qiga tik ravishda tekis shtrix chiziqlar bilan shtrixlanadi. Bu grafik (2.1f-rasm) bo‘ylama kuch N ning epyurasi deyiladi. Epyuradan ko‘rinib turibdiki, eng katta cho‘zuvchi kuch N1= 4 tk, eng katta siquvchi kuch esa N2=2 tk ekan. Shu bilan birga, P2 kuch ta’sir etuvchi nuqtada shu kuch miqdoriga teng bo‘lgan sakrash hosil bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |