Muhammad Al-Xorazmiynomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Fan: Аademik yozuv
Fakultet: Dasturiy injiniring
Guruh: 310-20 guruh
Bajardi: Orziyev Orzibek
Toshkent 2021
4- topshiriq.Matnni o‘qing, unda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanib tahlil qiling.
Muso al- Xorazmiy
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan.
Xorazmiy dunyo faniga katta hissa qo‘shdi. U–algebra fanining asoschisi. “Algebra” so‘zi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning bu arifmetikaga oid risolasihind raqamlariga asoslangan. Hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallar Yevropada keng tarqalgan. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o‘rnashib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi.
Xorazmiyning eng yirikastronomik asari uning “Zij”idir. Bunda shaharlar, tog‘lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning koordinatalari keltirilgan. Uning bu asari o‘rta asrdagi eng birinchi geografik asar bo‘lib, keyingi davrlarda geografiya fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi.
Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanib, g‘arb va sharq tillariga tarjima qilingan. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va boshqalar) mukofot va medallar ta’sis etilgan.
Tushunchalar
|
Tushunchalar tаhlili
|
Algebra
|
matematikaning bir sohasi. Algebraning asosiy masalasi – toʻplamlarda kiritilgan matematik amallarni oʻrganish.
|
O‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi
|
raqamlar tizimi, unda raqamlarni yozishda har bir raqamli belgining (raqamning) qiymati uning pozitsiyasiga (raqamiga) bog'liqdir.
|
Algoritm
|
berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi
|
Zij
|
qadimiy astronomik jadval
|
Koordinata
|
nuqtaning toʻgʻri chiziq, tekislik, fazo va turli yuzalardagi holatini aniqlovchi son
|
Astronomik
|
koinot jismlari va ularning sistemalari paydo boʻlishini, taraqqiyoti va tuzilishini, koʻrinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fanga oid
|
Hind rаqаmlari
|
o‘nta matematik belgi 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
|
3-topshiriq.Gaplarni uslubiy shakliga ko‘ra guruhlarga ajratib ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga nutq uslubiga xos so‘z yoki fe’l shaklini qo‘ying.
Men bu gapni faqat tarjima vajidan aytayotganimyo‘q. Yozuvchi o‘z ona tilisi ustiga o‘z zamonasining boy, madaniy tilini bilmasdan qanot bog‘lamaydi.Buning misolini adabiyotimiz tarixida, hozirgi adabiyotimizda ham ko‘rishimiz mumkin (A.Q.)
Publitsistik uslub
Bulardan birinchisi,nutq madaniyati sohasining vazifasi til va nutqdagi nuqson va kamchilliklarni aniqlash, to‘plash, uni o‘rganish va bartaraf etishdan iboratdir, deyilgan nuqtai nazar.
Ilmiy uslub
O‘sha “masalang” o‘rniga tushsa dashnomingga qalqon bo‘lishi, lovillaganasablarga suv purkab, seni ortiqcha dilsiyohliklardanasrashi ham mumkin!(O‘.Usmonov)
Badiiy uslub
Men, Rasulov Anvar, “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovini o‘tkazishgalitseyimiz kutubxonasidan 10 ta badiiy kitob oldim.
Publitsistik uslub
Axir, talaba jamiyatning oldi qatlami sanaladi-ku .Shuniaytishsa kerakda, “o‘qib uqmasa bekor”deb.
Publitsistik uslub
Do'stlaringiz bilan baham: |